Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xorazm – Matpanaboy madrasasi tarixi, rasmlari va hozirgi faoliyati haqida.

Xorazm – Matpanaboy madrasasi tarixi, rasmlari va hozirgi faoliyati haqida.

by nafisa nafisa

Matpanaboy madrasasi  – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1905). Xivalik boy Matpanoboy mablagʻiga qurilgan. Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Koʻchim qatnashgan.

Xorazm - Matpanaboy madrasasi tarixi, rasmlari va hozirgi faoliyati haqida.

Madrasa tarixi.

Madrasa Xivadagi Juma masjidining chap tarafida joylashgan. Mazkur madrasa 1905 yil Xivaning juda boy savdogarlardan biri Xudoybergan Hoji Qalandar Kochu tomonidan qurilgan. Inshoot sharqiy tarafda, madrasaga kirish qismi janubiy tarafdan.

Madrasa o‘z ichiga o‘quvchilar uchun o‘ndan ziyod hujra, darsxona va janubiy gumbaz ostida masjidni olgan. Matpanboy avlodi Turkmanistonning Toshauz nomli qismida istiqomat qilishadi.

2001 yil qadimiy xorazmliklarning muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto” yaralishining 2700 yilligi munosabati bilan madrasa binosi “Avesto” tarixi muzeyi o‘rnida ko‘rgazma uchun ochilgan.

Avesto nafaqat bebaho tarixiy mehnat, balki o‘z ichiga diniy qarashlar va ajdodlarimiz dunyoqarashi va noyob tarixiy manbaa bo‘lib, olimlar va jahon jamiyatlari tomonidan yuqori baholangan qadrli tarixiy yodgorlikdir. Shularni e’tiborga olgan holda xalqaro YuNESKO jamiyati 1999 yil Parijda bo‘lib o‘tgan o‘zining 30-sessiyasida “Avesto”ning 2700 yilligini muqaddas kitobning yurti O‘zbekistonda, aniqrog‘i, Xorazmda keng nishonlashga qaror qiladi.

Bugungi kunda Matpanaboy madrasasi turkman xalqining buyuk shoiri Mahtumquli va mashhur qoraqaloq shoiri Adjiniyalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar namoyish qilingan.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

Avesto muzeyiga tashrif buyurib, O‘rta Osiyo va bugun Sharq qadimiy tarixlardan biri haqida ma’lumotga ega bo‘lish bilan birga, ularning yashagan hayot tarzi va urf-odatlari, diniy madaniyati, ilmi va shu xalqning boshqa jabhalaridan boxabar bo‘lasiz.

“Avesto“ ajdodlarimizning diniy falsafiy qarashlari va tushunchalarini o‘zida mujassam etgan asargina emas, ayni vaqtda u bebaho tarixiy manba sifatida ham qimmatlidir. “Avesto” Markaziy Osiyo, umuman sharq xalqlarining eng qadimgi tarixi, turmush tarzi, urf – odati, ma’naviy madaniyati, ilm fani va boshqa sohalarga doir juda boy ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Shu boisdan jahon ilmiy jamoatchiligi uni bebaho tarixiy meros sifatida qadrlamoqda.

Shuni hisobga olib Xalqaro YuNESKO tashkiloti o‘zining 1999 yil noyabr oyda Parijda bo‘lib o‘tgan 30 – sessiyada “Avesto“ ning 2700 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qildi. Yubiley tantanalari 2001 yil oktyabrida “Avesto” vatani O‘zbekistonda, aynan Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Shu yil muzey ham tashkil qilindi. “Avesto“ bo‘limida jami eksponatlar soni 145 ta. Shundan asosiylari 85 ta, yordamchi fondda 60 ta eksponat bor.

Shular ichida eng qiziqarli eksponatlar.

1.Tuproq Qa’la maketi.

2.Qo‘yqirilgan Qa’la maketi.

3.Davla “sosud kosha”

4.Navro‘z bayrami kartinasi.

Ko‘rgazma jahon dinlaridan biri bo‘lmish zardo‘shtiylik va “Avesto” kitobining jahon madaniyati taraqqiyotidagi rolini ochib beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni Ona Vatanni sevish, tarixni o‘rganish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kelgusida ”Avesto“ bo‘limidagi ko‘rgazmani zamon talablariga mos, tarixiy xolislikka asoslangan qoidalar asosida qayta tashkil qilish va jahon badiiy muzeyshunoslik talablariga javob beradigan ko‘rgazmaga aylantirish muhim vazifalarimizdan biridir.

Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi va faoliyati haqida.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x