Bosh sahifa ยป Topishmoq ยป Uyg’un tomonidan Alamzadalar hikoyasi

Uyg’un tomonidan Alamzadalar hikoyasi

by administrator

uygun-hayoti-va-ijodi

Uygโ€™unning tarjimai holi. >>>

Kechaning oltin chechaklari ogโ€˜ochlar orasidan nur sepadi. Tarqalib ketgan keng shoxlar yerlarga ola koโ€˜lanka tashlagan. Bogโ€˜chaning oโ€˜rtaligidagi gulzor, elektr shuโ€™lasi ostida ajib bir koโ€˜rinish kasb etgan, mayin yelning qanotiga urilib, tiniq koโ€˜lning yumshoq mavjlari kabi chayqaladi. Qilli muzikaning yoqimli va jozibador ohanglari toliqqan asablarga rohat bagโ€˜ishlab oโ€˜ynamoqda. Kechaning qoโ€˜yni orom berib allalagandayโ€ฆ
Bogโ€˜ning bir chekkasida ovqatxona, yana bir chekkasiga kino joylashgan. Biz kinoning birinchi seansidan chiqqach, ovqatxonaga keldik. Oโ€˜rtogโ€˜im u yoq-bu yoqqa qarab koโ€˜rdi-da, bir chekkani koโ€˜rsatdi.
โ€” Yur, hu anovi yerga borib oโ€˜tiramiz.
โ€” U yer juda chet, qorongโ€˜i-ku?
โ€” Yoโ€˜q, yaxshi, tinch, juda ham qorongโ€˜i emas. Qara, juda koโ€˜rinishlik.
Borib stullarga oโ€˜tirdik. Mahmud xizmatchini chaqirdi.
Kimlardir ovqat yemoqda, kimlardir quruq pivo ichib, suhbat qilishar edi.
Qizargan yuzlar va qisilgan koโ€˜zlar bir-birlariga soโ€˜z maโ€™qullamoqdaโ€ฆ
โ€” Kecha komsomol majlisi boโ€˜ldimi? Zarur ishim chiqib qolib, borolmay qoldim.
โ€” Yoโ€˜q, dokladchi kelmagani uchun majlis qoldirildi,โ€” dedi Mahmud va soโ€˜zida davom etdi.โ€” Kecha Firqa tozalashiga bormading, juda qiziq oโ€˜tdi. Hoshimning toza rasvosini chiqardik, butun sirlari ochildiโ€ฆ
โ€” Ha, ha!.. E, attang, bormaganim chakki boโ€˜libdi-da. Juda qiziq boโ€˜lgandir-a?
โ€” Qiziq ham gapmi, uning qilgan ishlari ajoyib bir roman!..
โ€” Bunga men aslo rozi emasman! Meni nohaq chiqardilar!.. Muttahamlar!..
โ€” Shishโ€ฆ Sekinroq soโ€˜zlang, sekinroq!..
Bu soโ€˜zlar kelgan tomonga ikkalamiz ham baravar yalt etib qaradik.
Semiz, sermoโ€˜ylov kishi soโ€˜zida davom etdi:
โ€” Menโ€ฆ men nima? Ular kim yaxshi, kim yomon bilmaydilar. Men nima?! Men oโ€˜n toโ€˜qqizinchi yildan beri partiya safida turib, hech kimga yomonlik qilgan emasman!..
Oq kanoppazdan uzun kamzul kiygan, koโ€˜kragiga yaqinroq qilib eski, kichkina shoyi belbogโ€˜ bogโ€˜lagan, patak soqol, oโ€˜rta yashar yana birovi atrofga ziyrak-ziyrak nazar tashlab qoโ€˜yadi va semizni sekinroq gapirtirishga urinadi.
