Bitlar odam qonini so‘rish bilan yashaydigan parazitlardir. Ularning oshqozoni faqatgina qonni hazm qilishga moslashgan. Bitlash tibbiyotda pedikulyoz deb ataladi. Bitlarning uch turi mavjud: bosh, kiyim-kechak va qov. Ma’lumki, ushbu parazitlar boshning soch bilan qoplangan qis­mini o‘zlariga makon qilib oladi. Ayniqsa, boshning chakka qis­mi va quloq orqasi ular uchun qulay muhit sanaladi. Ba’zida esa qosh, kiprik va hatto soch-soqolda ham ko‘­payishi mumkin. Bitlar soni haddan ziyod ko‘payganda ular butun tana bo‘ylab tarqalib ketadi.

pedikulyoz

Bit qanday yuqadi?

Pedikulyoz epidemiyasi har qanday ijtimoiy halokat, urushlar, ommaviy ko‘chishlar paytida, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Bitlar iflos muhitni yaxshi ko‘radi.

Tozalikka rioya qiladigan orasta kishilarda bit bo‘lmaydi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Bitlar toza bosh sohibini yengilgina topadi. Aytaylik, tiqilinch jamoat transportida ketayapsiz. Yoningizda boshida bitlar uya qo‘ygan odam turibdi. U bir martagina boshini silkitsa bo‘lgani, bir-ikki juft parazitlarini sizga tashlab yuborishi mumkin. Bundan tashqari, bitlar hammom, sartaroshxona, do‘kon, bozorda, xullas, odamlar bir-biri bilan yaqin muloqotda bo‘ladigan joylarda ham kishidan kishiga yuqishi mumkin. Ta­roq, mochalkava bosh kiyimlari orqali yuqi­shi ehtimoli juda katta. Ayniqsa, bolalar bog‘chalarida pe­dikulyoz tarqalishining olidi­ni olish mush­­kul.

Bitlarni boshdan qoqib tushirish oson emas. Urg‘ochi bit xalq tilida sirka deb ataladigan yopishqoqsimon tuxumlarni qo‘yadi. Bu tuxumlar soch tolalariga mahkam o‘rnashib oladi. Atigi 1-1,5 oy yashaydigan bit bu vaqt davomida 150 tagacha tuxum qo‘yish xususiyatiga ega.

Bitlar havo qarorati 38-39 darajadan oshgan muhitda o‘zlarini noqulay his etadi. Bunday sharoitda ular nobud bo‘ladi.

Bosh bitlari ochlikka chiday olmaydi: bir marta so‘rib olingan qon unga 24 soatga yetadi, xolos.

Kiyim-kechak va qov bitlari

Kiyim-kechak bitlari juda «ayyor» bo‘ladi. Ularni osongina payqashning iloji yo‘q. Tanadan yetarlicha qonni so‘rib olgan bit kiyim-kechaklar choklarida (ayniqsa, ichki kiyimlarda) qo‘nim topadi.Tozalikka rioya qilmaydigan odamlar bunday bitlarga yo‘liqishadi.

Foydali maslahatlar

  • O‘g‘il bolalarning sochini iloji boricha kaltaroq kestiring (yaxshisi, taqir qilib oldiring). Qiz bolalarda bu masala biroz mushkulroq.
  • Pedikulyozga qarshi preparat sotib oling yoki uni o‘zingiz tayyorlab, muolaja kursini to‘liq oling. Faqat esingizda bo‘lsin: aksariyat preparatlar asosan katta urg‘ochi bit (sirka)larni o‘ldiradi. Shuning uchun sirka (soch ildiziga yopishib olgan lichinka)larni, yaxshisi, mayda taroq bilan tozalab tushiring.
  • Bolalarning bosh kiyimlarini tez-tez qaynatib, issiq dazmol bilan dazmollab turing.
  • Bolaga gigiyenaning eng oddiy qoidalari haqida gapirib bering. Masalan, begona buyumlar (bosh kiyim, libos, sochiq, mochalka, soch to‘g‘­nog‘ichi, taroq, yos­tiq, choyshab, adyol)dan foydalanish yoki o‘zining shaxsiy buyumlarini do‘stlariga berish mumkin emasligini tushuntiring.
  • Haftada bir marta farzandingizning boshi, ensasi, quloqlarining orqasini ko‘z­­dan kechiring. Chunki parazitlar bu joylarni xush ko‘radi. Bolaning boshini tinimsiz qashlay boshlashi bitlashning birinchi alomati bo‘lishi mumkin.
  • Mabodo maktab yoki bog‘chadagi birorta bolada pedikulyoz holati aniqlansa, diqqat-e’tiboringizni ikki baravar ku­chaytiring.

Bolalarda bosh bitlashi. Bit odamsiz atigi bir kun yashay oladi. Egasini yo‘qotib qo‘ygan bit shu zahoti yangisini qidirishga tushadi. Bu parazitlar juda harakatchan bo‘lishadi: bir daqiqada urg‘ochi bit 20 sm, bir soatda esa 12 m masofani bosib o‘tishi mumkin.