Xiva saroylari va qasrlari orasida eng mashhurlaridan biri Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan 1897 yilda qurilgan Qibla Toza bog’ saroyidir.
Saroy haqida.
Har bir Xiva xoni o‘z davrida dunyoda tengsiz bir saroy yoki dala hovli qurishga harakat qilgan.Qibla toza bog’ o‘zining kengligi, me’moriy uslubi, Xiva shahriga xos ayvonlarning turli tumanligi, qurilish texnikasining betakrorligi bilan ajralib turadi. Saroy uchta katta kompleksdan iborat: birinchi hovli xon va saroy ahli xizmatkorlar uchun, ikkinchi hovlida xon va uning oila a’zolari yashaydigan bir necha ayvon, uchinchi hovli-ovro‘pacha uslubda qurilgan ayvon va xonalardan iborat.
Isfandiyorxon davrining ilk yillarida (1913y) qurilgan ushbu uchinchi hovli xuddi 1912 yilda Nurullaboyda qurilgan qabulxonaga o‘xshatib qurilgan, lekin bu yerda ustalar ko‘proq gireh (geometrik) naqshlarni ishlatganlar. Qadimda saroy o‘rtasida hovuz, gulzor mavjud bo‘lib, hovuz atrofiga soyasi kishi taniga orom bag‘ishlaydigan gujum daraxtlari ekilgan. Saroyning atrofida yozgi va qishgi masjid, madrasa, maktab, otxona, tegirmon bo‘lgan. Saroyni gir atrofi bog‘ bilan o‘rab olingan. O‘z davrida ushbu saroy yonida Vaziri akbar Islom xo‘jani uyi ham, saroy chiroyiga ko‘rk qo‘shib savlat to‘kib turgan.
Xivalik usta Quronboy Matkarimov va katta usta Botir aka Boltayev boshchiligidagi bir guruh ta’mirchi-rassom va naqqosh ustalar 1990-yillarda ushbu maskanda ta’mirlash ishlarini olib olib borishgan. Hozirgi kunlarimizda saroy chet ellik mehmonlarning sevib tomosha qiladigan va ovqatlanadigan joyiga aylangan.
Saroy rasmlari.
Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.