Oriq, soch-soqollari oโ€˜sib ketgan, devonasifat, eski kostyumli, 27โ€”28 yoshlar chamasida boโ€˜lgan uchinchisi, qovoq ostiga chuqur kirib oโ€˜rnashgan, xayolchan koโ€˜zlarini tikkan nuqtasidan uzmay, tinch va jim tinglardi, faqat krujkadagi tiniq, sargโ€˜ish narsani tez-tez shimirib qoโ€˜yardi.
Bir ozdan soโ€˜ng ikkalamiz sekingina bir-birimizga qaradik. Mahmud ยซkoโ€˜rdingmi?ยป degan mazmunda boshi bilan ishora qilib qoโ€˜ydi.
Semiz ancha qizib qolgan edi.
โ€” Bilaman! Ular yetol talashadilar! Mendek bir haqiqiy xizmatchini ularning koโ€˜zi koโ€˜rolmaydi. Boโ€˜lmasa aytingchi, Abdusattor aka, mening birovga zararim tekkanmi?!
โ€” Haqiqat, haqiqat,โ€” dedi Abdusattor aka degani va devonasifat yigitga qarab soโ€˜zida davom etdi: โ€” Sultonboev toโ€˜gโ€˜ri aytadi. Hech kimning mushugini pisht degan emas, ha! Kim boโ€˜lsa ham, xoโ€˜sh, qoโ€˜lidan kelgan odamgarchiligini ayagan emas. Hali ham shunday! Ha!.. Masalan, axir, oโ€˜zimizning ishimiz bir oz, yaโ€™ni, chatoq ยซboโ€˜lib qolganda, xudo xayr bersin, koโ€˜p yordamlari tekkan. Masalan, yigirmanchi yillar boโ€˜lsa kerak, mollarni u yoq-bu yoqqa oโ€˜tkazishmas ediโ€ฆ Chunonchi, bir kun shaharga kirish oldidan agentlar, xoโ€˜sh, mollarimizni tutib qoldi. U mahalda Rustamboy akam ijroqoโ€˜m edilar, kelib sekin quloqlariga shipshitgan edik, xudo xayr bersin, oโ€˜elari, xoโ€˜sh, toโ€˜gโ€˜rilab berganlarโ€ฆ Eha, bunaqa yaxshiliklardan bir qanchasini qildilaru, lekin, biz, yaโ€™ni, hech birini qaytara olmadikโ€ฆ
Rustam qoโ€˜liga olgan krujkasini boโ€˜shatgach, dedi:
โ€” Haโ€ฆ u vaqtlar oโ€˜tib ketdiโ€ฆ Qani oโ€˜sha vaqtlar qaytib kelsa, istaganingni yer, ichar va nimani xohlasang qilar eding. Birov ยซgโ€˜ingยป demasdi. Endi-chi? Ha, butunlay boshqa! Bir oz notoโ€˜gโ€˜ri ish qilgundek boโ€˜lsang, darrov bilib olib, boplaydilar. Keyingi vaqtlarda apparatni sogโ€˜lomlashtiramiz degan masala chiqib qolib, bizga oโ€˜xshagan koโ€˜p masโ€™ul ishchilarning chetga chiqib qolishiga sababchi boโ€˜ldi. Hozir raykomda, ijrokoโ€˜mda, hatto qishloq shoโ€˜rolarida ham pastdan koโ€˜tarilganlarโ€ฆ Ular, na odamgarchilikni biladilar va na muomalani. Tanqid deb, qittay aybing boโ€˜lsa ham ayamaydilarโ€ฆ
โ€” He, esizgina, u vaqtlar oโ€˜tib ketdi. Yigit jim, hamon ularni tinglamoqda. Abdusattor eski vaqtlarni eslab soโ€˜zga kirishdi:
โ€” Rahmatlik otangiz bilan bizning padarimiz juda qadrdon edilar. Otangiz shaharga โ€” doโ€˜konlariga tushganlarida, bizning hovliga juda koโ€˜p kelardilar. Inchunun, biz ham sizlarning qishloqlaringizga koโ€˜p borar edik. Shu, men sizga aytsam, Rustamboy aka, Sultonboy akamning xuddi oโ€˜zginasiz-a. Rahmatlik eshikdagi xizmatkor, dalasidagi chorakorlarga, xoโ€˜sh, bir ogโ€˜iz boโ€˜lsa ham yomon gap gapirmas edi-da!..
