Bosh sahifa » Arboblar » Abdulla Qahhor hikoyalari haqida. Abdulla Qahhor ijodi

Abdulla Qahhor hikoyalari haqida. Abdulla Qahhor ijodi

by administrator

 

Abdulla-Qahhor-hikoyalari-haqida

Abdulla Qahhor hikoyalari

Abdulla Qahhor haqida boshqa ma’lumotlar >>>
Abdulla Qahhor Anor hikoyasi >>
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida >>

Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor «Xotinlar», «Asror bobo», «Ming bir jon», «Mahalla» hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o‘rinli foydalangan.

«O’g‘ri» hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» – kabi misralar shu hikoyadan olingan. «O’g‘ri» hikoyasida «Begim deguncha belim sinadi», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz», «Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi», «O’ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan» kabi maqollar qo‘llangan.

Abdulla Qahhor haqida boshqa ma’lumotlar >>>
Abdulla Qahhor Anor hikoyasi >>
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida >>

«Bemor» hikoyasida qattiq og‘rib, vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batamom ojiz, qo‘li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to‘ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi «begunoh go‘dak» – qizcha holati bayon etilgan. Ona esa har qanday vaziyatda ham o‘z bolasini o‘ylaydi. Bu hikoyaga «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli epigraf qilib olingan.

«Dahshat» hikoyasida Unsinning «O’g‘ri» dagi Qobil bobo, «Anor» dagi Turobjon, «Bemor» dagi Sotiboldidan farqi shuki, u o‘z salaflariga o‘xshab mute’lik asirasi va jaholat qurboni bo‘lib yashashni istamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga – o‘z uyiga ketmoqchi bo‘ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim bir voqeani aytib berayotganda «- Bola edim. Raxmatli dadam gap yer edilar. Bir mexmonxona yigit.. . Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Xozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning go‘riga pichoq sanchib keladi?» – degan gap bo‘libdi» – deydi. Unsin Dodxo bergan topshiriqni bajaraman deb borganda o‘tinni unutadi va hikoya so‘ngida qo‘rqinchdan jon beradi.

«Ming bir jon» hikoyasi 1956 yilda yozilgan. Asar qahramonlari quyidagilar: jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib olgan, «bu xotinning joni bitta emas, ming bitta» degan Mirrahimov, sakkiz oydan beri palatadan chiqmay yotgan, o‘n yildan beri xasta ayol Mastura Alieva, Masturaning eri Akromjon, Hoji aka.

«Asror bobo» hikoyasida Usta Mo‘min kitob ko‘rib, Asrorqulning o‘g‘liga qochoq bo‘lib yurgan kunlardan yodgor bo‘lsin deb, «Yodgor» ismini qo‘yadi. Hikoyada «Soxta tabassum» birikmasi salbiy emas, balki qahramonning matonati, irodasi, bardoshi belgisi bo‘lib yuzaga chiqqan. Hikoya qahramoni Asror bobo Nikolay davrida tegirmonchi bo‘lgan.

«Mayiz yemagan xotin» hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi o‘zgarishlarni ko‘rolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha – barchaga gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan g‘iybat gaplarni tarqatishdan or qilmaydigan mulla Norqo‘zining hajviy qiyofasini yarattan.

«Sinchalak» qissasi haqida

Bu qissa 1958 yilda yozilgan, 1959 yilda alohida kitob holida nashr etilgan. Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: «Xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasi uchini yo‘qotib qo‘yadigan», «toshqin suv: tegirmonni buzishi ham, yurgizishi ham mumkin» bo‘lgan Arslonbek Qalandarov, «Ishlab chiqarishda, jamoat ishida erkaklardan qolishmagan holda yana bola tug‘ib o‘stiradigan ayollarga jamiyat va davlat alohida g‘amxo‘rlik qilishi kerak, degan gapni hali ko‘p odamlar yaxshi tushunib yetgan emas» deb hisoblovchi Saida Alieva, «gapga kelganda burganing yo‘talidan bo‘ron qo‘porishga qodir» bo‘lgan Eshon va boshq.

«Sarob» romani haqida

Bu asar 1934 yilda yozilgan bo‘lib, adib unda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi «millatchilar» deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o‘z g‘oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga goz tutishi jarayonini badiiy gavdalantargan. Asarda bosh qahramon – Rahimjon Saidiy, Uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo‘ja singari obrazlar orqali sho‘rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlarni badiiy gavdalantirgan. Saidiylar yo‘li halokatli yo‘ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro‘yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarilgan.

Asar qahramonlari quyidagilar: Saidiy, Munisxon (o‘zigi-o‘zi otib o‘ldirgan), Murodxo‘ja domla, Soraxon va boshq.

Abdulla Qahhor haqida boshqa ma’lumotlar >>>
Abdulla Qahhor hikoyalari to’plami>>
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida >>

Manba .
Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x