Qizingizning kontraktini to’lashga mablag’ingiz yo’qmi unda xotin-qizlarimiz uchun ajratilgan imtiyozli ta’lim kreditidan foydalaning.
Ta’lim krediti.
Prezidentning 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʼra, toʼlov-kontraktda oʼqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʼldi.
Kredit kimlarga beriladi?
Oʼzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʼrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʼquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
– Kunduzgi;
– Sirtqi;
– Kechki.
Masofaviy taʼlimga berilmaydi.
14 foizda berilar ekanku, nega foizsiz deyilyapti?
Toʼgʼri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Аmmo bu foiz qismini xotin-qizlar toʼlamaydi, davlat toʼlab beradi. Аniqrogʼi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʼarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʼlaydi xolos.
Toʼlash qachondan boshlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʼqish muddati tugagandan soʼng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʼtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʼm taʼlim krediti olinsa, oʼqishni tugatgandan soʼng, 6 oy oʼtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʼmdan toʼlab boriladi.
Talabalar turar joyiga ariza berish tartibi
Qanday hujjatlar kerak?
– bankka ariza;
– shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
– taʼlim muassasasi bilan toʼlov-kontrakt shartnomasi;
– talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʼlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʼyicha hujjat.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.