Ular bizdan uncha uzoq boโ€˜lmasa ham soโ€˜zlari zoโ€˜rgโ€˜a eshitilar edi. Pastroq tovushda, lekin joni-jahdi bilan soโ€˜zlashar, pakana, sershox sada bizni ularning koโ€˜zidan yashirar edi.
Mahmud menga qarab sekin kulgach, quloqlarini ยซdingยป qilib, diqqat bilan ularning soโ€˜zini yana tinglamoqqa kirishdi.
Yigit vaqtning oโ€˜tgani bilan ishi yoโ€˜q, atrofda yuz bermoqda boโ€˜lgan hodisalardan xabarsiz, bir haykal kabi koโ€˜rinar edi.
โ€” Sultonboev!โ€” Abdusattor maroqlanib soโ€˜zlamoqqa boshladi.โ€” Yigirma ikki, yigirma uchinchi yillari xoโ€˜p yaxshi edi-ya? Savdomiz taraq, hukumat idoralarida oโ€˜tirganlarning bir qanchasi sizga oโ€˜xshagan ogโ€˜aynilar edi. Chunonchi, Saโ€™dullaboev, yaโ€™ni, Saโ€™dulla boyvachchaning oโ€˜gโ€˜li, esingizdami? Hoโ€˜ ijroqoโ€˜mning, chunonchi, sekretari boโ€˜lib ishlardi, keyin firqadan chiqib ketdi-ku?
Sultonboev bosh silkib, tasdiq qildi.
โ€” U ham hukumat idorasida ishlar edi, ham ukasi orqali savdogarchilik qilar ediโ€ฆ
Semiz nimanidir eslagandek boโ€˜ldi va yoโ€˜gโ€˜on gavdasi zavqqa toโ€˜lib ketdi. Qisilgan koโ€˜zlari kulgidan yana battarroq qisildi, lablari yoyilib, qip-qizil, qontalash va sersoqol yonoqlari shishib chiqdi. Semiz, yumaloq qoโ€˜llari bilan krujkaning dastasidan ushlab, shishaga ura boshladi. Xizmatchini qarshisida koโ€˜rgach:
โ€” Yana yarim dyujna pivo!โ€” dedi-da, soโ€˜zida davom etdi:โ€”Ammo, toโ€˜gโ€˜ri, u vaqtlarda, siz aytgandek, tegishli joylarda oโ€˜zimiznikilar ediโ€ฆ Har kun bazmโ€ฆ ichkilikโ€ฆ kayfu safoโ€ฆ jononlarโ€ฆ Oh, esiz, u zamonlar oโ€˜tib ketdi.
Boyadan beri tek oโ€˜tirgan majnunsifat yigit uzoq va chuqur bir nafas oldi. Uning lablari sekin qimirlay boshladi:
โ€” Shunday, moziy oโ€˜tib ketdiโ€ฆ Uning etaklariga tarmashib boโ€˜lmaydi endiโ€ฆ
U yana tindi va qaltiroq qoโ€˜llari krujkaga tarmashdi. Krujkani bir sipqarishda boโ€˜shatib, stolga qoโ€˜yar ekan, soโ€˜zida asabiy davom etdi:
โ€” Oโ€˜tib ketdi!.. Oโ€˜tib ketdi!.. Hayotning bahori, lolazori oโ€˜tib ketdi!.. U, millat!.. Millatning holiโ€ฆ heโ€ฆ
U qattiq asabiylashdi, koโ€˜zlarida yosh koโ€˜rindi. Abdusattor esa nimalarnidir oโ€˜ylab, koโ€˜zlarini tez-tez ochib-yumib oโ€˜tirardi.
