Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Buxorodagi Poykent qadimgi shahar topilmasi

Buxorodagi Poykent qadimgi shahar topilmasi

by nafisa nafisa

Qadimiy kent sanalgan Poykent Buxorodan 50 km janubi-g‘arbda, Jondor va Qorako‘l tumanlari tutashgan hududda, Zarafshon daryosining quyi oqimida Movorounnahr muzofotining janubiy qismida joylashgan.

Poykent tarixi

Tarixiy manbaaga ko‘ra, eramizning III – IV asrlarining ikkinchi yarmida Sosoniylarning bosqinchilari bilan bog‘liq siyosiy voqealar natijasida O‘rta Osiyo janubida joylashgan Poykent shahri qal’asi yangi devor bilan o‘rab olingan. Qal’a mudofaasi, mudofaa devori yonida xona va dahliz yo‘lagi tomi shiftidagi maydonchadan shinaklar orqali amalga oshirilgan. Devor yorar qurollariga dosh beradigan mustahkam tagkursi qal’a devorlarini o‘z yelkasiga ko‘tarib turgan.

Poykent muzeyi rahbari Normamat Sobirovning ma’lum qilishicha, arxeologik qazishmalar jarayonida yosh arxeolog Elbek Sobirov tomonidan metalgan ishlov berish ustaxonasi, ya’ni xumdon topilgan. Xumdon miloddan avvalgi III-asrga taalluqli eng qadimiy topilma, deb hisoblanmoqda.

Xumdonning topilishi esa shu ilmiy farazni haqiqatga aylantirdi. Xumdondan tashqari, ekspeditsiya a’zolari tomonidan so‘g‘d yozuvi tushirilgan idishlar parchasi, Sosoniylar davrida zarb etilgan tanga va o‘q-yoylar uchlari ham topilgan. Idishlardagi so‘g‘d yozuvlari nusxasi so‘g‘d yozuvini o‘qiy oladigan mutaxassisga jo‘natilgan.

Qiz bibi majmuasi tarixi va rasmlari.

Sayohatchilarning esdaliklarida Poykent – «Mo‘’jizalar va ertaklar shahri» deya tilga olinadi. Bu mashhur antik shaharning atrofida ko‘plab qo‘rg‘onlar barpo etilgan. Poykent atrofida ko‘plab rabotlar qurilishidan ham uning hududi yanada kengayib borgan. Umumiy maydoni 20 gektarni tashkil etadi.Atrofida 3000 ta rabot bo‘lganligi yozma manbalar asosida isbotlangan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu shaharni qadimgi Xitoy tarixchilari «Pati-yan», arab tarixchilari At-Tabariy, Ibn al-Xordadbeh va Ibn Faqihlar «Madina at-tujjor»- savdogarlar shahri, Muhammad Narshaxiy «Shahristoni roin»-Bronza shahristoni yoxud «mis shahar» deya ta’riflaganlar. O‘rta asr yozma manbalarida esa shahar Boykand, xitoy solnomalarida Bi nomlari bilan yuritilgan. Uning nomlari «Quyi shahar» ma’nosini anglatadi. Poykent mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olinganligi sababli «jezdan qurilgan shahriston» (jez shahar) nomi bilan ham shuhrat topgan.

Paykendni, umuman shahar sifatida yo’q bo’lishi XI asrga to’g’ri keladi. Sabab, Buxorodan Zarafshonning yuqori qismida, Samarqand taraflarda odamlar ko’payib, suv ko’p ishlatilganidan keyin Buxoro vohasida suv kamayib borga-da, eng paski qismida birinchi bo’lib suv tanqisligi natijasida odamlar asta-sekin shaharni tashlab ko’chib ketishgan. Uylar keyin buzilib ketib, vayronaga aylangan”, -deb hisoblaydi Jamoliddin Mirzaahmedov.

Paykend ekspeditsiyasi rossiyaliklarning iqtisodiy homiyligi tufayli amalga oshgani bildiriladi. Arxeologlar nazarida “Osiyo Pompeyi” deb ataluvchi qumlar ostidagi shahar bag’rida hali ochilmagan sir-asrorlar ko’p.

Poykent rasmlari

Poykent qadimgi shahar topilmasi

Buxorodagi Bayonqulixon maqbarasi

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x