Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Islom Karimov xotirasiga atab she’rlar va hikmatli so’zlari to’plami.

Islom Karimov xotirasiga atab she’rlar va hikmatli so’zlari to’plami.

by administrator

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga she’rlar to’plami, Prezidentimizning aytgan ma’noga boy so’zlari haqida.

Islom Karimov haqida.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar jamoat birlashmalari, turli tashkilotlar va ta’lim muassasalarida keng nishonlanishi belgilangan.

Islom Karimov davlat va siyosat arbobi

Islom Karimov xotirasiga she’rlar.

Bu tuproqning farzandlari bek bo‘ladi,
Topgan-tutgan davlatlari erk bo‘ladi,
Ildizlari hazrati o‘zbek bo‘ladi,
Beshigida avliyolar o‘sgan elim,
Sadoqatni Yurtboshingdan o‘rgan, elim!

Mangulik

Bir xabar tarqaldi,
Yarim tun edi,
Goʻyo gʻam seliga botdim, yoʻqoldim.
Kimdir yoʻlboshchidan ayrildik dedi,
Men-chi, aziz doʻstdan ayrilib qoldim.

Kimning xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam boʻgʻzimizda achchiq va taxir,
Bu gʻamning na cheki — chegarasi bor.

Ketdi nogahonda aytmay biror soʻz,
Hijron oloviga barchani tashlab.
Oʻzbek osmonida soʻndi choʻng yulduz,
Katta-yu kichikning koʻzini yoshlab.

Biz — noqis bandalar, oʻylamay goho,
Boshimiz silagan qoʻlni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
Oʻz emas, oʻzgalar uchun ishladik.

Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va koʻrib,
Begona zotlarga yasadik haykal.

Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning oʻrnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.

Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab oʻtdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga boʻloldi darmon.

Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin gʻurur yashar havas qilgulik.
Abadiyat oʻsdi koʻz oldimizda,
Shundoq yonimizdan oʻtdi Mangulik.

Islom bobom.

Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi,
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi,
Olloh Sizga jannatni ato qiladi,
Vatan deb yonib kuygan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

O’zi uchun yashamas, bunday inson kam,
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas,
Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, Olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqgan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Ilmini-zexnini meros qoldirgan,
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan,
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan,
Buyuklardan-buyuk Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Kattayu-kichikning mehrin qozongan,
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan,
O’zbek elini dunyoga tanitgan,
O’zbekiston faxri Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!

Alisher Navoiy G’azallari va ruboiylar to’plami

Islom Karimovga atab.

Siz о’zbek xаlqining tоg’i edingiz
Suyаnаrdik bizlаr bоshimiz qо’yib
G’аrаz kimsаlаrning dоg’i edingiz
Qiynаlаrdi ulаr kо’ksini о’yib
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Uyqulаrni shirin tushgа о’rаrdik
Qilmаs edik g’аmni ixtiyоr
Vаtаn tepаsidа sizni kо’rаrdik
Siz tufаyli bizlаr edik bаxtiyоr
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Bаg’ringizgа bоsib, sevib аrdоqlаb
O’zbekistоn degаn Vаtаn nоmini
Hech kimgа bermаsdаn mаhkаm quchоqlаb
Tаrаtdingiz dunyоgа shuhrаt shоnini
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Butun jаhоn bugun tаnidi bizni
Xudо sizgа nаzаr sоlgаni bоis
Nаbirаlаringiz оqlаdi tuzni
Nаsihаtlаringiz оlib yuz fоiz
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Tepаmizdа оtаm tаxtim bоr derdik
Qо’rqmаs edik hech kimdаn, qо’rqmа derdingiz
Ming shukur tinch yurtim, bаxtim bоr derdik
Sherni turtib, tulkini о’pmа derdingiz
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

O’g’lim, qizim, kelinim men hаm yig’lаdim
Tо’qsоn yоshli оnаm titrаb yig’lаdi
Umri bir аsrgа teng hаm yig’lаdi
Yоrug’ оlаm оh urib, ingrаb yig’lаdi
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami

O’lsam.(Islom Karimov)

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Ollohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Ollohga.

O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.

O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…

O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga,
Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing.

Kichkina yasating qabrtoshimni,
Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib,
Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni,
Men safarga ketdim chorig‘im kiyib.

O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga,
To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating,
Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing,
Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.

O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan,
Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim,
O‘lim haq ekanin olasizda tan,
Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim.

O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman,
Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib,
Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman,
Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib,

O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga,
Evirmay, o‘chirmay borini so‘zlang.
Intiq kutganimni ularni hamda,
Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang.

O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang,
Imkonin topib topshiring elga.
Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib,
O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga.

O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon bo‘ling,
Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni,
Duosini oling men sevgan elni,
Meros qoldiraman sizga sabrimni.
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin…

Abdulla Oripov sara she’rlari. A.Oripov sherlar to’plami. 

Unutmаsmiz sizni hech vаqt, hech qаchоn

Yаshаgаysiz mаngu qаlblаrimizdа
Dоhiysiz biz uchun eng ulug’ insоn
Bаrhаyоt shоdligu g’аmlаrimizdа
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Kelаjаk аvlоdgа sizdаn esdаlik
Minglаb inshооtlаr, minоrlаr qоldi
Fаqаt bugun emаs, аbаd, ertаlik
Yаprоqlаri оltin chinоrlаr qоldi
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Obоd Vаtаn qоldi, оzоd yurt qоldi
Osmоnlаrdа uchib оppоr kаbutаrlаr
Bir umrlik elgа sizdаn qut qоldi
Qаbringizni quchib о’ssin nаstаrlаr
Yig’lаmаy bо’lurmu bu аyriliqdаn

Nimа desа desin mаyli g’аyurlаr
Oyоq yаlаng yurib tikаnli chо’ldа
Kо’zlаri nаm bоshi egik mа’yuslаr
Kuzаtishgаch sizni оxirgi yо’ldа
NURMUHAMMAD оldi qаlаmin qо’ldа.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning aytgan mangu so’zlari.

«Bizning asosiy vazifamiz — yosh avlodga faqat bilim berishdan iborat emas, balki bugun dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalardan toʼgʼri xulosa chiqara oladigan, oʼz yeri, oʼz yurtiga sadoqat tuygʼusi bilan yashaydigan, Oʼzbekiston fuqarosi degan sharafli nomga har tomonlama munosib boʼlgan insonlarni tarbiyalash — barchamizning muqaddas burchimizdir» — Islom Karimov.

Tadbir ssenariylar to’plami

“Bu hayot, bu umr Аmudaryo suvidek tez va shiddat bilan oʼtib ketadi, lekin insonning ezgu ishlari, ezgu xotirasi boqiy yashaydi”— Islom Karimov.

“Taʼlimni tarbiyadan, tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʼlmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” — Islom Karimov.

She’rlar to’plami.

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
2 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Shohsanam

Sherlarga gap yoʻq raxmat

Malikaxon

Men yõq ham, kun kõrar bu
Õzbekiston!
Tuproqqa tõladi mening kõzlarim.
Esingizga tushsam topsangiz imkon,
Qabrim yõqlab turing õğil-qizlarim!

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
2
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x