Abdulazizxon tarjimai holi.
Abdulazizxon (1509-1550) โ Shayboniylardan. Ubaydullaxonning oโgโli, Xorazm hokimi (1538โ39). Otasining vafoti (1539)dan soโng mamlakatda ikkihokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540โ50), Koโchkunchixonning oโgโli Abdullatifxon esa Samarqand xoni (1540โ1551) boโlgan.
Abdulazizxon oโz hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini koโzlab qator islohotlar oโtkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut, tavfiri va b.) ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi mudofaa devori bilan oโrashga kirishgan (uni Abdullaxon II qurib bitkazgan boโlib, 20-asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda Madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqolar qurdirgan.
Abdulazizxon ilm va sheโriyat ahlining homiysi, oโta taqvodor inson boโlib, tasavvuf olimi โ Shayx Jalolning muridi edi. U benazir husnixat sohibi boโlgan, ยซAziziyยป taxallusi bilan gโazallar bitgan.
Abdulazizxon saroyida Hofiz Sulton, Ali Ubahiy, Vosifiy, Majlisiy, Kavkabiy, Shaydo, Afsariy kabi shoirlar shuhrat qozondilar.
Aziziy ijodining namunasi tarzida keltirilgan ushbu gโazal Hasan Nisoriyning ยซMuzakkirul-ahbobยป tazkirasidan olindi.
Abdulazizxon madrasasiย meโmoriy yodgorligi tarixi
Abdulazizxon gโazali.
Xush erdi manga boโlsa edi yor musohib,
Yo boโlmasa erdi anga agโyor musohib.
Xushdur kishiga boโlsa agar yor musohib,
Gar boโlmasa oning bila agโyor musohib.
Bulbul boshigโa kelmas edi muncha balolar,
Gar boโlmasa erdi gul ila xor musohib.
Yorab, ne balodur buki hijron alamidin,
Bormen gโamu anduh ila, ey yor musohib.
Koโying itidek yori vafodor topilmas,
Koโrdum meni dilsoโxta bisyor musohib.
Bu telba koโngul birla, Aziziy, ne qilursen,
Gar boโlmasa ul shoโxi dil ozor musohib.
Barcha oโzbek shoir sheโrlari