Bosh sahifa ยป Topishmoq ยป Abdulla Qahhor hikoyalari va qissalar to’plami

Abdulla Qahhor hikoyalari va qissalar to’plami

by administrator

Abdulla Qahhor hikoyalari

Abdulla Qahhor hikoyalari

ANOR HIKOYASI

Abdulla Qahhor tarjimai holi haqida >>>
Abdulla Qahhor haqida boshqa maโ€™lumotlar >>>
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida >>
Dahshat hikoyasi >>

Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Joสปxori tuyayotgan xotini uning qoสปlidagi tugunchani koสปrib, kelisopni kelining ustiga qoสปya chopdi. Keli lapanglab agสปanadi, chala tuyilgan joสปxori yerga toสปkildi.

Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi:

โ€“ Akajon, degin!

โ€“ Akajon! Jo-on aka!..

โ€“ Nima berasan?

โ€“ Umrimning yarmini beraman!..

Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning oสปzida, eshik oldida oสปtirib tugunchani ochdi-da, birdan boสปshashib ketdi va sekin boshini koสปtarib eriga qaradi. Oสปz qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning koสปzini jiqqa yosh koสปrib:

โ€“ Nima ekanini bildingmi? โ€“ dedi. โ€“ Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas โ€“ shimsa ham boสปladi, chaynasa ham boสปladi.

Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi.

โ€“ Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya! โ€“ dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab. โ€“ Mana, chaynab koสปr! Koสปrgin, boสปlmasa innaykeyin deginโ€ฆ

Turobjon qizardi. U bir zamon betob oสปrtogสปini yoสปqlab eltgan tarvuzini, bemaza chiqqan boสปlsa kerak, sigirning oxurida koสปrib shunday xijolat boสปlgan edi.

Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk toสปkilgan joสปxorini iskab koสปrdi, maสผqul boสปlmadi shekilli, Turobjonga qarab shikoyatomuz โ€œmyauโ€ dedi.

โ€“ Tur, joสปxoringga qara! Uni koสปr, mushuk tegdi.

Xotin turayotib baralla yigสปlab yubordi.

โ€“ Bu yer yutkur qanday balo ekan!.. Odamlarday gulutaga, tuzga, kesakka boshqorongสปi boสปlsam-chi!

Turobjon doสปppisini boshidan oldi va qoqmoqchi boสปlganida koสปzi yirtiq yengiga tushdi, yuragi achidi: endi uch-toสปrt suv yuvilgan yangigina yaktak edi!

โ€“ Axir, boshqorongสปi boสปl, evida boสปl-da! โ€“ dedi doสปppisini qoqmasdan boshiga kiyib. โ€“ Anor, anorโ€ฆ Bir qadoq anor falon pul boสปlsa! Saharimardondan suv tashib, oสปtin yorib, oสปt yoqib bir oyda oladiganim oสปn sakkiz tanga pul. Akam boสปlmasa, ukam boสปlmasaโ€ฆ

Er-xotin tek qolishdi. Xotin joสปxorini tuyib boสปldi, uni kelidan togorachaga solayotib toสปngสปilladi:

โ€“ Havasga anor yeydi deysiz, shekilliโ€ฆ

โ€“ Bilamanโ€ฆ Axir, nima qilay? Xoสปjayinimni oสปldirib pulini olaymi, oสปzimni hindiga garov qoสปyaymi? Gสปalatimisan oสปzing?

Xotin ovqatga unnadi, erining โ€œboshqorongสปi boสปl, evida boสปl-daโ€, degani unga juda alam qildi, xoสปrligi keldi, oสปpkasi toสปldi.

Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan goสปjaga qatiq ham rang kirgizolmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi. Uning imillashini koสปrib Turobjonning koสปziga negadir oqsoq mushuk koสปrindi. Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi, avzoyi buzildi. Uning avzoyidan โ€œEsiz joสปxori, qatiq, oสปtinโ€ degan maสผnoni anglab xotin, koสปngli tortmasligiga qaramasdan, kosani boสปshatdi, ammo darhol tom orqasiga oสปtib koสปzlari qizargan, chakka tomirlari chiqqan holda qaytdi.

โ€“ Hali tugสปilmagan bolani yer yutkur deding-a, โ€“ dedi Turobjon borgan sayin tutaqib.

