Bosh sahifa » Salomatlik » Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

by nafisa nafisa

Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

  1.  Bolaning oʼsish rivojlanishini tezlashtiradi.
  2.  Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.
  3. Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda ogʼriq va dam boʼlishi kamayadi.
  4.  Butun tana boʼylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi koʼpayadi.
  5.  Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab boʼladi.

Massaj, ya’ni uqalash – inson tanasini davolash va kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan fizioterapiya usullaridan biri.

Massaj ta’siri tana mexanizmida uchta omilni o‘z ichiga oladi:

  • nero-reflektor;
  • gumoral;
  • mexanik.

massajning foydali jihatlari.Аsab tizimi massajning insonga fiziologik ta’sirida asosiy rolni o‘ynaydi. Teri va yumshoq to‘qimalarda nerv tomirlarining oxiri, retseptorlari joylashgan. Uqalash esa retseptorlarni faollashtiradi. Paydo bo‘lgan impuls nerv tomirlari orqali markaziy nerv sistemasiga boradi va miya barcha to‘qimalarga yangi sog‘lomlashtiruvchi impuls jo‘natadi. Natijada to‘qimalarda paydo bo‘lgan faol moddalar reflektor jarayoni va bioximik reaksiyani ishga soladi.

 

Teri va teri osti yog‘ qatlami

Uqalash paytida teri o‘lik hujayralardan tozalanadi. Ter va yog‘ bezlarining kanallari ochilib, ishlashi yaxshilanadi. Mayda tomirlar kengayadi, qon aylanishi, metabolizm yaxshilanadi. Natijada tana ortiqcha zahardan tozalanadi va yog‘ qatlami kamayadi.

Bo‘g‘im va mushaklar

Uqalash ta’sirida mushak tolalari elastikligi va qisqarish qobiliyati oshadi, mushak atrofiyasi pasayadi. Qon aylanishi yaxshilanadi, mushak charchog‘ini ketkazadi. Uqalash mushak charchog‘ini ketkazishda dam olgandan ko‘ra ko‘proq foyda beradi. Bo‘g‘im va mushaklarni uqalash orqali og‘riq, chegaralangan harakat yo‘qoladi.

Аsab tizimi

Аsab tizimi massajni birinchilardan bo‘lib sezadi. Massajning turlariga qarab asabiy holatni kamaytirish, asabiy charchoqni ketkazib, faollashtirish, refleks reaksiyasini yaxshilash mumkin. Bu asab tizimiga xotirjamlik, osoyishtalik beradi.

Qon aylanish va limfa tizimlari

Uqalash ta’sirida qon tomirlari kengayadi, qon oqimi oshadi, a’zo va to‘qimalar oziqlanishi va kislorodga to‘yinishi yaxshilanadi. Limfa oqimlarining yaxshilanishi jarohat ta’sirida paydo bo‘lgan shishlarni kamaytiradi.

Massaj amalga oshirilishi kerak bo‘lgan sharoit

Massajni havo harorati 22-24 daraja, nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lmagan, toza, keng, yorug‘ va yaxshi havo aylanadigan xonada bajarish kerak. Yengil ovqatlanishdan 1-2 soat o‘tib, ichak bo‘shatilgandan keyin massaj olgan ma’qul. Uqalashdan keyin 15-30 daqiqa dam olish maqsadga muvofiq.

Qarshi ko‘rsatmalar

Tana haroratining yuqoriligi, o‘tkir ichak kasalliklari, turli teri kasalliklari, o‘tkir infeksion kasalliklar, varikoz kengayishi, qon kasalligi, yurak o‘tkir infarkti kabi hollarda massaj tavsiya etilmaydi.

tavsiya etamiz : Tongda ogʼizda achchiq taʼm paydo boʼlishi nimaning alomati?

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x