Bolalardagi norozilik hissi
- Аgarda yosh bolalarga ahamiyat qaratadigan boʼlsangiz, ularda allaqachon xarakter, temperament xususiyatlari shakllanib boʼlgan boʼladi. Bu esa, har bir bolaga uning feʼl-atvor xususiyatlaridan kelib muomala qilish zarur degani.
- Аksariyat holatlarda ota-onalar bolalardagi injiqlik, asabiylik kabi masalalar yuzasidan murojaat qilishadi. Аslida esa ana shu injiqliklar ostida bolalar nima demoqchi boʼlayotganliklarini oʼylab koʼrishmaydi.
- Siz bolangizning goʼdaklik davrini eslab koʼrsangiz, u sizga ehtiyojlarini asosan yigʼi orqali namoyon qilgan va siz qoʼldan kelgancha imkoniyatlaringizni ishga solib, uni tinchlantirishga uringansiz.
- Endi esa uning yoshi singari istaklari ham ortib borayotganini inobatga olishingiz kerak.
- Bolalarda norozilikning paydo boʼlish sabablariga:
- Eʼtiborning yetishmasligi;
Oʼz istaklarini aytishga qoʼrqish;
Sogʼligʼi bezovta qilayotgan boʼlishi;
Siz uni oʼzi xohlaganidek tushunmayotgan boʼlishingiz;
Ragʼbatlantirishdan koʼra jazolashga urinayotganligingiz;
Yoshga oid xususiyatlarini inobatga olmayotganligingiz;
Oʼta qattiqqoʼllik;
Oʼzi istagan narsalardan cheklayotganligingiz misol boʼlishi mumkin. - Аvvalo bolangizda oʼjarlik, norozilik singari xususiyatlar koʼzga tashlansa, darhol uni “Erkalanib ketayapti” deyishga shoshilmang. Baʼzan kattalar ham oʼz xohish-ehtiyojlarini oshkora etmasdan turli yoʼllar bilan namoyon etishadi. Shunday ekan, bunday holatlarda boladan oʼpkalamasdan, u bilan sirlashishga, buning uchun esa u bilan tengdoshi singari muloqotga kirishishga urinishingiz kerak.
Tavsiya etamiz : Bolani erkalatish yaxshimi, yomonmi