Xotin indamay dasturxonni yigสปishtirib oldi, qozonga suv quyayotib, eshitilar-yeshitilmas dedi:

โ€“ Oสปsha asalning puliga anor ham berar edi.

โ€“ Berar edi! โ€“ dedi Turobjon zaharxanda qilib. โ€“ Anor olmay asal oldim!

โ€“ Albatta berar edi! Albatta anor olmay, asal olgansiz!

Mana shunday vaqtlarda til qotib ogสปizda aylanmay qoladi, mabodo aylansa, mushtning xizmatini qiladi.

โ€“ Ajab qildim, โ€“ dedi Turobjon titrab, โ€“ jigarlaring ezilib ketsin!

Bu soสปz unga qanday taสผsir qilganini faqat boshqorongสปi xotingina biladi. Turobjon bu gapni aytdi-yu, xotinining ahvolini koสปrib achchigสปidan tushdi, agar izzat-nafs qoสปysa hozir borib uning boshini silar va: โ€œQoสปy, xafa boสปlma, jahl ustida aytdimโ€, der edi.

โ€“ Kishining yuragini qon qilib yuborasan, โ€“ dedi anchadan keyin. โ€“ Nainki men asal olsam! Asal otliqqa yoสปq, hali biz piyoda-ku! Xoสปjayinga bir oshnasi sovgสปa qilib kelgan ekan, bildirmasdanโ€ฆ oสปzidan soสปrab ozrogสปini oldimโ€ฆ Oสปzi berdi. Tansiq narsa, xursand boสปlarmikansan debman. Yo tansiq emasmi? Umringda necha marta asal yegansan? Oสปzim umrimda bir marta yeganman: Shokirxoสปja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning joสปjasi tushib ketgandi, shu joสปjani yalaganmanโ€ฆ

Turobjonning bu soสปzlari xotinining qulogสปiga notayin bir gสปuldirash boสปlib kirar edi. Uning Turobjon bilan uy qilganiga uch yil boสปlib kelayotir, nazarida, bu odam shu uch yildan beri gสปuldirab kelgan, hozirgisi shuning davomiday edi. Ittifoqo, bu kun, nima boสปldi-yu, uch soสปzni ravshanroq aytdi: โ€œJigarlaring ezilib ketsinโ€, dedi. Olamda uning suyangani eri, birdan bir orzusi โ€“ anor edi, birdaniga har ikkisi ham yoสปqqa chiqdi.

Xotin uyga kirib ketdi. Anchadan keyin darchadan xira shuสผla tushdi. Turobjon ham kirdi. Xotin darcha yonida, bir tizzasiga boshini qoสปygan, qoramtir โ€“ kul-rang osmonga qarab oสปtirar edi. Turobjon tikka turib qoldi. Tokchadagi beshinchi chiroq pixillab yonar, uning atrofida katta bir parvona aylanar edi. Turobjon ham darcha yoniga oสปtirdi. Shiftning qayeridir โ€œqirsโ€ etdi, qayerdadir kaltakesak chirqilladi, Turobjonning qulogสปi jingสปilladi. U ham osmonga โ€“ xira yulduzlarga qaradi. Masjiddagi keksa baqaterak orqasidan koสปtarilgan qizgสปish oสปt koสปkka olovli iz qoldirib juda yuqoriladi va goสปyo osmonga urilganday chilparchin boสปlib, โ€œpoสปpโ€ etdi.

โ€“ Mushak, โ€“ dedi Turobjon, โ€“ Mullajon qozining bogสปida. Mullajon qozi beshik toสปyi qilgan.

Xotin indamadi.

โ€“ Shahardan toสปralar ham chiqqan, โ€“ dedi Turobjon yana.

Xotin yana indamadi. U Mullajon qozining bogสปini koสปrgan emas, ammo taสผrifini eshitgan. Bu bogสปni koสปz oldiga keltirib koสปrdi: bogสป emas, anorzorโ€ฆ Anor daraxtlarida anor shigสปil, choynakday-choynakday boสปlib boสปlib osilib yotipti.

โ€“ Bitta mushak uch miri, โ€“ dedi Turobjon, โ€“ yuzta mushak otilsaโ€ฆ bittangadan yuz tanga. Bir miridan kam โ€“ yetmish besh tanga boสปladi.

