2022-2023 o‘quv yilining davlat OTMlarida barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari haqida batafsil.
To’lov kontrakt narxlari.
Oliy ta’lim vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida davlat OTMlarida barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, «superkontrakt» miqdorlari ham o‘zgarishsiz qoladi.
Vazirlikka ko‘ra, istisno tariqasida 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Ushbu yangilik talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda joriy etilgan.
Talabalarni ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir yillik o‘qitish qiymatlari miqdorlari quyidagicha:
Super kontrakt narxi va to’lash tartibi 2023-yil.
Talabalar turar joyiga ariza berish tartibi