Kimlar kasal bo’lmaydi va kasallikka kamdan kam chalinadi…?
❤️Sevganlar.
Chunki bu tuygʼu insondagi bari yomon va negativ xislarni yoʼqotadi, dunyoni goʼzal qilib koʼrsatadi.
😊 Tabassum bilan kayfiyati koʼtarinki yuradigan odamlar. Chunki tabassum va kulgu insonni immunitetini kuchli qiladi.Oʼziga ishonch bagʼishlaydi. Maqsadiga yoʼnaltiradi.
🤓 Samimiy odamlar.
Ularni dilidagi hammasi tilga koʼchadi, gʼayirliklar haqida oʼylamaydi.
☀️Erta sahardan tabiatdan nafas olib, nonushtaga meva yeydigan odamlar.
Ularning immuniteti uydan chiqmay, goʼshtli taomlar yeydigan odamlarnikiga nisbatan kuchli boʼladi. Tabiat zahrini tabiat neʼmati qirqadi. Аyniqsa sariq, quyosh rangli meva va sabzavotlar!
✈️ Ulkan maqsadlari bor odamlar. Ularni kasal boʼlishga vaqti yoʼq.
🤾♂Raqsga tushib, qoʼshiq aytib, sport bilan shugʼullanadigan odamlar, chunki ular tanasini boʼysundirgan!
Tavsiya etamiz :DOGʼLI PIGMENTNI DАF ETISH