Bosh sahifa ยป Arboblar ยป Muqumiy hayoti va ijodi. Tarjimai hol she’rlari

Muqumiy hayoti va ijodi. Tarjimai hol she’rlari

by administrator

muqumiy-hayoti-va-ijodiMuqumiy hayoti va ijodi. Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxoโ€˜ja Mirzaxoโ€˜ja oโ€˜gโ€˜li) (1850 โ€” Qoโ€˜qon โ€”1903.25.5) โ€” shoir va mutafakkir. Oโ€˜zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xoโ€˜jandlik boโ€˜lib, Qoโ€˜qonda yashaganlar.
Muqimiy boshlangโ€˜ich maโ€™lumotni mahallasidagi maktabda olgan.

Bu qiziq: Muqumiy Sheโ€™rlari >>

Onasi Muhammad Aminxoโ€˜jada sheโ€™riyatga havas uygโ€˜otgan. Muqimiy Qoโ€˜qondagi Nodira bino qildirgan ยซMoxlar oyimยป madrasasida, soโ€˜ng Buxoro madrasalaridan birida oโ€˜qigan (1864โ€”65; 1875โ€”76). 1876 yilda Qoโ€˜qonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan. 70-yillar oxirlarida Qoโ€˜qonga qaytgan va ijod bilan shugโ€˜ullangan. Otasi vafotidan soโ€˜ng moddiy ahvoli ogโ€˜irlashgach, ยซHazratยป madrasasining kichik bir hujrasiga koโ€˜chib oโ€˜tgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan.

muqumiy-sherlari-hayoti-va-ijodi

Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887โ€”88, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oโ€˜rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgโ€˜or ruhdagi ijodkorlar bilan aloqa bogโ€˜lab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taโ€™sir koโ€˜rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanโ€™atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anโ€™analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi.

Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oโ€˜rgandi, ular gโ€˜azallariga muxammaslar bogโ€˜ladi. Jomiyni oโ€˜ziga ustoz bildi. Oโ€˜zbek, fors mumtoz shoirlari anโ€™analarini davom ettirdi. Oโ€˜zbek adabiyotida demokratik yoโ€˜nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogโ€˜liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgโ€˜or fikrli shoirlar oโ€˜zbek adabieti tarixida yangi sahifa ochdilar.

Boshqa shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi : oโ€™tish >>

Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugโ€˜orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheโ€™rlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doโ€˜stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulugโ€˜langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan.

Muqumiy sheโ€™rlarini bu yerdan oโ€™qishingiz mumkin : oโ€™tish >>

Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan (ยซKelur oxir seni ham yoโ€˜qlagโ€˜udek bir zamon yaxshiยป va boshqa).

Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boโ€˜lgan sheโ€™rlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.

Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oโ€˜rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoโ€˜nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida koโ€˜proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boโ€˜linadi.

Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan (ยซTanobchilarยป va boshqa) ยซSaylovยป, ยซDar mazammati zamonaยป va boshqada oโ€˜lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gโ€˜ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koโ€˜rsatilgan. Baโ€™zan, oโ€˜sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan (ยซHajvi halifai Mingtepaยป).

Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan (ยซDevonamenยป, ยซKoโ€˜samenยป ยซHayron qildi loyยป, ยซPashshalarยป, ยซShikoyati bezakยป va boshqa). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oโ€˜zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan (ยซTaโ€™rifi pechยป, ยซAroba qursinยป, ยซLoyยป va boshqa).

Muqimiy oโ€˜zbek adabiyotiga ishchilar mavzuini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi (ยซMaskovchi boy taโ€™rifidaยป, ยซVoqeai Viktorยป va boshqa). Turli shaxar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli ยซSayohatnomaยป asarini yozdi. Asar yengil, oโ€˜ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan.

Unda xalq turmushining ogโ€˜irligi, qishloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni maโ€™qullab, goโ€˜zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi.

10 sheโ€™riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. Sheโ€™rlari qoโ€˜lyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.

M. ijodini oโ€˜rganish, asarlarini toโ€˜plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov ยซDevoni Muqimiyยป toโ€˜plamini (T., 1907) nashr qilgan, soโ€˜ng 1910,1912 yillarda ยซDevoni Muqimiy maa hajviyotยป nomi bilan asarlari toโ€˜plami bosilgan. Keyingi davrlarda Gโ€˜. Gโ€˜ulom, Oybek, H. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, Gโ€˜. Karimov, A. Hayitmetov va boshqa Muqimiy ijodini tadqiq etganlar.

Sheโ€™rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoโ€˜qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargโ€˜ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koโ€˜chalaridan biri, Oโ€˜zbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla ยซMavlono Muqimiyยป romani va ยซMuqimiyยป dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat gโ€˜azallari ashulaga aylangan.

Sunnatilla Ahmedov

Muqumiy sheโ€™rlarini bu yerdan oโ€™qishingiz mumkin : oโ€™tish >>

Boshqa shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi : oโ€™tish >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x