Mundarija
Islom Abdug’aniyevich Karimov Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti.
Tarjimai holi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi og‘ir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.
Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keldi. U va uning barcha yaqinlari bir burda nonning haqiqiy bahosini bilganiga qarmasdan, qiyinchilik va yo‘qchilikni boshidan kechirdi, ular minglab vatandoshlarimiz kabi Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar bilan o‘z uyi va tuz-nonini baham ko‘rgandi.
Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.
1955 yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. Bu zavod qishloq xo‘jaligi texnikasining har xil turlarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarardi. Ular O‘zbekiston va boshqa respublikalar dehqonlarining mehnatini yengillashtirardi, shuningdek, boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Islom Abdug‘aniyevich uchun bularning barchasini vujudida his qilish, ishlab chiqarishda tajriba orttirish, zavod hayotining “murakkab” va “ijobiy” tomonlarini ko‘rish muhim edi.
O‘zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida – Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966 yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi.
Taqdir unga kulib boqmagandi. U qator qiyinchiliklar va to‘siqlarni bartaraf etishi lozim edi. Bu esa uning xarakterini toblar, uni yanada mustahkam qilardi. U hayot yo‘lini, avvalambor, o‘z kuchi va bilimlariga tayanib bosib o‘tdi. Maktab yillarida, institutda, ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatida va iqtisodiy ta’lim olayotganida va dissertatsiyasini himoya qilganida ham u o‘z kuchi va bilimiga tayandi.U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oldi.
Aynan shu tarzda 1967 yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomladi.
1973 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1975 yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oldi.
1994 yilda unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, “makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha haqiqiy a’zosi etib saylandi.
Islom Karimov xotirasiga atab she’rlar va hikmatli so’zlari to’plami.
Siyosati.
1966 yildan e’tiboran Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga o‘tib, fan bo‘limi bosh mutaxassisi lavozomidan Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha yo‘lni bosib o‘tdi, jiddiy va o‘ziga xos fikrlaydigan iste’dodli iqtisodchi obro‘siga erishdi.
1983 yilda Moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ldi.
Iqtisodchi, nazariyachi va amaliyotchi Islom Karimov xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi butunlay noto‘g‘riligini ko‘rib anglagan. Respublikaning moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi rejalarini shakllantirgan Davlat reja qo‘mitasida va Moliya vazirligida xizmat pillapoyalaridan o‘tayotib, tahliliy tafakkurga ega bo‘lgan holda hech kimga ma’lum bo‘lmagan yuzaga kelgan muammolarni ich-ichidan his qilardi.
1986 yilda O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi.
U jiddiy va aniq choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo‘q edi. “Nomaqbul” I.A.Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buzildi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlandi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi.
Islom Abdug‘aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning ko‘z ongida o‘zi obro‘sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch umuman yo‘q edi.
Ehtimol, Islom Abdug‘aniyevichning Qashqadaryoga tayinlanishi uni sindirish uchun kerak bo‘lgandir, biroq bu aksincha uning taqdirida burilish yasadi.
U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. Uning bosh maqsadi xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddaladi. Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy ob’yektlar qurildi. Hozirgacha viloyatda odamlar Islom Abdug‘aniyevich Karimov ishlagan kunlarini mamnuniyat bilan eslaydilar.
Islom Karimov qanday lavozimda ishlamasin, u, avvalambor, o‘z Vatanining fuqarosi bo‘lib qoldi, xalqining baxtli va farovon turmush kechirishini xohladi. Xalq ham o‘z hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni his qilib, unga katta ishonch bilan qarabgina qolmay, balki o‘z yo‘lboshchisining haqiqiy fikrdoshi bo‘ldi.
O‘sha yillarning o‘zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlangandi.
1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.
Islom Abdug‘aniyevich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi xali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri — iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.
Aynan o‘sha kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer go‘yoki yonib turgan bir paytda O‘zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o‘z xalqi va o‘z mamlakati uchun alohida mas’uliyati bo‘lgan rahbarga ega bo‘ldi.
Islom Karimov bularning negizida kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” asoratlari xaligacha kishilarning yodida turibdi.
Xalokatli vaziyat xom ashyo yo‘nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi. Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg‘ona vodiysida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan kishilarning sabr kosasi to‘lgan edi.
Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.
Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.
