Bosh sahifa » Arboblar » Egamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi

Egamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi

by administrator

Egamnazarov NazarmatEgamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar.

Nazarmat Egamnazarov shoir va nosir bo‘lishi bilan birga tarjimon hamdir. Uning tarjimalari talaygina. Nazarmat nosir sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Nazarmatga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. Mustaqillikning yetti yilligi munosabati bilan adibga «El-yurt hurmati» ordeni berildi.

SHoirning she’larini o’qish

Tarjimai hol

Jangchi shoir Nazarmat Egamnazarov 1917 yil 7 noyabrda Tojikiston Respublikasi Xo‘jand viloyati Nov qishlog‘ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmatning ukasi bo‘lib, 1935 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Davlat universitetiga o‘qishga kiradi. 1941 yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketgan.

U yerda vzvod komandiri bo‘lib xizmat qilgan. So‘ngra 1944-1947 yillarda «Front haqiqati» gazetasida ishlagan. Armiyadan qaytgach, 1947-1954 yillarda hozirgi «O‘zbekiston ovozi», 1955-1985 yillarda esa «Toshkent haqiqati» gazetalarida adabiyot va san’at bo‘limini boshqargan.

Nazarmat ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri («Qo‘zichoq») 1934 yildanoq matbuotda e’lon qilina boshlagan. Birinchi to‘plami esa 1941 yilda «Yoshlik zavqi» nomi bilan nashr etiladi. Urush tufayli ikkinchi to‘plami ancha kech – 1949 yilda «Vatan ishqi» nomi bilan chop etilgan.

She’rlari

Hozirgi kunda uning yigirmadan ortiq she’riy, nasriy asarlari va qo‘shiqlar to‘plamlari chop etilgan. Xususan, uning «Yashil dalalar» (1955), «Sir bo‘yi – nur bo‘yi» (1959), «Tog‘dagi gulxanlar» (1962), «Nay sadosi» (1965), «Bahor qo‘shig‘i» (1968), «Shahrimiz bolalari» (1970), «Mangu olov» (1972), «Dostonlar» (1975), «Yo‘llar va gullar» (1977), «Mehrim-muhabbatim» (1983), «Tanlangan asarlar (1987), «G‘unchalar» (1987), «Muhabbat taronalari» (1992) kitoblari keng kitobxonlar ommasiga yaxshi tanishdir.

Nazarmat nosir sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Uning ocherk va hikoyalaridan tashkil topgan «Qirg‘oqdagi jang» (1965), «Burch yo‘li» (1966), «Janggohdan qatralar» (1974), «Turnalar yo‘li» (1977), «Ona ko‘rsatgan yo‘l» kabi harbiy turkumdagi hikoya va ocherklari kitobxon e’tiborini qozongan.

Uning «Olovli tong» (1955), «Sayyod jasorati» (1972) qissalari harbiy hujjatli nasrimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Uning bolalar uchun yozgan «Shahrimiz bolalari», «G‘unchalar» kabi she’riy to‘plamlari ham e’tiborga loyiq. Uning Bedil, Jomiy, Nosir Xusrav, Firdavsiy, Mirshakar, M.Tursunzoda ijodidan qilgan tarjimalari talaygina.

SHoirning she’larini o’qish

Shuningdek, uning bolalarning “Sharimimiz bolalari”, “Gunchalar” she’rlari to’plamlari alohida e’tiborga loyiqdir.

Badil, Jomiy, Nosir Xusro, Firdavsiy, Mirshakar va M. Tursunzoda kabi mashhur yozuvchilarning asarlaridan bir nechta tarjimalari nashr etilgan.

U 2009 yilda vafot etdi. 2017-yilda yozuvchi tug’ilgan kunning 100-yilligi nishonlandi.Egamnazarov Nazarmat hayoti va ijodi haqida ma’lumot sizga yoqqan bo’lsa kerak.

Boshqa arboblar haqida

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x