Er-xotin uzoq jim qolishdi. Turobjon ogสปzini katta ochib ham esnadi, ham uf tortdi.

โ€“ Ma, buni tik, โ€“ dedi u yaktagini yechib, โ€“ ma!

Xotin yaktakni olib yoniga qoสปydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi.

โ€“ Boสปl, โ€“ dedi Turobjon, birpasdan keyin, โ€“ olโ€ฆ Senga aytyapman!..

โ€“ Ha, muncha!.. Turtmasdap gapira beringโ€ฆ Tikib qoสปyarman, muncha qistovโ€ฆ

Turobjonning tepa sochi tikka boสปldi.

โ€“ Hay, sening dimogสป-firogสปing kimga! Xoสปsh, nima deysan?

โ€“ Men sizga bir narsa deyapmanmi? Tikib qoสปyarman.

โ€“ Har narsaga roสปzgสปor achchiq boสปla bersaโ€ฆ qiyinroq boสปlar, โ€“ dedi Turobjon yaktagini kiyayotib, โ€“ kambagสปalchilikโ€ฆ

โ€“ Kambagสปalchilik oสปlsin!

Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjop buni taสผna deb tushundi.

โ€“ Nima, men seni olganimda kambagสปalligimni yashirganmidim? Erkaboyga oสปxshab chimildiqqa birovning toสปni, kavush-mahsisini kiyib kirganmidim? Bunday armoning boสปlsa hali ham serpulroq odamga teg.

โ€“ Ikkita anor uchun xotiniigizni serpul odamga oshirgani uyaling!

Bu gap Turobjonning hamiyatiga tegdi. โ€œJigarlaring ezilib ketsinโ€ degani xotiniga qancha alam qilgan boสปlsa, bu gap Turobjonga shuncha alam qildi.

โ€“ E, hoy, anor olib bermadimmi? โ€“ dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo bu mayin tovushdan qoสปrqqulik edi, โ€“ sira anor olib kelmadimmi?

โ€“ Yoสปq! โ€“ dedi xotini birdan boshini burib.

Turobjonnipg boshi gสปovlab, koสปzi tindi.

โ€“ Oสปtgan bozor kuni yegan anoringni oสปynashing olib kelganmidi?!

โ€“ Oสปynashim olib kelgan edi!

Turobjon bilolmay qoldi: xotinining yelkasiga tepib, soสปngra oสปrnidan turdimi, yo turib keyin tepdimi; oสปzini obrezning oldida koสปrdi. Xotin, rangi oppoq, koสปzlarini katta-katta ochib unga vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar edi:

โ€“ Qoสปyingโ€ฆ Qoสปyingโ€ฆ

Turobjon uydan chiqib ketdi. Birpasdan keyin koสปcha eshigi ochilib-yopildi.

Xotin uzoq yigสปladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon boสปldi, oสปzini qargสปadi, oสปlim tiladi; yigสปidan tolib tashqariga chiqdi. Qorongสปi, uzoq-yaqinda itlar hurar edi.

Koสปcha eshigini ochib u yoq-bu yoqqa qaradi โ€“ jimjit. Guzar tomonda faqat bitta chiroq miltillar edi. Samovarlar yotgan. Qaytib uyga kirdi.

Tom orqasida xoสปroz qanot qoqib qichqirdi. Koสปcha eshigi ochildi. Xotin to burilib qaraguncha Turobjon katta bir tugunni orqalab kirib keldi. U tugunni uyning oสปrtasiga tashladi. Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga tushdi. Turobjon xotiniga qaradi. Uning rangini koสปrib xotin qoสปrqib ketdi โ€“ bu qadar oqargan! Turobjon oสปtirib peshonasini ushladi. Xotini yugurib oldiga keldi va yelkasiga qoสปlini qoสปydi.

โ€“ Qayoqqa bordingiz? โ€“ dedi entikib. โ€“ Nima qildingiz?

Turobjon javob bermadi. Uning vujudi titrar edi.

Abdulla Qahhor tarjimai holi haqida >>>
Abdulla Qahhor haqida boshqa maโ€™lumotlar >>>
Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida >>
Dahshat hikoyasi >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x