Xiva — Abdullaxon madrasasi tarixi va fotosuratlari

Abdullaxon madrasasi — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1855). Ichan qal’adagi Olloquixon va Qutlug’ Murod Inoq madrasalari oraligʻida joylashgan.

Xiva - Abdullaxon madrasasi tarixi va fotosuratlari

Madrasa haqida.

Abdullaxon (Xiva xoni Qutlugʻ Murod inoqning oʻgʻli) xotirasiga onasi tomonidan qurdirilgan. Chortoq tarhli (31,5×28,25 metr) boʻlib, burchaklariga guldasta — minora ishlangan. Bosh tarzidagi keng ravoqli peshtoq orqali 3 gumbazli miyonsaroyga, u orqali hovliga oʻtiladi. Hovli (18,9x 14,0 metr) atrofi hujralar bilan oʻralgan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan yopilgan. Janubiy tomondagi gumbazli masjid miyonsaroy bilan bog’langan. Darsxonalar tarhi murabba — 4,25×4,25 metr. Hovliga gʻarbdan ensiz yoʻlak orqali kiriladi.

Madrasaning katta peshtoqi Janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o’tib, ikki yoqdagi katta xonalar — darsxona va masjidga kiriladi. Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi — girih shaklli mayda yog’och parchalaridan terilgan. Abdullaxon davri me’morligi yetuk namunasi bo’lgan bu Madrasa Buxoro me’morchiligining 16-asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyish etadi.

Abdullaxon madrasasi

Xivadagi Olloqulixon karvonsaroy inshooti

manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali