Tarjimai holi
Xachaturov Eduard Iosifovich hayoti va ijodi haqida.U o‘zi yozgan ssenariy asosida olingan Turkmanfilmi “Sahro” deb nomlanadi va diplom ishini shundan himoya qilgan. Uning bosh qahramoni hayotda o‘z yo‘lini qidirayotgan o‘smir bolakay bo‘ladi. Bu rolni Ortiq Jalilov o‘ynagan, shundan keyin uni taniqli kinematografchilar o‘zlarining bir qancha filmlariga taklif etishgan.
Eduard Xachaturov Toshkentning eski shahar qismida hunarmand va savdogarlar makon topgan Taxtapul mahallasida dunyoga kelgan.
Nomidan ham ikki xil ma’noni anglatishi ko‘rinib turibdi – “taxta ko‘prik” yoki “taxtadan ishlangan pul”. Taxtapulda istiqomat qilganlarning ko‘pini ajnabiylar tashkil etardi. Xachaturovlar oilasi ham 1915 yil Turkiyadan badarg‘a qilinib, Turkiston o‘lkasiga kelib qolgani bejiz emasdi.
Taxtapulda o‘sgan bolalar yoshligidan ikki tilda: o‘zbek va rus tillarida so‘zlashishni bilishardi. Ana shunday bolalardan biri Xachaturovlar oilasining 5 farzandi edi. Darhaqiqat, Eduard go‘daklik paytida erta ota-onasidan judo bo‘lgan – ular oldinma-ketin bu hayotdan ko‘z yumushganida endigina 5 yosh bo‘lgan. Eduardni uning akasi va opasi o‘z tarbiyasiga olishgan. Ko‘p o‘tmay ular frontga ketib, qaytib kelishmagan.
Kenjasi Albert va Tamara qo‘lida qolgan, bu opa-uka san’at yo‘lini tanlashgan va keyinchalik bu Eduardning hayotida katta rol o‘ynagan. «Yoshlik mahalimda hind kinolarini juda zavq bilan tomosha qilardim, “Daydi”, “Bavraxonim”, “Janob 420” filmlaridagi kuy va qo‘shiqlari va replikasini yoddan bilardim. Bir kun kelib taniqli aktyor va rejissyor Raj Kapur bilan ko‘rishishni orzu qilardim”- deb xotirlaydi o‘smirlik chog‘larini Eduard Iosifovich.
Faoliyati
Eduard qisqa muddat «O‘zbekfilm»da faoliyat yuritgan, u hattoki “Ikkinchi chechaklar” filmida suratga tushishga ham ulgurgan. Bir kuni u “Rejissyorlik bo‘limiga o‘qishga kiraman” deb qoldi.
Ammo unga omad kulib boqmadi, chunki o‘zbek kvotasiga kirgizilmagan edi. YAqinlari va do‘stlari yordamida “Toshkent Moskva” poyezdiga chipta oldi. OTMga birinchi tashrif buyurganida ijodkorlar Sergey Gerasimov va Tamara Makarovalar o‘z ijodiy ustaxonalariga yoshlarni jalb qilishayotgandi.
Boshlanishida Sergey Apollinaryevich i Tamara Fedorovna toshkentliklarga aktyorlik mahorati va tashqi ko‘rinish, boringki, foto hamda kino sirlarini o‘rgatdi. Ammo Eduard Xachaturovni ko‘proq rejissyorlik sohasi o‘ziga jalb qilgandi.
Xachaturov Eduard Iosifovich Obrazlari
Toshkentga qaytgach, birinchi rejissyorlik ishini «Uzkinoxronika»da boshladi. «O‘zbekfilm»da esa o‘zbek kino ustalari sanalmish Komil Yormatov, Yo‘ldosh Agzamov, Shuhrat Abbosovlar bilan birga “Qora konsul o‘limi”, “Olovli yo‘llar”, “Abu Rayhon Beruniy” filmlarida jonbozlik ko‘rsatgan.
Tez orada uning mustaqil kinopostanovkasi va hujjatli filmlari (ko‘p qismli): “Bu yoqimtoy yigit”, “Bu yerda chegara bor”, “Shaharni senga beraman” shular jumlasidandir. Masalan, Xachaturovning badiiy kartinalari: “Birinchi yo‘lovchi” filmi sanalib, Toshkent metro quruvchilariga bag‘ishlangan.
Uning “Ring chorlayapti” badiiy filmi juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu film o‘zbek bokschisining jahonga yuz tutishi haqida hikoya qiladi.
Filmning bosh qahramoni jahon chempioni Rifat Risqiyevga berilgandi, unga bu rolni berganiga Eduard Iosifovich zarracha ham afsuslanmadi. Shundan buyon ular aka-uka tutinishdi, bundan tashqari ular bir mahallada tug‘ilib-o‘sishgan.
Jahon kinosi afsonasi Raj Kapur bilan tanishuvi Toshkent xalqaro kinofestivalida sodir bo‘lgan. Eduard u yerda taniqli hind aktyori Raj Kapur bilan bir sahnada “Daydi” filmi qo‘shig‘ini duet qilib kuylashi bo‘lgan.
Yoshi ulg‘ayishiga qaramay, Eduard Iosifovich hanuzgacha ruhiy va ijodga bo‘lgan mehri tufayli «O‘zkinoxronika» studiyasida faoliyat olib bormoqda va tarixiy va zamonaviy mavzularda yaratgan ellikka yaqin hujjatli novellalar rejissyori sanaladi.
Manba.