Kattaligi jihatdan Muhammad Aminxon madrasasidan keyingi o’rinda Muhammad Rahimxon madrasasi turadi. U qo’ng’irotlar sulolasiga mansub bo’lgan Xiva xoni Muhammad
Rahim II tomonidan Ko’hna arkning sharqiy darvozasi qarshisida 1871 -yil bunyod etilgan.
Muhammad Rahimxon madrasasi
Muhammad Rahimxon (1847-1910) Xivaning ma’rifatparvar xonlaridan biri bo’lib, 18641910yillarda hukmronlik qilgan, ”Feluz” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Uning nomi bilan atalgan madrasa yozgi va qishki masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iboratdir. Binoning Old tomoni ikki qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, Sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan.
Uning umumiy tuzilishi Xivaning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli galereyalari bor. Darvozaxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham boshqa madrasalardan biroz farq qiladi. Hovli 76 ta bir qavatli hujralar bilan o’ralgan, tashqi ayvonning ko’cha tomoni past devor bilan to’silgan. Janubida gumbazli ayvon va boshqa qo’shimcha xonalar bor.
Keyinroq, madrasaning Old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. Madrasaning umumiy tuzilishi va ichki tarhi an’anaviy Xiva madrasalari me’morchiligidan biroz farq qiladi. Uning umumiy tarhi — 62,4×49,7 m; hovli 28,3×28,8 m; darsxona 5,4×5,4 m; masjid 7,0×7,0 m; savdo qatorlari — 25 0x50,0 m; hovli — 16,9×42,5 metrni tashkil etadi. Madrasani bunyod etishda har xil o’lchamdagi g’isht va toshlardan, loy, yog’och, tunuka, sement, marmar, turli xil qimmatbaho toshlar va shunga o’xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. Me’moriy inshoot Sharq me’morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U L’Chof, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan.
Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati
Me’moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi. Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Muhammad Rahimxon madrasasi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari ko’kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko’rinishini Ichan qal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo’lib, 1990-yilda Xivadagi ”Ichan qal’a” Umumjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.