Bosh sahifa » Salomatlik » Kolbasa saraton kasaligini keltirib chiqaradi.

Kolbasa saraton kasaligini keltirib chiqaradi.

by nafisa nafisa

Kolbasa saraton kasaligini keltirib chiqaradi.

 Kolbasa saraton kasaligini keltirib chiqaradi.

Kolbasa, kantserogen faollikka ega mahsulotlar sifatida tan olingan.

Masalan, kolbasaning pushti rangga ega boʼlishi natriy nitrit yoki kaliy nitritiga bogʼliq. Bu moddalar organizmga kolbasa tarkibida tushgach, kantserogen nitrozaminlarga aylanishi mumkin.

Аgar siz kolbasalarni isteʼmol qilishdan bosh tortmasangiz, u holda sizda saraton kasalliglariga chalinish xavfi oshadi…

Kundalik isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan besh turi mazkur xastalikka chalinish ehtimolini oshirishi mumkin.

Germaniyaning “Stiftung warentest” isteʼmolchilar fondi JSST tadqiqotlariga asoslanib, ana shu mahsulotlar roʻyxatini eʼlon qildi.

1. Qayta ishlangan goʻsht. Ular sirasiga tuzlangan va dudlangan goʻsht va goʻsht mahsulotlari kiradi. Bunday noz-neʼmatlarni kuniga 50 grammdan ortiq isteʼmol qilish yoʻgʻon ichak saratoniga chalinish xavfini 18 foizga oshiradi. Qolaversa, yiliga taxminan 34 ming kishining oʻlimiga sabab boʻladi.

2. Qizil goʻsht. Bu turdagi mahsulot yoʻgʻon ichak, oshqozon osti va prostata bezi saratoni shakllanishiga sabab boʻlishi bilan bogʻliq dalillar mavjud. Biroq maʼlumotlar hali 100 foiz oʻz tasdigʻini topgani yoʻq.

Mutaxassislar qizil goʻshtning haftalik isteʼmolini 500 grammdan oshirmaslikni tavsiya etadi.

3. Sut. Aslida bu juda shifobaxsh neʼmat. Faqat meʼyor masalasi muhim. Masalan, kuniga 200 dan 800 millilitrgacha sut isteʼmol qilish yoʻgʻon ichak yoki koʻkrak bezi saratonidan ishonchli himoya qilishi mumkin.

Biroq erkaklar bu borada ehtiyot boʻlishlari zarur: sut mahsulotlari tarkibida kalsiyning yuqori miqdori prostata bezi saratoni xavfini oshirishi ehtimoli mavjud. Shu sababli erkaklar kuniga 1,5 grammdan ortiq kalsiy isteʼmol qilmasliklari kerak. Bu oʻrta hisobda 1,25 litr sut, degani.saraton kasaligi

4. Shakar. U saratonning bilvosita sababchisidir. Uni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi. Semirish esa kamida 13 turdagi saraton bilan bogʻliq kasalliklar rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

5. Spirtli ichimliklar. Bu borada JSSTning xulosasi qatʼiy. Yaʼni alkogol mahsulotlari isteʼmolining xavfsiz darajasi yoʻq! Demak, u kam miqdorda ichilsa ham, saratonga chalinish xavfi yoʻqolmaydi. Agar koʻproq isteʼmol qilinsa, vaziyat yanada yomonlashadi. Bu borada spirtli ichimliklarning turi yoki sifati ahamiyatsiz. Kolbasa saraton kasaligini keltirib chiqaradi.

 

Mast qiluvchi ichimliklar tamaki mahsulotlari bilan birlashsa, xavf koʻlami yanada ortadi. Chunki spirtli ichimliklar ogʻiz shilliq qavatini tamakining ifloslantiruvchi moddalariga oʻtkazuvchan qiladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti saratonning yettita turi kelib chiqishini alkogol mahsulotlari bilan bogʻliq, deb hisoblaydi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

saraton kasaligi

Tavsiya etamiz : Onkologik (saraton) kasalliklarda eng foydali yegulik

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x