Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xiva – Bikanjon-bika majmuasi tarixi va rasmlari

Xiva – Bikanjon-bika majmuasi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Xiva shahridagi mazkur Bikanjon-bika tarixiy-madaniy majmuasi mamlakatdagi juda mashhur shaxs Shoqalandar boboning bevosita yaqinida qurilgan.

Bikanjon-bika majmuasi.

Majmua tarkibiga bir nechta binolar kiradi:

  1. Madrasa
  2. Minora
  3. Masjid

Ko‘plab afsonalarga ko‘ra Shoqalandar bobo shox bo‘lib, hokimiyatdan voz kechib, jahongashtalik qilishga qaror qiladi. U darveshlik qiladi. Bu so‘zning ma’nosi qalandar. Xiva shahriga u do‘stlari bilan kelib, bu yerda qolishga qaror qilishadi. Shoqalandan bobo yorug‘ dunyoni tark etgach, uning so‘nggi kunlari o‘tgan yerga katta maqbara barpo etishadi.

Qurilish jarayoni muammolarga to‘la bo‘lgan. Madrasa, masjid va minoradan tashkil topgan madaniy majmua qadimiy yerda barpo qilingan.

Shoqalandar boboning o‘limidan so‘ng shogirdlari qabri ustiga maqbara barpo etib, bu joy keyinchalik ziyoratgohga aylangan. Ko‘plab tarixiy manbaalardagi ma’lumotlarga ko‘ra maqbaraning qurilishi XVI asr o‘rtalarida boshlangan. 1894 yilga kelib, uning atrofiga masjid, madrasa hamda minora qurilgan. Qurilishning me’mori va bosh quruvchisi usta Abdullo bo‘lgan. Keksalarning rivoyatlarida usta Abdullo ismi juda mashhurdir. Madrasa qurilishini xonning o‘g‘illaridan boshlagan, imorat poydevori qurilgach, u olamdan o‘tib, qurilish ishlari 4 yilga to‘xtab qoladi.

Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bekanjon-Beka qurilishni tugatishga qaror qiladi.

Tarixshunoslarning so‘nggi aniqlagan ma’lumotlariga ko‘ra qurilish jarayoni beruxsat boshlangan. Xon o‘zboshimchalik haqida eshitgach, kelishilmagan qurilishni darhol to‘xtatishga buyruq beradi. Vaqt o‘tib, xon rahm qilib, qurilish davom etishiga ruhsat beradi, lekin boshqa muammo yuzaga keladi. Afsuski, Muhammad Rahimxon II Feruzda qurilishni tugatishga yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan. Yuzaga kelgan muammoning yechimi o‘rnida xon ikki nafar pudratchiga yetarli mablag‘ni yig‘ishni buyuradi. Qurilishni yakunlagan ustaning ismi Usta Ovul.

7 pir ziyoratgohi.

Me’morchiligi.

Binoning kirish qismidan to‘rt metr masofada, deyarli bosh fasadning markazida minora joylashgan. Bikanjon-bika majmuasi bosh fasadi Xiva shahrining shimoliga qaragan, to‘rt burchak asosli, lekin hovlisi ko‘ndalang tushgan va kirish qasmi assimetrik mujmuali bir qavatli madrasadan tashkil topgan.

Unga kirish gumbazli qatorlar orqali o‘tuvchi yo‘lakli uch gumbazli ayvondan boshlangan. Darsxonalar va masjidin me’morchiligi o‘ziga xos:

Darsxona to‘sin bilan qoplangan, masjid esa sferasimon gumbaz bilan qoplangan.Ayvondan asosiy fasadga chiqish yo‘li qo‘shilgan. To‘g‘ri burchakli xujralar “balxi” qubbasi bilan berkitilgan.Asosiy fasad uning ortidagi binolardan alohida qilib qurilgan.

Bosh chizmada madrasa o‘lchami 32,0 x 32,0 metr, pofdevor minora diametri 6,5 metr, balandligi 18 metr. Maqbara 6,2 x 6,2 metr, hujra 4,0 x 4,0 metr. Butun bino janubdan shimolga tomon aniq yo‘nalishga ega. Me’moriy majmuaning markaziy qismi to‘rtburchak shakldagi madrasa bo‘lib, uning balandligi bir qavatdan oshmaydi. Madrasaning kirish bo‘limi juda mashhur assimetrik xarakterga ega bo‘lib, kirish qismi 3-gumbazli ayvonga ega bo‘lgan. Masjid va darsxonalar o‘rtasida aniq farqlar mavjud:

  •  Masjid binosi sferik shaklli ulkan gumbaz bilan qoplangan;
  •  Darsxona tomi oddiy to‘sin bilan berkitilgan;
  •  Kirish qismi bosh fasadga yaqin joylashgan;
  •  Hujralar to‘g‘ri burchakli shaklda;
  •  Hujralar qurilishida maxsus qubbalar, ya’ni balxlardan foydalanilgan;
  • Majmuaning bosh majmuasi qat’iy shimolga qaragan, loyihalar alohidadan barpo etilgan.

Bino fasadining deyarli ro‘parasida bosh minora qurilgan. Janubiy qismida xizmat binosi bor bo‘lib, yassi qilib berkitilgan to‘sin qoplami bilan farq qiladi. Bu yerda mahalliy uylarda istiqomat qiluvchi oilalardagi bolalar o‘rganishi uchun madrasa va namoz xonasi bo‘lgan, degan tahminlar bor.

Bugungi kungacha saqlanib qolgan dalillarga asoslangan holda minoraning balandligi ancha past bo‘lganligini aniqlasa bo‘ladi. Bino asosi esa ko‘plab romb shaklidagi mintaqalar yordamida bezalgan. Minoraning tepa qismi g‘ishtdan yasalgan 3-qavat sharaf bilan ziynatlangan.

Tadqiqotchilar Shoqalandar bobo bugungi kungacha saqlanib qolgan bir nechta dahma va ziyoratxonadan tashkil topgan 3 xonali bino bo‘lgan deb hisoblashadi.

Majmua rasmlari.

Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x