Turdi Farogโiy hayoti va ijodi. Tarjimai holi. Asarlari sheโrlari
Turdi, Turdiy (asl ismi va taxallusi; fors-tojik sheโrlaridagi taxallusi esa Farogโiy) (17-asr, Buxoro โ taxminan 1699/1700, Xoโjand) โ shoir. Buxoro madrasalarida taโlim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urugโining koโzga koโringan siyosiy arboblaridan boโlgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga qarshi 1685โ86 yillarda koโtarilgan xalq isyonida faol ishtirok etgan. Isyon bostirilgach, Turdi Jizzax, soโng Xoโjandga borib, muhtojlik va uzluksiz maโnaviy tushkunlikda kun kechirgan.
TAVSIYA ETAMIZ : T.FAROGโIY GโAZALLAR TOโPLAMI >>
Turdi oโzbek va fors tillarini yaxshi bilgan. ยซDar mazammati sipohigariยป sheโrida oโzining asosiy kasbkori sipohiylik (ยซharbiylikยป) boโlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tamaโ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus bilan maโlum qilgan. Lekin qarbiylik bilan bir qatorda Turdi oโz zamonasining oโqimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega kishilaridan boโlgan. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa oโz atrofida yuz berayotgan voqeahodisalarga faol aralashishni taqozo etgan.
TAVSIYA ETAMIZ : T.FAROGโIY GโAZALLAR TOโPLAMI >>
Turdining adabiy merosi 18 sheโrdan iborat boโlib, ulardan 12 tasi gโazal, 5 tasi muxammas va bittasi fard janriga oid. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon haqidagi mashhur hajviyani tashkil etgan (ยซSubhonqulixon toโgโrisida hajviyaยป, 1691).
Turdi ham oโz ijodini boshqa shoirlar kabi anโanaviy ishq mavzuidan boshlagan. Uning:
Turkona xirom ayladi ul shoโxi diloro,
Dil mulkini bir goโshai chashm ayladi yagโmo.
matlai bilan boshlangan ishqiy gโazali lirikaning yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Turdining lirik gโazallari boshqa shoirlarnikidan oโzining nihoyatda ixchamligi, yaโni 3โ4โ5 baytdan iboratligi bilan ajralib turadi. Uning tasavvufiy sheโrlari ham gโoyat goโzal va falsafiy teran mazmunga boy (ยซโฆIbrat ila boq, koโzung tufroqqa toโlmasdan burunยป).
Turdi gโazallarining aksariyati hali hech kim qalamga olmagan, oโtkir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mavzularga bagโishlangan. Ayniqsa, shoirning:
Tor koโngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
Toโqson ikki boโli oโzbek yurtidur, tenglik qilingโฆ
matlai bilan boshlanadigan gโazalida yurgni boshqarayotgan beklarga murojaat qilib, ularni keng feโlli, oโzaro ittifoq boโlishga, bir-birini urugโchilik belgilariga qarab kamsitmaslikka chaqirish uning oโz davridagi yuksak fikrli, vatanparvar va haqiqiy insonparvar kishi boโlganligidan dalolat beradi.
TAVSIYA ETAMIZ : T.FAROGโIY GโAZALLAR TOโPLAMI >>
Subhonqulixon toโgโrisidagi hajviy muxammasi Turdining shoh asari hisoblanadi. Asarda Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, mamlakatda ahvol yomon tomonga oโzgarganligi, osoyishtalik oโrnini tartibsizlik, adlu karam oโrnini oโzaro nifoq egallagani oโz aksini topgan. Shohning aybi shundaki, u taxtga oโtirishi bilanoq tajribali, ishbilarmon mulozimlarni quvib, ularning oโrniga oโz atrofida davlatni boshqarish ishidan butunlay xabarsiz, fikr-mulohazalari sayoz, axloqan tuban kishilarni yigโadi. Turdi bu asarida Subhonqulixon qiyofasida johil shoh timsolini yaratadi. Ushbu hajviy asari bilan Turdi oโzbek hajviyotini Alisher Navoiydan keyin yangi bir bosqichga koโtargan.
Turdi ijodi hayotiy faktlarga, teran mulohazalarga boyligi va uslubining realistik xarakteri bilan oโzbek adabiyoti rivojiga samarali taโsir qilgan. Maxmur, Gulxaniy kabi satirik shoirlar ijodining shakllanishida muhim bosqich boโlgan. A. Majidiy tomonidan topilgan va 1924โ25 yillarda nashr etilgan sheโrlar qoโlyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Oโzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik intstituti fondida saqlanadi (inv. ? 1407).
Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar >>