Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Yusuf yasovulboshi madrasasi tarixi va rasmlari.

Yusuf yasovulboshi madrasasi tarixi va rasmlari.

by nafisa nafisa

Yusuf yasovulboshi madrasasi.

XX asr boshida xon saroyining kunchiqarida qurilgan Muhammad Yusuf yasovulboshi madrasasining boshqa madrasalardan farqi, uning vaqfnomasida ko‘rsatilgan maktabxonasi ham borligi bo‘lib, unga vaqf eri madrasa qurilishidan to‘rt yil oldin ajratilgan. Vaqfnoma shartida ko‘rsatilishicha, ishboshqaruvchilar qur’on suralariga va   shariat qoidalariga amal qilishlari, musulmon bolalarini qur’on o‘qitishga o‘rgatishlari kerak.

Ulardan uchtasi uchta maktab egasi va maktabdor-muallim bo‘lishlari lozim. Muallimlar bayram va dam olish kunlaridan boshqa vaqtda o‘qish qoidalariga qattiq rioya qilib, bolalarni o‘qitishi kerak.

Shuningdek vaqfnomada ko‘rsatilishicha, mutavalli qilib  vaqf beruvchi tayinlanadi. Uning vafotidan keyin avlodlaridan biri  Xivaq dorul saltanasining raisi va madrasa domlalarining uchdan birining  roziligi bilan saylanadi. Alohida ta’kidlanadiki, muallimlar o‘quvchilardan biron-bir narsa so‘rashlari aslo mumkin emas.

Madrasaning kirish eshigi ustidagi marmar toshga uning qurilish  tarixi bitilgan.
Bugungi kunda oshxona “Yasovulboshi” restorani bo‘lib  ishlayapti.

Yusuf yasovulboshi madrasasi tarixi va rasmlari.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x