Amir Sobir Termiziy hayoti va ijodi. Gโazallari va ijodi haqida
Shahobiddin Sobir ibn Ismoil Termiziy 1078 yili Termiz shahrida tavallud topgan. Keng va chuqur bilimi tufayli Termizda rasadxona bunyod etgan hokim Abulqosim Ali ibn Jaโfarning nazariga tushib, mazkur ilm dargohida faoliyat koโrsatadi va isteโdodli olim sifatida shuhrat qozonadi. Sheโrlaridan birida Sobirning oโzi ham astronomiya va matematikada hech kim uning oldiga tusholmasligini eโtirof etgan edi.
Lekin johil ulamolar tomonidan rasadxona vayron qilinib, olimlar har yoqqa tarqalib ketadilar. Abulqosim Ali hibs etiladi. Adib Sobirni ham shialikda ayblab, taโqib qiladilar, hatto qisqa fursat u qamoq azobini ham chekadi. Bir necha muddatdan soโng xalos topgan Abulqosim Ali Adib Sobirni ham oโzi bilan Nishopurga olib ketadi.
TAVSIYA ETAMIZ : AMIR SOBIR TERMIZIY GโAZALLARIย
Amir Sobir Termiziy xizmati
Adib Sobirning shundan keyingi hayoti hukmdorlar saroyi bilan bogโliq. U dastlab Xuroson raisi nomi bilan mashhur Abulqosim Ali darborida xizmat qiladi. Bu yerda u amal va shon-shuhratning choโqqisiga koโtariladi. Lekin tuhmatga uchrab, saroydan chetlatiladi โ togโli Badaxshonning Rovan nomli mavzesiga surgun etiladi. Soโng u haj bahonasida Arabistonning qator shaharlarini aylanib chiqadi. Safardan qaytgach, yana Abulqosim Ali saroyiga yoโl topadi. Koโp oโtmay, Sulton Sanjar saroyiga daโvat qilinadi.
Adib Sobir Sulton Sanjar saroyining yetakchi shoiri boโlish bilan birga, saljuqiylar saltanatining siyosiy hayotida ham faol ishtirok etgan. Davlatshoh Samarqandiy: โSobir Sulton Sanjar va uning arkoni davlati oldida aziz va muhtaram ediโ, โ deb yozadi. 1143 yili Sulton Sanjar oโz saltanatiga qarshi kayfiyatda boโlgan xorazmshoh Muhammad Otsizning xatti-harakatlaridan xabardor boโlib turish uchun uni Xorazmga elchi qilib yuboradi. Elchi-shoir bu ikki hukmdorning oโzaro munosabatlarini yaxshilash, ular oโrtasida tinchlik-totuvlikni saqlashda muhim rol oโynagan. Lekin xorazmshohning xoinona rejalariga xalaqit bergani uchun 1147 yili u josuslikda ayblanib, Amudaryoga choโktirilgan.
Adib Sobir ulkan devon sohibi boโlsa-da, u bizgacha toโla yetib kelmagan. Hozirgacha shoir asarlarini oโz ichiga olgan 4 ta devon maโlum โ ular Angliyadagi India Offis kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Ozarbayjon FA qoโlyozmalar fondi va Tojikiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
TAVSIYA ETAMIZ : AMIR SOBIR TERMIZIY GโAZALLARIย
Ijodi
Taniqli adabiyotshunos olim Ahmad Abdulloyev tomonidan tayyorlanib, Eronning โAl-hudoโ xalqaro nashriyotida bosilib chiqqan Adib Sobir Termiziy devoni oโzining matniy mukammalligi bilan alohida ahamiyatga ega. U shoirning hozirgacha aniqlangan 126 qasida, 7 tarkibband, 67 gโazal, 162 qitโa, 88 ruboiy โ jami 7045 baytdan iborat abadiy merosini oโz ichiga oladi.