Rustam boโ€˜shagan krujkalarga pivo quyar ekan:
โ€” Xafa boโ€˜lmang, Qurbon afandim,โ€” dedi.
โ€” Yoโ€˜q, men juda asabi mustahkam odam edim. Axir, ilgari jamiyatimiz yaxshi ekanligida, naqadar mahkam odam ekanligim sizlarga ham maโ€™lum-ku? Faqat turmushning vahshiy toโ€˜lqinlari, zaharli tirnoqlari poโ€˜latdek, tanlarni moโ€˜mga, olovli yuraklarni qonga aylantirar ekan, na chora?! Men endi avvalgi quvnoq Qurbon emasman! Yoโ€˜q, men endi asablari buzilgan, koโ€˜kraklari chirigan, jafoli, yurak-bagโ€˜ri ezilgan, hayotdan begona bir shaxsmanโ€ฆ Vatan uchun qurbon boโ€˜lgan Qurbonman! Alamli bir shoirman!..
U jiddiy va shikoyatli soโ€˜zlardi. Bir ozdan soโ€˜ng, hayajonini picha bosib, muloyim ovoz bilan ilova qildi:
โ€” Turkiyadan bekor kelgan ekanman, vatanimning bu ayanchli holini koโ€˜rmasdimโ€ฆ kuymasdimโ€ฆ
โ€” Unaqangi umidsiz boโ€˜lmang. Ehtimol, zamon yana bir aylanaru eski qolipiga tushib qolar,โ€” dedi Abdusattor. Soโ€˜ng, har kallada bir xayol degandek, oโ€˜ylab yurgan orzularini ayta boshladi: โ€” Ha, oโ€˜sha vaqtlar xuddi tushga oโ€˜xshaydi-yaโ€ฆ Savdolar taraq, yurt oโ€˜rtasida obroโ€˜ katta. Tavbaโ€ฆ Soโ€˜nggi umid bosmachilardan edi. Yoโ€˜q, u ham boโ€˜lmadiโ€ฆ
โ€” Yoโ€˜q! โ€” dedi yigit, olovlangan koโ€˜zlari bilan.โ€” Mamlakatni idora qilish oson emas! Ilm, maโ€™rifat kerak! Savodsiz, omiy yalangoyoqlar hech qachon, hech qaerda mamlakatni idora qilgan emaslar!.. Tarixda koโ€˜rilgan ish emas bu!
โ€” Kim biladi. Ishqilib, kambagโ€˜allar, boโ€˜sh kelmaydiganga oโ€˜xshaydilar. Kundan kunga mustahkam boโ€˜lib bormoqdalar. Xususan, xususiy savdoni siqib chiqaryaptilar. Yaโ€™niโ€ฆ
โ€” Nodon!โ€”dedi Qurbon, Abdusattorning soโ€˜zini boโ€˜lib.โ€” Millatimizning shu ahvolga tushishiga ham sizdek nodonlar sababchi! Bu, yaralangan yurakka tasalli berganingizmi?! Oโ€˜rtangan koโ€˜ngilga olov qoโ€˜yish, xolos!
Qurbon yana asabiylashdi, xafa boโ€˜ldi, yana koโ€˜zlarida yosh tomchilari paydo boโ€˜ldi.
Abdusattor bu soโ€˜zlardan gโ€˜oyatda qattiq taโ€™sirlandi shekilli, boshini tubanga solib, kipriklarini pirillatib, xomush boโ€˜lib qoldi. Qurbonning koyishi Abdusattorni juda ezib qoโ€˜ydi.
Qurbon nafasini rostlab olgach, yana soโ€˜zga kirishdi:
โ€” Har narsani payqab, orqa-oldiga qarab gapirmoq lozim. Mening koโ€˜nglim yarimta boโ€˜lib qolgan. Uncha-muncha qattiq tegadigan gaplarni koโ€˜tara olmayman, Abdusattor aka!.. Siz bunga xafa boโ€˜lmang. Doโ€˜st achitib aytadi, dushman kuldirib.
โ€” Yoโ€˜q, Qurbon afandim, undoq emasโ€ฆ Xoโ€˜sh, menโ€ฆ chunonchi, gapning sirasini aytdimโ€ฆ
โ€” Sirasini ham aslo aytmang!
Rustam, nima uchundir, oโ€˜zidan oโ€˜zi bezovtalandi. Mushtlarini tugib, oโ€˜tirgan yerida tebranib-tebranib qoโ€˜ydi.
โ€” Boโ€˜lmaydi!.. Shunday qola berish yaramaydi!
โ€” Nimaga endi shuncha diqqatingiz oshmasa!..
โ€” E, siz tushunmaysiz!
โ€” ยซDushmanning sirtida boโ€˜lguncha, ichida boโ€˜l!ยป deganlar,โ€” dedi Qurbon.โ€” Rustamboyning firqadan chiqib ketishi yaxshi emas, firqada qolishi kerak. Oโ€˜z kishilarimiz orasida ancha eโ€™tibori bor, millat yoโ€˜lida xizmat koโ€˜rsatib kelayotgan odam!..
Abdusattor ham bir narsani tushunganday boโ€˜ldi va oโ€˜ziga tikilib turgan semiz yuzlardagi xunuk koโ€˜zlarga qaradi.
โ€” Toโ€˜gโ€˜ri, firqadan chiqib qolishingiz yaxshi emas, albatta. Xoโ€˜sh, chunonchi, bu ish qanday sodir boโ€˜ldi?
โ€” E, bir falokat bosib qoldi. Yoโ€˜q esa bunchalik boโ€˜lmas edi. Hamma ishni qoโ€˜zgโ€˜agan Turdimatning oโ€˜gโ€˜li Boymat boโ€˜ldiโ€ฆ Bizning hamqishlogโ€˜imiz, siz taniysiz.
โ€” Xoโ€˜sh?
โ€” Tozalash vaqtida eski masalalarni qoโ€˜zgโ€˜adi.
โ€” Eshitaylik-chi?
โ€” Ha, ularning hovlisi bizning mahallada edi. Otasi bir vaqtlar bizning yerimizda chorakor boโ€˜lib ishlagan. Ocharchilik yillari, ota-onasi oโ€˜lgach, u it emgan, biznikida xizmatchi boโ€˜lib qolgan edi. Keyin, bir oy oโ€˜tmasdanoq, orada janjal chiqib, koโ€˜chaga haydab yuborgan edikโ€ฆ
โ€” Qanday janjal?
โ€” Qanday janjal?โ€” Rustam savolni qaytargach, bir oz oโ€˜ylanib qoldi. Soโ€˜ng, yana soโ€˜zga kirishdi:โ€” Xayr, aytsam aytib beray.โ€”U qoโ€˜liga olgan pivoni ichdi. yoโ€˜gโ€˜on barmoqlari bilan moโ€˜ylovlarini silar ekan, soโ€˜zida davom etdi:โ€”Uning bittayu bitta oโ€˜rta qoโ€˜lday, oโ€˜n olti yashar singlisi bor edi. Uni Gulasal, der edilar. Shu, oy desa oy, kun desa kun edi. Oโ€˜shani, ikki xotin ustiga boโ€˜lsa ham, olmoqchi boโ€˜ldim. Lekin, tagi pastni nima qilasan, deb, otam rozilik bermadi. Ammo, shunday bir nozaninni qoโ€˜ldan chiqarish, men sizga aytsam, aslo toโ€˜gโ€˜ri kelmas edi. Axiri, bir kun, unamaganiga qaramay, oโ€˜ldiraman, deb qoโ€˜rqitib, dodi-faryodi, koโ€˜z yoshiga qaramay, zoโ€˜rlab, mehmonxonada uch kecha tongotar qilib chiqdimโ€ฆ
Rustam soโ€˜nggi jumlalarni gโ€˜urur bilan aytdi. Yoโ€˜gโ€˜on boโ€˜yniga qon yugurdi. Orqasini stulga tirab, qoโ€˜pol qomatini tiklar ekan, gumbazday qornini siladi. Xunuk lablari yana yoyildi. Voqeani oโ€˜zicha tasavvur qilib, Abdusattor aka ham zavq bilan jilmaydi. Qurbonning qahrli koโ€˜zlari esa, bir oz yumshadi. Bu qiziq hikoyaning davomiga qiziqqan Abdusattor hikoyaning oxirini eshitishga shoshildi:
โ€” Xoโ€˜sh, keyin nima boโ€˜ldi?
