Bosh sahifa » Abituriyentlar » Yuridik akademik litseylarga qabul boshlandi.

Yuridik akademik litseylarga qabul boshlandi.

Yuridik akademik litseylarga qabul.

Bugun, 20-iyundan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. ariza;
  2. shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
  3. 3.5×4.5 oʻlchamdagi rangli rasm (oq fonda).

Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Akademik litseyda oʻqishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan, quyidagi telefon raqamlar orqali oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

Murojaat uchun:

M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey +998 71 241-72-44;

Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;

Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.

Tavsiya etamiz: Akademik litseylarga litsey.edu.uz portali orqali qabul

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top