Mundarija
Kirish
Abdulla Oripov โ noyob isteโdod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir sheโriyati asoslarini tashkil etadi. Oโzbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov sheโriyati katta oโrin tutadi.
Oโzbekiston xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yili Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Nekoโz qishlogโida dunyoga keldi. Oโrta maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining jurnalistika boโlimiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyat bilan bitirdi.
1968 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib vazifalarida xizmat qilib keldi. Mualliflar huquqini himoya qilish agentligining raisi. Hozirgi kunda Oโzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisidir.
Bu qiziq: A.Oripov sheโrlari >>
Asarlar toโplami
Abdulla Oripovning ijodi talabalik yillarida boshlangan boโlib, uning birinchi sheโrlar toโplami ยซMitti yulduzยป 1965 yili chop etilgan. Keyin shoirning ยซKoโzlarim yoโlingdaยป (1967), ยซOnajonยป (1969), ยซRuhimยป (1971), ยซOโzbekistonยป, ยซQasidaยป (1972), ยซXotirotยป (1974), ยซYurtim shamoliยป (1974), ยซHayratยป (1979), ยซNajot qalโasiยป (1981), ยซYillar armoniยป (1983) sheโriy toโplamlari bosilib chiqdi.
Mazkur toโplamlarga kirgan sheโrlarni koโzdan kechirar ekanmiz, ularda shoirning sheโrdan-sheโrga, toโplamdan-toโplamga, yildan-yilga oโsib, ijodi barkamollashib borganligiga guvoh boโlamiz. Ayniqsa, 70-yillardan keyingi asarlarida hayot va inson, jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarining tobora chuqurlashib borayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuygโular ularda oโzining yuksak talqinini topib boradi. Bu, bora-bora teran fikr bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanib, shoirning ijodiy kamolotga erishganidan darak beradi.
Bunga Abdulla Oripovning ยซSaylanmaยป (1996) toโplamini oโqib amin boโlishimiz mumkin. Ayniqsa, istiqlol gโoyasi, el-yurt mustaqilligi, ona Vatanni ozod va obod koโrish istagi satrdan-satrga parvarish topib, ajib bir porloqlik hosil qiladi. Shoirning ยซMen nechun sevaman Oโzbekistonniยป, ยซOโzbekistonda kuzยป, ยซKuzยป kabi 60-yillarda yozilgan sheโrlaridayoq istiqlol nurlari jilva qilgandek boโladi. Xullas, Vatan va xalqqa mehr-muhabbat, tabiatni sevish, ardoqlash, imonli, vijdonli insonlarga madhiyalar oโqish, goh yigโlab, goh quvonib kuylash shoir tuygโulari ummonini tashkil etadi.
Abdulla Oripov ijodining hozirgi bosqichi yana ham tuygโularga boy, fayzli va serbarakadir. Jumladan, ยซHaj daftariยป (1992) turkumiga kirgan sheโrlarida endi shoir maโnaviyatimiz manbalarini kashf etish yoโlidan boradi. Qurโoni Karim, Hadisi shariflardan zamonaviy maโnolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg sifatida ham maโlum va mashhurdir. Xususan, ยซJannatga yoโlยป dostoni va ยซSohibqironยป (1996) sheโriy dramasi shoirga katta shuhrat keltirgan asarlardir.
Abdulla Oripov isteโdodli tarjimon sifatida Dantening ยซIlohiy komediyaยป asarini oโzbek tiliga yuksak mahorat bilan oโgirgan. Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliyev asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan. U Oโzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi hamdir. 2000-2001 yillarda Abdulla Oripov asarlarining toโrt jildi nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasiga manzur boโldi.
Bu qiziq: A.Oripov sheโrlari >>
Ijodi
Ijodkorning sheโriy majmualari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan. Abdulla Oripov โ noyob isteโdod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir sheโriyati asoslarini tashkil etadi. Oโzbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov sheโriyati katta oโrin tutadi.
Oโzbekiston xalq shoiri A.Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Taโlim, Sanoat va Sanโat xalqaro akademiyasining haqiqiy aโzosidir. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga birinchilardan boโlib ยซOโzbekiston Qahramoniยป degan yuksak unvon berildi.
Yaxshi