Agata Kristi hayoti va ijodi
Agata Kristi (1891.15.9, Torki, Angliya — 1976) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janri ustasi. 85 roman, 20 pesa va ko‘plab hikoyalar muallifi.
Agata Kristi asarlari
Agata Kristi eng yaxshi asarlarida («Puaro tergov qiladi», 1924; «Kaminlar siri», 1925; «Rojer Ekroydning katl etilishi», 1926; «N yoki M?» 1941; «Qopqon», 1954; «Ayblov guvoxi», 1954 va b.) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuyg‘usi va sezgirligi tufayli ochiladi.
Agata Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan. Agata Kristi hayoti va ijodi qiziq bo’lsa ushbu maqolani o’qib chiqing.
Asarlari va hikoyalari
- Agata Kristi. Bulbul oshyoni (hikoya)
- Agata Kristi. Tikuvchining xatosi (hikoya)
- Agata Kristi. Tilsimli shaxmat (hikoya)
- Agata Kristi. Ustasi farang o‘g‘rilar (hikoya)
- Agata Kristi. Shohida (hikoya)
Agata Kristi — Detektiv janrining qirolichasi (Maqola)
Shaxsiy turmushda u qadar baxtli bo‘la olmagan Agataning ijodi adabiyot va ayniqsa, detektiv janri shaydolari uchun bitmas-tuganmas xazinaning o‘zginasi. Keling, «Detektiv janrining qirolichasi” nomiga sazovor bo‘lgan Agata Kristi hayoti bilan bog‘liq bir qancha qiziqarli jihatlarga yuzlanamiz.
Agata Kristidan so‘rashibdi: “Nega hajm jihatidan teng bo‘lgan, voqealari ham o‘xshash bo‘lgan ikki romaningiz turli xil miqdorda sotilmoqda?”. Aqlli Kristi: “Chunki ulardan biridagi qotilliklar soni ikkinchi kitobdagi qotilliklar sonidan ikkitaga ko‘proq!” — deb javob bergan ekan;
Agata Kristining “Qopqon” pesasi haligacha teatrlarda qiziqish bilan kutib olinadi. Pesa endigina sahnada qo‘yila boshlagan vaqtlarda shunday odat bo‘lgan: Spektakl tugagach, bir inson sahnaga chiqib, tomoshabinlarga kelganligi uchun minnatdorchilik bildirgan. So‘ngra … qotil aslida kim ekanligi haqida boshqalarga (hali asarni tomosha qilmaganlarga) gapirmasliklarini qattiq iltimos qilishgan;
Agata Kristining “Marhum Missis Makginti” asarida Erkyul Puaro chekka va xaroba bir qishloqqa borib, haqiqiy qotilni topadi. 1964 yilda bu asar asosida film suratga olinadi. Film ijodkorlari bir jihatga diqqat qilishadi. Doimo o‘ziga qarab yuruvchi, kibor, noziktabiat Puaroning xarobalar orasida yurishi notabiiy holatday tuyuladi. Shunda ular ajoyib yo‘l topishadi: Puaroning o‘rnini Kristining boshqa bir qahramoni — oddiylikni xush ko‘ruvchi Miss Marpl egallaydi;