Bosh sahifa » Maqol » Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

by administrator

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

Ahdi borning baxti bor.

Beburdga behisht yo’q,
Qaytib kelsa do’zax ham.

Bedananing uyi yo’q,
Qayga borsa «bitbildiq».

Boylik — bir oylik.

Bor bo’lsang, «yo’qman» dema,
Yo’q bo’lsang, «to’qman» dema.

Bu eshak — o’sha eshak,
To’qimi boshqa eshak.

Daraxt bir joyda ko’karar.

Dunyo yig’ib netarsan,
Bir kun tashlab ketarsan.

Tavsiya etamiz :

Qadr-qimmat va qadrsizlik haqida maqollar
Muhabbat va bevafolik haqida maqollar
Oila va qo’shnichilik haqida maqollar

 

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar.

Dunyo moli dunyoda qolar.

Yechingan suvdan qaytmas,
Kezangan yovdan qaytmas.

Yov qo’liga tushsang ham, siring aytma.

Joyidan qo’zg’algan daraxt kech ayj olar.

Ikki ko’chgan — bir talangan.

Kaptar bo’lib tug’ilsang, qarg’a bo’lib o’lma.

Ko’ngil kirin yetti daryoda yuvsa ham ketmas.

Lov yongan o’t tez o’char.

Lovullaki ot ko’tarar,
Pismiqi dim o’tirar.

Oltin chirimas,
Da’vo qarimas.

Pishgan loyning chinnisi toza.

Ruhi so’lg’inning ishi so’lg’in,
Ruhi tetikning ishi tetik.

Saxiy berganini aytmas,
Er aytganidan qaytmas.

Suvni ming qaynatsa ham quyulmas.

Suyak sinsa, et qolar,
Jasad chirisa, ot qolar.

Tagi qora qoraligicha qolar.

Tez kirishgan tez qaytar.

Temiming bir boshi issiq, bir boshi sovuq.

Topganing — boyliging,
Boyligingmas, oyhging.

Tubdan aql bo’lmasa,
Turtgan aql ne qilsin.

Tursang so’zingda, hurmat o’zingda.

Ulug’ kishi va’dasida yolg’on yo’q.

Chinor chirimas, archa qurimas.

Ellik yilda el o’zgarar.

Er aytmas, aytsa qaytmas.

Er yigitning aytgani — miltiqdan o’q otgani.

Er tuqqan yeriga,
It to’ygan yeriga.

Erning so’zi bitta.

Et yaxshisi qartadir.
Oxir asliga tortadir.

Yugurukdan yuguruk tug’ilar,
Suluvdan — suluv.

Yarab turar, deb torn solma,
Yarab turar, deb xotin olma.

Yaxshi odam qarisa ham so’zi aynimas,
Yaxshi ot qarisa ham, yurishi aynimas.

O’zbek o’z bilganidan qolmas.

O’rlashgan jonini bermas.

O’sma ketar, qosh qolar,
Begona ketar, o’z qolar.

O’t ko’rgan loy uvoqlanmas.

Qazisan, qartasan,
Asl zotingga tortasan.

Qarib quyulmagan, achib suyulmas.

Qatiq to’kilsa, yuqi qolar,
Ayron to’kilsa, nesi qolar.

Qizning puli — qorning suvi.

Qozon qorasi ketar,
Dil yarasi ketmas.

Qozon qorasi ketar,
Yurak qorasi ketmas.

Qoradan ortiq bo’yoq bo’lmas.

Qorani yuvgan bilan oq bo’lmas.

Quyosh qoraymas, oltin zanglamas.

Qunti yo’q qo’ra qurolmas.

Tavsiya etamiz :

Qarindosh-urug’chilik va begonalik haqida maqollar
Farzand va farzandsizlik haqida maqollar
Tajribakorlik va kaltabinlik haqida maqollar

Qo’nimi yo’qning unumi yo’q.

Qo’nimsiz, qo’nimsizning ishi unumsiz.

Har ishning ketiga tushgan
Qo’liga olmay qolmas.

Har sadafdan dur chiqmas.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x