Bosh sahifa » Arboblar » Azim Suyun hayoti va ijodi. Biografiyasi. She’rlar to’plami

Azim Suyun hayoti va ijodi. Biografiyasi. She’rlar to’plami

by administrator

Azim Suyun hayoti va ijodi. Biografiyasi. She’rlar to’plami

azim suyun hayoti va ijodi

Azim Suyun hayoti va ijodi

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog‘lari etagiga joylashgan Quduqcha qishloqida tug‘ilgan. Nakurt qishlog‘ida Suyun bobosi tarbiyasida o‘sib, ulg‘aydi. Uning otasi Olim savodxon bo‘lganiga qaramay, «quloq»ning o‘g’li bo‘lgani uchun qo‘liga cho‘ponlik tayog‘ini olishga majbur bo‘lgan. Yosh Azim cho‘pon otasi ketida yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Shu narsa bo‘lg‘usi shoirning shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan.

TAVSIYA ETAMIZ : AZIM SUYUN SHE’RLAR TO’PLAMI 1>>

BOSHQA SHE’RLARI : AZIM SUYUN SHE’RLAR TO’PLAMI 2>>

«… Keyin askar bo‘ldim, – deb yozadi u o‘z tarjimai holida, – Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini bitirdim. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Xalq so‘zi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalarida xizmat qildim. Ayni paytda «Guliston» jurnalining bosh muharririman.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi noibi bo‘ldim. Peshonamni Mustaqillik yorug‘ qilgan shoirman! Jahon Madaniyat va san’at akademiyasi a’zosiman.
She’rlarim, she’riy turkumlarim turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa tillarda chop etilgan. Shu paytgacha o’zbek tilida nashr etilgan to’plamlarim:

To’plamlari

1. «Mening osmonim» – 1978.
2. «Zarb» – 1979.
3. «Zamin taqdiri» – 1981.
4. «Xayolot» – 1984.
5. «Ziyo yo‘li» – 1986.
6. «Jazo» – 1987.
7. «Olis tonglar» – 1989.
8. «Kuyganim – suyganim» – 1994.
9. «Qora ko‘zing sening» – 1994.
10. «Sarbadorlar» – 1994.

TAVSIYA ETAMIZ : AZIM SUYUN SHE’RLAR TO’PLAMI >>

BOSHQA SHE’RLARI : AZIM SUYUN SHE’RLAR TO’PLAMI 2>>

Kitoblari va dostonlari

Shuningdek, 1992 yil Turkiya Yozuvchilar birligining diplomi bilan ham takdirlanganman».
So’nggi yillarda Azim Suyunning «Saylanma» (1995) kitobi chop etildi. Unga turli davrda yaratilgan eng yaxshi she’rlari va «Sarbadorlar» dostoni kiritilgan.
«Saylanma» bilan tanishar ekanmiz, unda zamon va zamondoshlar, tengdoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar taqdiri, orzu-intilishlari hayot ҳaqiqati darajasida ifodalanganligiga to‘la ishonamiz.

Shoirning 1999 yili «Sharq» nashriyotida chop etilgan «O‘zlik» kitobidan turli yillarda yozilgan maqolalar, suhbatlar, she’rlar, hikoyalar va tarjimalar o‘rin olgan.
Shoirning yaqinda nashr etilgan «Ey do‘st» nomli kitobi besh yuzta besh satrli she’rlardan tarkib topgan.

TAVSIYA ETAMIZ : AZIM SUYUN SHE’RLAR TO’PLAMI >>

BOSHQA SHE’RLARI : AZIM SUYUN SHE’RLAR TO’PLAMI 2>>

Boshqa arboblar >>

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x