Bosh sahifa ยป Arboblar ยป Zavqiy hayoti va ijodi. Zavqiy tarjimai holi

Zavqiy hayoti va ijodi. Zavqiy tarjimai holi

by administrator

zavqiy hayoti va ijodiZavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih oโ€˜gโ€˜li) (1853 โ€” Qoโ€˜qon โ€” 1921) โ€” oโ€˜zbek shoiri. Qoโ€˜qondagi ยซMadrasai oliyยป va ยซMadrasai chalpakยปda tahsil olgan (1870โ€”74). Maxsidoโ€˜zlik bilan shugโ€˜ullangan. Maโ€™lum muddat mirzalik qilgan, Xoโ€˜jand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oโ€˜sh, Andijon, Margโ€˜ilon shaharlarida boโ€˜lgan.

Zavqiy gโ€™azallari va ijodi >>

Togโ€˜asi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903 yil Qoโ€˜qonga qaytgan. Zavqiy mumtoz oโ€˜zbek adabiyoti anโ€™analarini davom ettirgan, Qoโ€˜qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan.
Zavqiyning gโ€˜azal, muxammas, muvashshaxlari (ยซAylab kelingยป, ยซRadifi Zavqiyยป va boshqa)da oโ€˜zi yashagan muhit va tuzum, mehnat ahlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuygโ€˜ularini qarama-qarshi qoโ€˜yadi (ยซYuzingni koโ€˜rsatib avvalยป, ยซBodai vaslingยป va boshqa), kishilarni turmush goโ€˜zalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi.

Zavqiy gโ€™azallari va ijodi >>

Boshqa arboblar haqida >>>

Sheโ€™rlar toโ€™plami

Zavqiyning bir qancha sheโ€™rlari (ยซKajdor zamonaยป, ยซAjab zamonaยป, ยซAbdurahmon shaytonยป va boshqa)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor maโ€™muriyati himoyasida boโ€˜lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi.

Zavqiyning ยซMuncha koโ€˜pยป radifli hamda ยซAjab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldiยป misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari 19-asr boshlari sheโ€™riyatidagi eng oโ€˜tkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. Zavqiy ijodiy merosida oโ€˜zbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta oโ€˜rin tutadi (ยซYangi Qoโ€˜rgโ€˜on qishlogโ€˜iยป, ยซSuv janjaliยป, ยซShohimardon sayohatiยป va boshqa).

zavqiy ijod yo'li

Bu asarlar Muqimiyning ยซSayohatnomaยปsi taโ€™sirida yozilgan. Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yoโ€˜lini davom ettirib, oโ€˜zbek adabiyotida hajviy yoโ€˜nalish taraqqiyotiga katta hissa qoโ€˜shdi (ยซObid mingboshi haqida hajvยป va boshqa). Zavqiyning ยซVoqeai qozi saylovยป (1909โ€”10), ยซQahatchilikยป (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. ยซAjab ermasยป radifli muxammasi 20-asr boshlari oโ€˜zbek sheโ€™riyatida muhim hodisa boโ€˜ldi.

Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator sheโ€™rlari (ยซTaโ€™rifi kalishยป, ยซOtimยป, ยซFonusยป, ยซSigirimยป, ยซPashshalarยป va boshqa)da zaharxanda bilan kuladi.

Shoirning ishqiy gโ€˜azal va muxammaslari oโ€˜sha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan (ยซYor kelur zamona yoโ€˜q, kelmasa-kelmasun netay?!ยป, ยซKulbam aro, ey maxliqo, bir yoโ€˜l xirom aylab kelingยป va boshqa). Zavqiyning sheโ€™rlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda ogโ€˜zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qoโ€˜qon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va koโ€˜chaga Zavqiy nomi berilgan.

Boshqa arboblar haqida >>>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x