Qisqa muddatlarda tubdan ko‘rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul qilindi – 400 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta tarixiy faktni hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu birinchi navbatdagi o‘zgarishning butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida O‘zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.
1989 yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadami bo‘ldi. Bu o‘zbek xalqining milliy ongi yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida birinchi g‘alaba edi.
Ta’kidlash joizki, o‘sha vaqtda O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan, unda juda katta mamlakatni boshqaradigan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilgan. Garchi mazkur qaror Moskva markazi siyosatiga zid bo‘lsa ham, u qabul qilinib tatbiq etildi.
1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.
1990 yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo‘llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo‘lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o‘zgartirildi.
Ilmiy faoliyati.
Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning
- „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),
- „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),
- „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),
- „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),
- „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),
- „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),
- „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),
- „Barkamol avlod orzusi“ (1998),
- „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),
- „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),
- „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),
- „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),
- „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),
- „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)
- Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch (2008)
Abdulla Oripov hayoti va ijodi. She’rlari asarlari haqida
Mukofotlar.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning davlat mukofotlari | |||
1 | «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni,
«Oltin Yulduz» medali |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 05.05.1994 yildagi 1048-XP-qarori asosida | |
2 | «Mustaqillik» ordeni | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29.08.1996 yildagi 269-I-qarori asosida | |
3 | «Amir Temur» ordeni | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 26.12.1997 yildagi qarori asosida | |
Sovet davridagi davlat mukofotlari | |||
1 | «Mehnat Qizil bayroq» ordeni | SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 12.06.1981 yildagi 5057-X-farmoni asosida | |
2 | «Xalqlar do‘stligi» ordeni | SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 29.01.1988 yildagi 8409-XI -farmoni asosida | |
Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari | |||
№ | Tashkilot (mamlakat) nomi | Mukofot (faxriy unvon) | Sana |
1 | Seuldagi «Sogang» universiteti (Koreya Respublikasi) | Faxriy fan doktori | 1992 yil, iyun |
2 | «Al-Azhar» universiteti (Misr) | Faxriy doktor | 1992 yil, dekabr |
3 | Javoharlal Neru nomidagi universitet (Hindiston) | Faxriy huquq doktori | 1994 yil, yanvar |
4 | «Ruhoniyat» ma’naviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston) | «Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun» medali va diplomi | 1994 yil, yanvar |
5 | Koreya Respublikasi Hukumati | Katta «Mogunxva 2» ordeni | 1995 yil, fevral |
6 | Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi | Xotira kubogi | 1995 yil, mart |
7 | Xalqaro fan, sanoat, ta’lim va san’at akademiyasi (AQSh) | Akademiya faxriy a’zosi | 1996 yil, yanvar |
8 | Xalqaro olimpiya qo‘mitasi | Oltin medal | 1996 yil, fevral |
9 | YuNESKO | «Avitsenna» oltin medali | 1996 yil, aprel |
10 | Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) | Faxriy doktor | 1996 yil, may |
11 | Osiyo olimpiya kengashi | Oltin medal | 1997 yil, may |
12 | Qozog‘iston Respublikasi | «Altin iran» («Oltin burgut») ordeni | 1997 yil, iyun |
13 | G. Plexanov nomidagi Rossiya ikdisodiyot akademiyasi (Rossiya) | Faxriy fan doktori | 1998 yil, yanvar |
14 | Rus Pravoslav Cherkovi nomidan Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi | I darajali Knyaz Daniil ordeni | 1998 yil, fevral |
15 | Ukraina Respublikasi | I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni | 1998 yil, fevral |
16 | Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi (Rossiya) | Akademik | 1998 yil, dekabr |
17 | Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi (Rossiya) | Akademik | 1999 yil, may |
18 | Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi | Oltin zanjir | 1999 yil, may |
