Bosh sahifa » Sherlar » Egamnazarov Nazarmat she’rlari

Egamnazarov Nazarmat she’rlari

by administrator

Egamnazarov Nazarmat she'rlariEgamnazarov Nazarmat she’rlari ni e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu shorining she’rlarni albatta o’qib chiqing.

VASLI YODING

Dilga tushdi bir otashkim, kuylar yenib jon,
Uning so‘nmas alangasi sen uzing, jonon,

Qaydanam sen kurindingu, ishq urdi tug‘yon,
G‘arib jonim yenar endi hajri dog‘ingdan.

Muhabbatni kuzgu aylab dilga kelursan,
Jamolingning orzusida sarson qilursan,

Bu talpingan jonginamning holin bilursan,
Judo etma maftuningni visol bog‘ingdan

Kimki so‘rsa holim bilur, yenish, faryodim,
Intilurman o‘rtanib dil vaslingga doim,

Qaysar yerim, bu jahonda sen-ku murodim,
Nazar ayla Nazarmatga nur qarog‘ingdan.

Samandarman, qalandarman hajri dog‘ingdan,
Adoyingman, gadoyingman gul yanog‘ingdan,

Ishq chulida qolib ketdim, yor, firoqingdan,
Bog‘boningman, ayirmagin visol bog‘ingdan.

Qaysar yorim, bu jahonda sen-ku murodim,
Nazar ayla Nazarmatga nur qarog‘ingdan.

Egamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi

BUYUK MEHRING

O‘zbegim, o‘zligim, hayotim, borim,
Munavvar olamda suyuk ko‘rking bor,
Turkiy el so‘zligim, ona diyorim,
Dillarda yangragan buyuk mehring bor.

Temurbek qadami senda ko‘rinur,
Muazzam azmingni sezmay bo‘lurmi,
Navoiy g‘azali dilrabo erur,
Onalik mehringni sevmay bo‘lurmi,

Osiyo bag‘rida tabarruk joying,
Olisdir tarixing, kechgan yo‘ling ham,
Dunyoga havasli gulshan chiroying,
Xotirda to‘siqli kechmishlaring ham.

Sen bizga istiqlol, joni jahonsan,
Erking-chun qanchalar qon to‘kmaganmiz,
Bag‘ri keng, o‘z so‘zli O‘zbekistonsan,
O‘zgalar oldida bosh egmaganmiz.

Sen dilda qo‘shiqsan, elga nur madhing,
O‘zbegim, o‘zligim, haetim, borim,
Jahonga namoyon qudratu ko‘rking,
Turkiy el so‘zligim, ona diyorim,
Yerlari muqaddas O’zbekistonsan.

BU KUNGA YETGANLAR, YETMAGANLAR BOR

G‘alaba, sen bizga erkka panohsan,
Dillarni yondirgan o‘chmas janggohsan,
Yetimlarga ota sog‘inch dargohsan,
Beva qolganlarga dardli nigohsan,
Bu kunga yetganlar, yetmaganlar bor.

Hayotning bor fasli, qishi ham yozi,
Bo‘ronga o‘xshaydi xael parvozi,
Yovuzlar chiqsa jang, qon poyondozi,
Urushga ketganlar bo‘lay der g‘ozi,
Zafarga yetganlar, yetmaganlar bor.

Ellik yil bo‘libdi, yodda jang maydon,
Dunyoning ro‘shnoyi tinchlik va omon,
Baxtimiz — mustaqil Vatan jonajon,
O‘tkanlar ruhlarin etaylik shodmon,
Bu kunga yetganlar, yetmaganlar bor.
1995 yil, 9 may.

Egamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi

ONAJON

Boshingni nega xam etding, onajon,
Ayt, kimdan dilga g‘am eltding, onajon,
Sen mehru munavvar tong nuri menga,
Ko‘zingni nega nam etding, onajon.

Allangdan olganman olamga qanot,
Mehringdan kamolu yo‘lingdan hayot.
So‘zlarim unutma, baxtim deb, bolam,
Yulimda namoyon bo‘larsan, onam.

Yo‘qlarmen, onajon, seni tonglari,
Kuylarim — sog‘inchim, dil ohanglari,
Bu olam gullari asl farzandlar,
Onasiz yo‘q dunyo, yo‘q Vatanlari.

Onajon, bor dunyom sen uchun asli,
Sochingga tushgan oq men uchun asli.
El kuyin o‘rgatgan navolarim sen,
Dunyoni ko‘rsatgan dunelarim sen,
Boshingni nega xam etding, onajon,
Ayt, kimdan dilga g‘am eltding, onajon.
1991

Egamnazarov Nazarmat she’rlari sizga yoqqan bo’lsa :

Egamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi

Boshqa she’rlar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x