Bosh sahifa » Sherlar » Ado ya’ni Sultonxo‘ja Ahroriy (XIX asr) she’riyati

Ado ya’ni Sultonxo‘ja Ahroriy (XIX asr) she’riyati

by nafisa nafisa

Asl ismi Sultonxo‘ja Ahroriy. Samarqandda tug‘ilgan. Xoja Ahrori Valiy avlodlaridan. Samarqandda shayxulislom bo‘lgan. 1250 hijriy yili (1834-35) vafot etgan.

Ado ya'ni Sultonxo‘ja Ahroriy (XIX asr) she'riyati

Ado she’riyati.

Qomatingdak yo‘qturur ashjor gulistondin biri,
Mandak ermas bulbulu qumriyu nolondan biri.

Shaq kamonlik mundoq etma zulm etib ey kiprik o‘q
O‘tdi ko‘ksumdin qadalmay shunda paykondan biri.

Gar sani qotil ko‘zung goh hanjare mujgon budur
Bo‘lki bir jon hech qutulmas bo‘lsa ming dondan biri.

Noz tamkini xiroming ko‘rmay o‘ldum, ey sanam,
Chiqmadi ko‘nglumdim oxir buncha paykondin biri.

Bazm oxir bo‘ldiyu maxmurlikdin chiqmading
Bizga hargiz yetmadi yuz jom davrondin biri.

Banda bo‘lmay naylasin qumri sanga, ey sarv qad
Qomatingga yo‘q barobar sarv bo‘stondin biri.

Bosh ayoq munqor o‘lubsan nay kabi, ammo na sud
Ey Ado, ul moh eshitmas yuz ming afg‘ondin biri.

O’zbek shoirlari ijodlari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar