Bosh sahifa » Salomatlik » Yuzdagi qora nuqtachalarni yo’qotish uchun niqoblar

Yuzdagi qora nuqtachalarni yo’qotish uchun niqoblar

by nafisa nafisa

Yuzdagi qora nuqtachalarni yo'qotish uchun niqoblar

Yuzdagi qora nuqtachalarni yo’qotish

Qatiqli niqob. Bu juda sodda tayyorlanadi: buning uchun yuzga iliq qatiq surtiladi va 5-7 daqiqadan soʼng yuvib tashlanadi. Niqob juda samarali hisoblanadi, chunki qatiq tarkibida teshikchalarda boʼlgan yogʼlarni erituvchi maxsus kislotalar mavjud, ularni taʼsiri natijasida teri tozalanadi.

Isteʼmol sodasi va tuzdan tayyorlanadigan niqob. Bir osh qoshiq mayda tuz va isteʼmol sodasi biroz miqdorda har qanday yuvinish uchun gel bilan aralashtiriladi. Olingan niqob butun yuzga qoʼllanilmasligi kerak, faqatgina muammoli joylarga 5-7 daqiqaga qoʼyiladi, soʼng suv bilan yuvib tashlanadi. Аgar yuzda ugri va yalligʼlanish mavjud boʼlsa, bunday niqobni qoʼllash tavsiya etilmaydi bu ogʼriq chaqiradi, taʼsirlanish esa yanada oshadi.

Oq gildan niqob. Tayyor oq gilli niqobni dorixona yoki kosmetika doʼkonidan xarid qilish mumkin. Niqobni butun yuzga surtish mumkin, yaxshisi biroz isitgan maʼqul. Oq gil qora dogʼlardan qutulishda juda yaxshi yordam beradi, lekin esda tutingki, u qoplab oluvchi va tortuvchi taʼsirga ega, shu sababli niqobni qoʼllagandan soʼng, noqulaylik his etmaslik uchun terini yaxshilab namlantirish kerak. Niqob limon sharbati yoki aspirin bilan aralashtirilishi ham mumkinYuzdagi qora nuqtachalarni yo’qotish

Dolchin va asaldan niqob. Аsal va dolchin taxminan 2 : 1 nisbatida aralashtiriladi. Hosil boʼlgan vosita massaj harakati bilan oldindan tozalangan va bugʼlangan teriga qoʼllanadi. Yuzda niqobni 15 daqiqacha ushlash tavsiya etiladi, ammo gap burundagi qora nuqtalar haqida boradigan boʼlsa, niqobni bir kechaga qoldirish ham mumkin. Qoʼllashdan keyin niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Yuzdagi qora nuqtachalarni yo’qotish

Tavsiya etamiz :Turli xildagi yaralarni davolash uchun sehrli malham

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x