19 | Kurash bo‘yicha I xalqaro turnir (Rossiya) | Kubok | 1999 yil, sentyabr |
20 | «Ey-Ti-Pi» (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) | Billur raketka | 1999 yil, sentyabr |
21 | «Fontis» universiteti (Niderlandiya) | Faxriy doktor | 2000 yil, sentyabr |
22 | O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir (Rossiya) | Kubok | 2000 yil, oktyabr |
23 | M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) | Faxriy professor | 2001 yil, yanvar |
24 | Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi | «Besh qit’a belgisi» oltin ordeni | 2001 yil, iyul |
25 | «Ey-Ti-Pi» (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) | Billur globus | 2001 yil, sentyabr |
26 | Merilend universiteti (AQSh) | Faxriy yorliq va oltin medal | 2002 yil, mart |
27 | Yahudiylar milliy markazi (AQSh) | Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun «Xalqaro yetakchi» mukofoti | 2002 yil, mart |
28 | Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) | Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar e’tirofi mukofoti | 2002 yil, mart |
29 | Xalqaro kurash assotsiatsiyasi | Oltin orden | 2002 yil, aprel |
30 | «Vaseda» universiteti (Yaponiya) | Faxriy huquq doktori | 2002 yil, iyul |
31 | Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) | «Sisneros» medali va faxriy diplom | 2002 yil, avgust |
32 | Litva Respublikasi | Buyuk Vitautas ordeni | 2002 yil, sentyabr |
33 | Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) | Budapesht shahri «Oltin kalit»i | 2002 yil, oktyabr |
34 | «Soka» universiteti (Yaponiya) | Faxriy doktor | 2002 yil, dekabr |
35 | Ispaniya qiroli | «Fuqarolik xizmatlari uchun» ordeni | 2003 yil, yanvar |
36 | Ispaniya Senati | Medal va Ispaniya Konstatutsiyasining 1978 yilgi nusxasi | 2003 yil, yanvar |
37 | Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) | Madrid shahri «Oltin kalit»i | 2003 yil, yanvar |
38 | Sorbonna-4 universiteti, Parij-Syud-2 universiteti (Frantsiya) | Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi | 2003 yil, yanvar |
39 | «Andrey Pervozvanniy» fondi (Rossiya) | «Andrey Pervozvanniy» oltin ordeni | 2003 yil, may |
40 | Polsha Respublikasi | «Xizmatlari uchun» I darajali ordeni | 2003 yil, iyul |
41 | Gruziya Respublikasi | «Zolotoye runo» ordeni | 2003 yil, oktyabr |
42 | Bolgariya Respublikasi | «Stara Planina» ordeni | 2003 yil, noyabr |
43 | «Rossiya kon sanoatchilari» konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) | Konchilik fanlari akademiyasining faxriy a’zosi, «Rossiya konchisi» oltin belgisi | 2004 yil, fevral |
44 | Т. Шевченко номидаги Киев миллий университети (Украина) | Университет фахрий доктори | 2004 йил, апрель |
45 | Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) | «Karomatgo‘y muqaddas Nikolay» oltin ordeni | 2004 yil, aprel |
46 | Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) | Seul shahri faxriy fuqarosi | 2006 yil, mart |
47 | YuNESKO | «Borobodur» oltin medali | 2006 yil, sentyabr |
48 | YuNESKO | «Aristotel» oltin medali | 2007 yil, avgust |
49 | YuNESKO | «Buyuk ipak yo‘li» oltin medali | 2007 yil, oktyabr |
50 | Turkmaniston | «Xormatli il yashulusi» faxriy unvoni | 2008 yil, oktyabr |
51 | Latviya Respublikasi | «Uch yulduz» ordeni | 2008 yil, oktyabr |
52 | Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) | O‘zbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror o‘zgartirishni ta’minlaganlik uchun faxriy mukofoti | 2011 yil, fevral |
53 | Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) | «Do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun» mukofoti | 2012 yil, avgust |
54 | G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti | «Universitet oldidagi xizmatlari uchun» faxriy ko‘krak nishoni | 2013 yil, yanvar |
55 | Serbiya Respublikasi | II darajali «Serbiya Respublikasi ordeni» | 2013 yil, fevral |
56 | Latviya Respublikasi | «E’tirof xochi» ordeni | 2013 yil, oktyabr |
57 | Gruziya Respublikasi | «Jasorat» ordeni | 2013 yil, oktyabr |
58 | Turkmaniston | Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot | 2014 yil, oktyabr |
59 | «Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi» tashkiloti (Isroil) | «II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi» yubiley medali | 2015 yil, mart |
60 | Xalqaro olimpiya qo‘mitasi | Xalqaro olimpiya qo‘mitasining «Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» medali | 2015 yil, iyun |
61 | Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi | O‘zbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti | 2015 yil, iyun |
62 | Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) | «Xizmatlari uchun» ordeni | 2015 yil, iyul |
Vafoti.
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.