โ€” Nima boโ€˜lar edi, bir-ikki kun yigโ€˜lab yurdi. Voqeani bilib qolib, akasi janjal koโ€˜tardi. Ammo, u vaqtlarda kambagโ€˜alning qoโ€˜lidan nima ham kelar edi? Ularning yigโ€˜isiga, janjaliga quloq soladigan zamonmidi? Qizning oโ€˜zini buzuqqa chiqarib, aka-singil ikkalasini soโ€˜kib-soโ€˜kib, bir paqir ham bermasdan, koโ€˜chaga haydab yubordikโ€ฆ Ana oโ€˜sha kunlar xotirasi Boymatning esidan chiqmagan ekan!.. Bundan bir oycha avval, ยซNยป shahrida Boymat rayon partiya komitetining masโ€™ul kotibi, singlisi esa, oโ€˜sha yerda jenotdelda ishlar emish, deb eshitgan edim. Lekin ular ham qayoqdandir, kimdandir, mening bu yerda ishlashimni eshitishgan ekan. Bundan bir necha vaqt avval, firqa tozalashi oldidan ish berar, deb, ular mening toโ€˜gโ€˜rimda gazetada, xabaringiz bordir, juda yomon maqola ham yozib chiqarishgan edilar.
โ€” E, anovi!
โ€” Ha, muttahamlar oโ€˜z muddaolariga yetishdi, tagimga suv quyishdi. Itvachchalar oโ€˜sha mahallarda ochlikdan oโ€˜lib keta qolmagan ekanlar! Yana, bu mojaro yetmagandek, ustiga-ustak, bultur qoโ€˜yib yuborgan katta xotinim, ikki bolasini yetaklab, menga daโ€™vo qilib, atayi qishloqdan kelibdi. Kooperativda ishlagan vaqtimdagi eski ishlarim ham โ€” hammasi ochildi. Hatto, chet el bilan aloqasi bor, deb chiqqanlar ham boโ€˜ldi. Ha, gunohlarni yashirib boโ€˜lmas ekan. Axir, bir kun emas, bir kun sir ochilar ekan.
โ€” Ha, olovning ustiga yopilgan parda yonib ketadi,โ€” dedi Qurbon,โ€” guvohi bor sirlarni yashirmoqqa urinish, daryoga yiqilayotgan kishining sohildagi yakka va baquvvat koโ€˜katga tarmashganidek maโ€™nosizdir.
โ€” Bu koโ€˜rgiliklar yetmagandek, meni millatchi, panturkist deb ham ayblayaptiโ€ฆ
โ€” Bu bilan siz faxrlanishingiz kerak, ha!
โ€” Salomat boโ€˜lasiz! Maslahatlari uchun qulluq,โ€” dedi zaharxanda bilan Rustam.โ€” Meni partiyadan oโ€˜chirib oโ€˜tirsayu, faxrlanishga balo bormi?!
