Xorazmdagi Oq masjid me'moriy yodgorligi haqida
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xorazmdagi Oq masjid me’moriy yodgorligi haqida

Xorazmdagi Oq masjid me’moriy yodgorligi haqida

Oq masjid — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik.Uch tomoni ayvonli, bir xonali guzar masjidi.

Xorazmdagi Oq masjid me'moriy yodgorligi haqida

Oq masjid.

Tarhi 25,5x 13,5 m. Xonaqoh(6,3×6,3 m)ning gumbazi chorsi asosga oʻrnatilgan. Gumbazi va asosi uzokdan oppoq boʻlib koʻrinadi (nomi ham shundan). Xonaqox  ichiga ishlangan chuqur ravoqlar hisobiga keng koʻrinadi. Jan. devorida meh-rob bor. Gumbaz osti bagʻallari 4 pogʻonali muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Panjaralar va 3 eshik girih naqshlar bilan oʻziga xos uslubda bezatilgan  Yogochustunlar oddiy, faqat ustunlarning yuqori qismi xotam-kori piliklardan terib bezatilgan. Oq masjid (meʼmoriy yodgorlik) taʼmirlangan, ayvon sufasi tiklangan, tomi va devorlari tuzatilgan.

Masjidning qulay joylashganligi mehrobni janubiy devorga joylashtirish imkonini bergan. Bu esa xonada va ayvonda baravar namoz o‘qish imkonini beradi. Ustalar masjidni qurganlarida va bezak berganlarida sodda uslubda qurib, sodda bezaklar berish bilan cheklanganlar. Yog‘och ustunlarda o‘yma naqshlar deyarli yo‘q, faqat ustun tepasi xakamkoriy-pilaklardan terib yasalgan, yog‘och o‘ymakorligi san’atini ustalaridan Odina Qalandar o‘g‘li Nurmuhammad va Sayidmuhammad o‘g‘li Qalandarlar uchta eshik bezagida o‘z mahoratlarini namoyish etganlar.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

Eshiklarning islimiy naqshlari va jimjimasi bir xil uslubda ishlangan. Shimoliy tomonga qaragan eshik orqasidagi devorda har xil yozuvlarga o‘xshash naqshlar zo‘rg‘a ko‘rinadi.

Oq masjid rasmlari.

Samarqand tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top