Quloq shang’illashishi sababi
Quloq yoʼlidagi “Evstaxiy nayi” deb ataluvchi eshituv nayining surunkali yalligʼlanishi natijasida eshituv yoʼliga havo oʼtmaydi. Uning yopilishi sababli ichkarida – oʼrta quloqda oʼzgarish paydo boʼladi.
Vaqtida davolanmaganda nogʼora parda ichkariga nogʼora boʼshligʼiga qarab tortiladi va yaxshi harakatlanmaydi. Natijada eshitish qobiliyati pasayadi va bemor qulogʼida shangʼillash his qiladi, shuningdek gapirgan gapi oʼziga boshqacha eshitiladi.
Davolash uchun Yevstaxiy nayini ochish maqsadida burun yoʼllari orqali havo yuboriladi. Shu tariqa quloq yoʼlidagi yopishish va boshqa toʼsiqlar ochiladi.
Аgar havo yuborish yordam bermasa, dori-darmon va fermentlar yuboriladi. Shu usulda quloq yoʼlidagi yalligʼlanishlar soʼrilib ketadi. Davolanishdan keyin quloq shangʼillashi yoʼqoladi.
Shu bilan birga, quloqda shovqin eshitilsa, burun-halqum yoʼllaridagi muammolarni ham aniqlab, bartaraf qilish kerak.
Tavsiya etamiz : Аnemiya uchun guruchli bulyon