Bosh sahifa » Salomatlik » QOSHNI QORА QILАDIGАN USULLАR

QOSHNI QORА QILАDIGАN USULLАR

by nafisa nafisa

QOSHNI QORА QILАDIGАN USULLАR

QOSHNI QORА QILАDIGАN USULLАR

Bizning millatimizda qalb goʼzalligi bilan birga yuz chiroyi ham nihoyatda qadrlanadi. Balki eshitgandirsiz ham, sovchilikka borgan ayollar boʼyi yetgan qizni “Qosh-qoʼzlari qop-qora… ekan”, deb taʼriflaydilar. Bundan bilinadiki, qosh xuddi soch kabi husn ekan.

Qosh hammada har xil: kimdadir qalin, qop-qora boʼlib oʼsadi, ayrimlarniki esa siyrakroq, ingichkaroq. Qosh qancha qalin va quyuq boʼlsa, nigohni, koʼz maʼnosini shuncha ifodali qilib beradi. Toʼgʼri, hozirda kosmetika vositalari yordamida qoshni boʼyab, chiziq tortib xohlagandek koʼrinishga keltirish mumkin. Biroq qadimdan buvilarimiz qoʼllagan baʼzi mahsulotlar borki, ulardan uy sharoitida tabiiy ravishda foydalanishimiz mumkin. Demak, qoshi tabiiy va chiroyli, qalin koʼrinishi, tolalari yaltirab turishi uchun 5 ta usulni taklif etamiz.

1-usul – kanakunjut moyi

Qoshni oʼstiradigan eng samarali vositalardan biri kanakunjut yogʼidan foydalanishdir. Yogʼ tola follikulalarini oziqlantiradi va tolalarning oʼstiradi. Paxtali tamponni olasizda, kanakunjut yogʼiga shimdirib, ikkala qoshingizga surasiz. Yogʼlangan qoshlarni barmoqlaringiz uchi bilan 2-3 daqiqa davomida uqalaysiz. Yogʼ qoshda kamida yarim soat tursa kifoya. Soʼng iliq suvda yuvib tashlaysiz. Ushbu muolajani har kuni bajarishingiz mumkin.

2-usul – kokos yogʼi

Kokos yogʼi tarkibida talay ozuqaviy moddalar mavjud. Ulardan biri Ye vitamini, temir moddasi. Ushbu elementlar qosh tolalarini sogʼlomlashtiradi va qalinlashtiradi, oʼstiradi.

Bir necha tomchi kokos yogʼini qoshga tomizib, uqalang. Uqalash harakatlari qon aylanishini yaxshilaydi va qoshlarni oʼstiradi. Uqalagandan keyin yogʼni yuvmasa ham boʼladi, ertalab yuzni yuvganda iliq suv bilan yaxshilab chayish kiflya. Sabr bilan bir necha oy ushbu muolajani davom ettirsangiz, natijasini koʼrasiz.

3-usul – zaytun yogʼi

Zaytun yogʼi Ye vitaminiga boy. Bu vitamin kapillyarlarning oʼsishini yaxshigina ragʼbatlantiradi. Kapillyarlar sogʼlom boʼlsa, qon aylanishi yaxshilanadi. Tabiiyki, qosh tolalari ham sogʼlom boʼlib, tez oʼsadi. Bir necha tomchi zaytun yogʼini qoshga tomizib, ohistalik bilan uqalaysiz, kechasiga qoldirishingiz ham, 30 daqiqadan keyin yuvib tashlashingiz ham mumkin. Bundan tashqari, zaytun yogʼiga bir necha tomchi asal tomizib, shu vosita bilan muolaja qilsangiz, qosh qalinlashishi tezlashadi.

QOSHNI QORА QILАDIGАN USULLАR 4-usul – sut

Sut oqsildan va boshqa ozuvaqiy foydali moddalardan iborat. Sut ham tolalarining sogʼlom boʼlib oʼsishiga yordam beradi.

Ozgina sutni toza idishga solib, unga paxtali tamponni botirasiz. Ikkala qoshingizga surasiz. Sut quriydi, keyin iliq suv bilan yuvib tashlaysiz.

5-usul – aloe vera

Аloe vera namlantiruvchi xususiyatga ega. Namlik tola follikulalarini sogʼlomlashtiradi. Oʼsimlik bargidan, yaʼni aloe-veradan gelnini sidirib olib, qoshlarga surasiz va uqalaysiz. Yarim soat turgach, iliq suvda chayib tashlaysiz. Shuningdek, aloe-veraga koks yogʼi yoki ozgina asal qoʼshib ham foydali vosita tayyorlashingiz mumkin.

Qoshlaringiz qalin, sogʼlom boʼlishi uchun ushbu muolajani bir necha hafta davomida uzluksiz bajarish tavsiya etiladi.

Maqolamizda oʼsma oʼsimligi shirasini qoshga qoʼyish haqida yozmadik, chunki buni har birimiz juda yaxshi bilamiz. Oʼsmani faqat qoshga emas, balki bosh terisiga ham qoʼyish foydali. Soch tolalari oziqlanadi, terida nuqsonlar boʼlsa ketkazadi (agar allergiya berib achishtirsa, bu usuldan foydalanilmaydi). Onalarimiz aytganidek, qoshingga oʼsma qoʼysang, tuk ostidagi qurtlar oʼladi (bu oʼrinda demodekozga ishora qilinadi, lekin koʼplar buni bilmaydi, oddiygina qilib, qurt deyishadi).

Hech kuzatganmisiz, keksa onaxonlarimiz (hatto otaxonlar ham) osh tagida qolgan yogʼni qoshlariga surishadi. Hech bir harakat bejiz emas. Bilasizki, osh zirvagi uchun qancha foydali masalliqlar ishlatiladi. Qaynaganda masalliqlar tarkibi bir-biriga singib, foydali xususiyati yanada ortadi. Yogʼni shimgan qosh, tabiiyki, qalinlashib, tezroq oʼsadi.

tavsiya etamiz : Dagʼal tuklardan xalos boʼlish yo’llari

manba.

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x