Mundarija
Xoโjayev Olim hayoti va ijodi haqida.
Tarjimai holi
Aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, yuqori madaniyat soxibi, lirik, dramatik va fojeaviy obrazlarning mohir ustasi va asl ziyolilikning timsoli boโlgan mashhur oโzbek aktyori, ryojissyor va jamoat arbobi Olim Xoโjayev 1910 yilda Buxoroda tugโilgan.
Ijod yoโli
U 1929 yili Buxorodagi maorif bilim yurtini tugatib, Hamza nomidagi Oโzbek Davlat akademik drama teatrida aktyor sifatida oโz mehnat faoliyatini boshlab, K. Gotstsining ยซMalikai Turandotยปidagi Qalaf, 3. Fatxullinning โSotqinlariโdagi Nomozov kabi ilk obrazlarini yaratdi. Tinib-tinchimas, gโayratli, oโz ustida ishlashdan charchamaydigan aktyorning bu obrazlari uning kelgusida yaratishi mumkin boโlgan yetuk obrazlariga maโlum tayyorgarlik vazifasini oโtadi.
O. Xoโjayev K.Yashin, A. Umariylarning dramasi asosida sahna yuzini koโrgan ยซHamzaยป spektaklida Hamza rolini mohirlik bilan ijro etdi. U ยซHamzaยป spektakli va 1960 yilda kinorejissyor 3. Sobitov suratga olgan ยซHamzaยป badiiy filmida Hamzaning tashqi qiyofasi, sergโayrat harakatlarini, toza qalbi va shoirona tabiatini tomoshabinga aniq yetkaza oldi.
Yangi-yangi aktyorlar Alisher Navoiy obrazini ijro etishdi. Ammo ular yaratgan Alisher Navoiy obrazini Olim Xoโjayev Navoiysiga aslo tenglashtirib boโlmaydi.
1960 yilda Hamza teatrida sahnalashtirilgan dramaturg Izzat Sultonning ยซImonยป spektaklidagi professor Yoโldosh Komilov obrazi sanโatkor ijrosida badiiy yetukligi bilan ajralib turdi.
O. Xoโjayev yaratgan S. Azimovning ยซYulduzlar jamoliยปdagi Polvonov, Uygโunning ยซQotilยปidagi professor Sodiq Sobirovich obrazlarida ham ziyolilarimizdagi ezgu tuygโular, eng yaxshi insoniy fazilatlar tantanasini tarannum etdi.
Xoโjayev Olim Obrazlari
O. Xoโjayev salbiy obrazlarni ham maromiga yetkazib oโynaydigan sanโatkor edi. Aktyor yaratgan A. Ostrovskiyning ยซSepsiz qizยปidagi Paratov, M. Gorkiyning ยซMeshchanlarยปidagi Pyotr, Hamzaning ยซBoy ila xizmatchiยปsidagi Solihboy, Shekspirning ยซOtelloยปsidagi Yago, ยซYuliy Sezarยปidagi Yuliy Sezar obrazlari shular sirasiga kiradi.
Sanโatkorga 60-yillarda yana bir shuhrat keltirgan obraz V. Shekspirning ยซQirol Lirยป fojiasidagi Qirol Lir obrazidir. Aktyor Qirol Lir obrazini yuksak mahorat bilan ijro etgani uchun 1967 yilda Oโzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boโldi.
O. Xoโjayev rejissyor sifatida ham samarali ijod qilib, B. Rahmonovning ยซYurak sirlariยป, Hamzaning ยซBoy ila xizmatchiยป va boshqa spektakllarni sahnalashtirdi.
O. Xoโjayev 1977 yil Moskvada vafot etdi va Toshkentda dafn etildi.
Manba.