Bosh sahifa » Arboblar » Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi haqida

Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi haqida

by administrator

Sirojiddin Sayyid

Sirojiddin Sayyid tarjimai holi

Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar. Sirojiddin Sayyid 1958 yilning 30 oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlogʻida tugʻildi. Bolalik chogʻlaridan boshlab matalgoʻylik, dostonxonlik muhitida, ertak va afsonalar olamida ulgʻaydi. Oybibi momosi, Saidumar amakisi, Islomiddin togʻasidan eshitgan xalq qoʻshiqlari, Abduvahob bobo, Vahob shoirning sheʼrlari, onasi Xolbibi Nasriddin qizi aytgan naqlu hikoyatlar uning shoirlik qismatida muhim oʻrin tutadi. Sirojiddin Sayyid ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida (1974–1979) tahsil oldi. Izlanish va qizgʻin mutolaa yillariga aylangan talabalik davrining sinov va imtihonlari, taqlid va takrorlari, ayriliqlariyu hijronlari uning oʻz yoʻli va ovozini topishida, shaxs va shoir sifatida shakllanishida alohida ahamiyat kasb etdi.

Sirojiddin Sayyid kitoblari

“Xayrullaning komandasi” nomli ilk hikoyasi 1972 yilda – sakkizinchi sinfda oʻqib yurganida respublika bolalar gazetasida bosilgan edi. “Orzu” va “Istak” nomli birinchi sheʼrlari 1975 yilda “Toshkent universiteti”, undan soʻng “Sevgi” va “Orzu” nomli sheʼrlari “Sariosiyo haqiqati” gazetalarida chop etildi. “Ruhim xaritasi” nomli ilk kitobi 1985 yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida bosilib chiqdi. Piyoz poʻstiday yupqa va koʻrimsiz, “iqtisod qilingan qogʻoz hisobiga bosilgan” bu toʻplam tez orada ancha “mashhur” boʻlib ketdi. Mustabid tuzum mafkurasi kitobchadagi sheʼrlarni gʻoyasizlikda aybladi. Shundan soʻng koʻp oʻtmay “Yoshlik” jurnalida bosilgan “Saksoninchi yillar” dostoni Sirojiddin Sayyidni shoir sifatida keng tanitdi. Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi.

Sirojiddin Sayyid she’rlarini o’qish

Sirojiddin Sayyid she’rlari

Shundan keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida” (1986), “Sevgi mamlakati” (1987), “Asragil” (1990), “Mehr qolur, muhabbat qolur” (badialar, maqolalar, 1992), “Kuydim” (1994), “Uyingdagi beshiklar” (1996), “Vatanni oʻrganish” (1996), “Egasi bor yurt” (2001), “Qaldirgʻochlarga ber ayvonlaringni” (2005), “Dil fasli” (2007), “Yashasin yomgʻirlar” (badialar, suhbatlar, adabiy maqolalar, 2007) “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” (doston, 2011), “Bugʻdoyboʻy Vatan” (sheʼrlar, badialar, maqolalar, 2011), “Ochil, ey gul, ki boʻston vaqti boʻldi” (2014) singari kitoblari bosilib chiqdi.

2008 yili “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati shoirning “Soʻz yoʻli” nomli ikki jildlik tanlangan asarlarini nashrdan chiqardi.

Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,

Kipriklarim oʻpsalar bas gardlaringdan.

Men bir nasim boʻlib keldim, men bir nasim,

Aytib oʻtsam deyman koʻhna dardlaringdan.

Sirojiddin Sayyid she’riy to’plamlari

Shu maʼnoda Sirojiddin Sayyidning “Kuydim”, “Vatanni oʻrganish” nomli toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida qulf ura boshlagan goʻzal va mungli tuygʻulari yanada keng koʻlam va zalvor kasb etgan, tugʻilgan yurt, ona Vatan haqidagi sogʻinch va hayajonlari, mehru muhabbati “Vatan abadiy” (2001), “Ustimizdan oʻtgan oylar” (2003), “Koʻksimdagi zangorlarim” (2005) nomli sheʼriy toʻplamlarida bor boʻy-basti bilan namoyon boʻladi. Shoirning keyingi yillarda bosilgan “Koʻngil sohili” (“Shamnoma”, toʻrtliklar, 1995), “Dil fasli” (2007), “Bugʻdoyboʻy Vatan” (2011) kabi kitoblaridagi sheʼrlar, manzuma va dostonlarni ilmiy-adabiy jamoatchilik xayrixohlik bilan qarshi oldi. S. Sayyidning “Tanazzul” (1989), “Toʻpalondaryo bilan xayrlashuv” (1992), “Yaxshilik eskirmaydi” (Qirq hadis, 1992–2001), “Bahor Surxondan boshlanar” (2002), “Laylakqor va odamzod rivoyati” (1998), “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” (2010) dostonlari mustaqillik yillari epik janr qiyofasini yaratishda muhim oʻrin tutadi.

Sirojiddin Sayyid she’rlarini o’qish

Sirojiddin Sayyid tarjima sohasida ham faoliyat yuritib, Pushkin lirikasidan namunalarni, Andrey Voznesenskiyning “Mangu rizq” (1991) sheʼrlar va nasriy kitobini, bulgʻor shoiri Lyubomir Levchev sheʼrlarini, musavvir Pablo Pikassoning sheʼriy tajribalarini, Abu Homid Gʻazzoliyning “Munojot lazzati” nomli hikmatlarini, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy gʻazallari bilan hikmatlarini, Roʻdakiy, Aleksandr Faynberg, Loyiq Sherali sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.

Shoirning sheʼr va dostonlari rus, turkman, ukrain, belorus, tojik, qozoq va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.

Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hozir Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi Bosh muharriri lavozimlarida xizmat qiladi.

U 1999 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan. “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” dostoni uchun Bobur jamgʻarmasining Xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.

Sirojiddin Sayyid she’rlarini o’qish

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x