Turob Toโla hayoti va ijodi. Turob toโla sheโrlar toโplami.
Qoสปshiqchi shoir va dramaturg Turob Toโla 1918 yil Qozogสปiston Respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlogสปida tugสปilib, bolalar uyida tarbiyalandi.
1935โ1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki boสปlimida tahsil oldi. Soสปngra Oสปzbekiston Davlat nashriyotida muharrir, Oสปzbekiston radiosida boสปlim boshqaruvchisi, โOสปzbekfilmโ kinostudiyasida adabiy boสปlim mudiri, Respublika kinochilar uyushmasida kotib, Sanสผat ishlari boshqarmasida boshliq, Oสปzbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot targสปiboti markazida rahbar va boshqa shu kabi masสผul lavozimlarda faollik koสปrsatdi.
TAVSIYA ETAMIZ : Turob toโla sheโrlar toโplami >>
Turob Toโla sheสผr yozishni 1934 yillardan boshlagan. 1939 yilda uning birinchi sheสผrlar toสปplami bosilgan. 1941โ1945 yillarda u harbiy mavzudagi sheสผrlari bilan xalqimizning fashizmga boสปlgan nafratini ifodaladi. Shoirning โShodligimโ (1941), โTabassumโ (1944) toสปplamlaridagi sheสผrlari ham qahramon jangchilarga bagสปishlangan. Turob Toสปlaning โBaxt tong otariโ (1948), โSening haqingdaโ, โQanot qoqing, qoสปshiqlarimโ, โKamalakโ, โNafosatโ toสปplamlari koสปpgina sheสผr va maqolalarni oสปz ichiga olgan. U โBolalar dostoniโ (1950) nomli asarida maktab va doสปstlik haqida hikoya qiladi. 1955 yilda Turob Toสปla โQanotlan, qoสปshiqlarimโ sheสผrlar toสปplamini oสปquvchilarga taqdim etdi. Qoสปshiq uchun yozilgan yoqimli, jarangdor sheสผrlari zamonamiz kishilarining yuragiga hamohangdir. U qoสปshiqchi shoir sifatida, ayniqsa mashhur boสปlgan.
Turob Toสปla bir qancha kinoqissalar, jumladan, โRaisโ, โMargสปilonlik qizโ, โTalantโ, โMaftuningmanโ, โFurqatโ, โShashmaqomโ, โToสปqqizinchi asr monologiโ, โQahrโ filmlari ssenariysini yaratishda ishtirok etgan, mualliflik qilgan.
TAVSIYA ETAMIZ : Turob toโla sheโrlar toโplami >>
Turob Toโla dramaturg sifatida ham faol edi, uning โQari qizโ, โQizbuloqโ, โMomo Yerโ (Ch. Aytmatov asari asosida), โNodirabegimโ, โQahrโ pyesalari respublika teatrlarida qoสปyildi. Shuningdek, u โZulmatdan ziyoโ (Oybekning โQutlugสป qonโ romani asosida) operasi hamda โSamarqand afsonasiโ baleti librettolarini yozgan.
Oสปzbekistonda xizmat koสปrsatgan sanสผat arbobi, Oสปzbekiston xalq yozuvchisi Turob Toสปla oสปz sheสผrlari, qoสปshiqlari, musiqali dramalari va kinossenariylari bilan oสปzbek kitobxonlari va tomoshabinlari qalbidan chuqur joy olgan.