Rustam gโ€˜azabli va alamzada koโ€˜zlarini krujkadagi tiniq pivoga tikdi. Bularning soโ€˜ziga quloq solib oโ€˜tirgan Abdusattor, navbati bilan, yana oโ€˜z dardini ayta ketdi:
โ€” Keyingi vaqtlarda Oโ€˜zbektorgingiz yaxshi ish berib turgan edi-ya. Ha, bir chekkasi, chunonchi, bizga ham yaxshi boโ€˜lmadi. Xoโ€˜sh, endi, shu bilan bosdi-bosdi boโ€˜larmikin?
โ€” Bu nima deganingiz?โ€”dedi Rustam hushyor tortib va xavotir olib.
โ€” Yaโ€™ni, firqadan oโ€˜chirish bilan sizni tinch qoโ€˜yisharmikin? Yoki?..
โ€” E, ogโ€˜zingizga tosh!..
โ€” Hammasi boโ€˜lishi ham mumkinโ€ฆโ€” dedi gapga aralashib Qurbon.โ€” Ularning qoโ€˜lidan har narsa keladiโ€ฆ Qamashlari ham, otishlari ham mumkinโ€ฆ
โ€” Nafasingizni buncha sovuq qilmasangiz, afandim,โ€” dedi jahl aralash Rustam.
โ€” Yoโ€˜gโ€˜-e, unchalikka bormasโ€ฆ Shu jazo bilan kifoyalanisharโ€ฆ Shunda hamย  yaxshi boโ€˜lmadiโ€ฆ Bizga hamโ€ฆ Rizqimiz qirqildiโ€ฆโ€” dedi Abdusattor. Ammo, xiyol oโ€˜tmay, yana eski mavzuga oโ€˜tdi:โ€”Xoโ€˜sh, oโ€˜zingiz mudir ekanligingizda borsak, xudo xayr bersin, ozmi-koโ€˜pmi, yuq demas edingizโ€ฆ
โ€” Qoโ€˜ying endi, u vaqtlarni esga solavermang! U vaqtlar bir keldi ketdiโ€ฆ tushdekโ€ฆ Shunday boโ€˜lar ekan-daโ€ฆ Omad kelgan, ishlar yaxshi, daromad katta ediโ€ฆ Ha, endi u daromadlar yoโ€˜q. Qoโ€˜ldan omad ketdiโ€ฆ E, boโ€˜ldi, ularni eslasang, yonib ketasan kishi! Qoโ€˜lingdan kelsa, hamma raqiblarning kallasini sapchadek uzib tashlasang!โ€”dedi hayajonlanib Rustam.
Idroksiz, paytavafahm Abdusattor, Rustamning yongan yuragini yana ham alangalantirib, soโ€˜zida davom etdi:
โ€” Hoโ€˜, bundan besh oylarcha avval bergan bir yashik choyingiz hali ham bor, ish berayotibdi. Oโ€˜zi ham juda asl choy ekan, xoโ€˜sh, faqat yoru birodarlargagina sotib, oโ€˜zimiz sizni duo qilib, ichib turibmiz. Doโ€˜konga ham olib chiqqanim yoโ€˜q, oโ€˜sha olib ketganimcha uyda.
Rustam, boโ€˜gโ€˜ilib ketgandek, yoqasining uchiichi tugmasini ham yechib yubordi. Koโ€˜zlariga yana gโ€˜azab quyildi.
โ€” Ha, itning bolasi qilar ishini qildi!
โ€” Ogโ€˜ir boโ€˜ling! Ilojingiz qancha? Qoโ€˜lingizdan nima ham kelar edi?! Oโ€˜ylab qarang! Shu yurganingiz ham gโ€˜animat!
โ€” Qoโ€˜limdan har narsa keladi!โ€” semiz qoโ€˜llar stolga urildi. Boโ€˜gโ€˜iq, gโ€˜azabli tovush titradi: โ€” Keladi!.. Nega kelmas ekan? U itvachcha mendan qochib qutulolmaydi! Ilgari oโ€˜ldirmagan boโ€˜lsam, endi oโ€˜ldiraman! Kallakesarlarga aytib, pul berib boโ€˜lsa ham oโ€˜ldirtiraman! Ha!
