Oสปzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoสปshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoสปqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oสปrta maสผlumotni Qoสปqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, โQizil Oสปzbekistonโ gazetasida ishlaydi.
U Oสปrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi โSovet adabiyotiโ jurnalida masสผul kotib, Oสปzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954โ1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab โMushtumโ jurnalida, โYangi Fargสปonaโ gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi. Yozuvchining โOlam yasharadiโ nomli birinchi hikoyalar toสปplami 1935 yilda chop etilgan.
30-yillarda adibning uchta โHikoyalarโ toสปplami (1935,1938,1939) kitobxonlar qoสปliga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari โSarobโ (1935) romanini yozdi.
A.Qahhor haqida boshqa maโlumotlar >>>
Abdulla Qahhor Anor hikoyasi >>
Dahshat hikoyasi >>
Urush yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, ocherk va hikoyalari eสผlon qilindi. โAsror boboโ, โDardaqdan chiqqan qahramonโ, โKampirlar sim qoqdiโ, โXotinlarโ, โOltin yulduzโ kabi oสปnlab hikoya va qissalarida oสปzbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozliklari, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan โQoสปshchinor chiroqlariโ (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagสปishlangan.
U oสปzining โShohi soสปzanaโ (1951), โOgสปriq tishlarโ (1954), โTobutdan tovushโ (1962), โAyajonlarimโ (1967) komediyalari bilan oสปzbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qoสปshdi. Ayniqsa, โShohi soสปzanaโ pyesasida dramaturg qoสปriq va boสปz yerlarni oสปzlashtirish mavzuini zoสปr mahorat bilan yoritdi. Pyesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqqiyatli namoyish qilindi. Yozuvchining โSinchalakโ (1958), โOสปtmishdan ertaklarโ (1965), โMuhabbatโ (1968) qissalari oสปzbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa boสปlib qoสปshildi.
U โOสปtmishdan ertaklarโ qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boสปlgan. Oสปzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning โMening dorilfununlarimโ, N. V. Gogolning โRevizorโ, L. N. Tolstoyning โUrush va tinchlikโ romani (I, II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni oสปz ona tillarida oสปqishga muvaffaq boสปlganlar.
Oสปzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor mustaqillik yillarida oสปzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoสปshgan ulkan hissasi uchun โBuyuk xizmatlari uchunโ ordeni bilan mukofotlangan.
Hikoyalari haqida >>
U haqida boshqa maโlumotlar >>>
ย Anor hikoyasi >>
Dahshat hikoyasi >>
Abdulla Qahhor haqida boshqa maโlumotlar >>ย
Bu hikoyalar juda zor