Bosh sahifa » Arboblar » Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi. Tarjimai holi. Fitrat biografiyasi asarlari

Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi. Tarjimai holi. Fitrat biografiyasi asarlari

by administrator

Abdurauf-Fitrat-hayoti-va-ijodi

Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat

Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ildi.1909-1913 yillarda esa adib Turkiyada, Istanbul doilfununida tahsil oladi. U yerda zamondoshlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati» ni tuzadi.

Uning hikoyalari dramalari >>

U 1919-20 yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh – qosh bo‘ddi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi.

1923-1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi. O’smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi.
Fitratning «Muxtasar islom tarixi»(1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.

Fitrat zoʻr adabiyotshunos, kuchli nazariyachi va oʻtkir tilshunos. Uning “Oʻzbek tili grammatikasi” (“Sarf”, “Nahv”, 1924–30 yillarda olti marotaba nashr etildi), “Tojik tili grammatikasi” (1930 y. ) va til haqidagi oʻnlab maqolalari ulkan olimligidan guvohdir. “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” kitoblari hozir ham ilmiy-nazariy qimmatini yoʻqotmagan. Fitratning “Eski oʻzbek adabiyoti namunalari”, “XVI asrdan soʻnggi oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash”, “Chigʻatoy adabiyoti” kabi yirik tadqiqotlari va Umar Hayyom, Firdavsiy, Yassaviy, Navoiy, Muhammad Solih, Bedil, Mashrab, Turdi, Furqat, Muqimiy, Nodira toʻgʻrisidagi kitob va maqolalari shu davr oʻzbek adabiyotshunosligida bir voqea, bir davr boʻlib tarixga kirdi. Uning oʻzbek musiqasi tarixi, shaxmat toʻgʻrisidagi maqola, kitoblari qomusiy ilm egasi ekanligini tasdiqlaydi. “Tilimiz” maqolasida bitta “bil” oʻzagidan 98 ta soʻz yasash mumkinligini va turkiy tilning soʻz boyligi fors, arab tillariga nisbatan koʻproq ekanligini isbotlab, lekin hozir oʻz mavqeiga ega emasligini, “eng baxtsizligini” taʼkidlaydi.

Uning hikoyalari dramalari >>

Boshqa arboblar hayoti va ijodi >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x