โ€” Kimni?โ€” dedi Abdusattor gapning fahmiga yetmay.
โ€” Tagimga suv quyganlarni! Boymatni!..
โ€” Tiss, tissโ€ฆ sekinroq! Devorning ham qulogโ€˜i bor deydilar.
Abdusattor atrofga xavfsirab bir necha bor qarab oldi. Ovqatxonada oโ€˜tirganlarning hammasi oโ€˜zi bilan oโ€˜zi ovora, bularning suhbatiga quloq soladigan hech kim yoโ€˜qdek koโ€˜rindi.
Qurbon lablarini asta qimirlatdi:
โ€” Bitta kishidan oโ€˜ch olish bilan ish bitarmidi?
โ€” Dushmanning harna biri kam!
โ€” Shundaymi?
โ€” Shunday! Faqat sizlardan yordam kutaman. Tissโ€ฆ Hozircha shu yerda boโ€˜lgan gap shu yerda qolsin!.. Sir!..
Gavdalar bir-birlariga qarab engashdilar. Qasoskor koโ€˜zlar bir-birlari bilan uchrashdilarโ€ฆ
โ€” Rejani bajarish mumkin. Ogโ€˜ir emas! Siz yordam bersangiz โ€” oโ€˜nggโ€˜ay..
โ€” Ie, ie! Nima deyishyapti? Qotillik qilishmoqchimi?!โ€”men hayajonlanib Mahmudga qaradim.
โ€” Jim!โ€”dedi Mahmud qoโ€˜l siltab.
Qurbon ancha oโ€˜ylandi. Nihoyat, bir qarorga kelgan kabi ochiq va ishonch bilan dedi:
โ€” Boโ€˜ldi, bajaramiz! Hammaning ham boshida bir oโ€˜lim bor!..
Abdusattor ham bosh qimirlatib, qarorni tasdiqladi.
โ€” Ijro etadigan odam topiladiโ€ฆ topamizโ€ฆ Rustamning semiz qoโ€˜llari pivo toโ€˜la krujkani changalladi. Boshqalar ham krujkalarini koโ€˜tardilar. Uch par gโ€˜azabli, mast va qon bosgan koโ€˜zlar yana necha qayta uchrashdilar. Krujkalarning ovozlari jaranglab ketdi. Lablarini yalashib, krujkalarni stol ustiga qoโ€˜ydilarโ€ฆ
Ular qoโ€˜zgโ€˜olganda soat birlar chamasi boโ€˜lib qolgan edi. Ular qoโ€˜zgโ€˜olishi bilan, biz ham qoโ€˜zgโ€˜oldik.
Pivoxonada odamlar juda siyraklashib qolgan boโ€˜lsa ham, qilli muzikaning yoqimli unlari hamon toโ€˜xtamagan edi.
Mahmud bir necha qadam narida ketayotgan harbiy kiyimlik odamni koโ€˜rdi-da, shoshildi, qadamini tezlatdi:
โ€” Xayr, men ketdim, ertaga yana uchrashamiz.
โ€” Nega shoshasan? Qayoqqa? Toโ€˜xta, u kim?
โ€” Tanish bir kishi.
โ€” GPUning odami emasmi?
Mahmud shoshib javob berdi:
โ€” Ha. Jinoyatning oldini olish kerak! Boymatni halokatdan qutqarish kerak! Alamzadalarning dodini berish kerak! Xayr, men ketdim.
Men uning orqasidan bir oz qarab turgach, sekingina uyga yoโ€˜l oldim. ยซHa, bu ishga ยซdoโ€˜stim Mahmud aralashsa jinoyatning oldi olinishi muqarrar!ยปโ€”deb oโ€˜yladim ichimdaโ€ฆ
Tun hayajonsiz, tinch uxlaydi. Oltin chechaklar jim, faqat, qum sepilgan yoโ€˜llarga, daraxt va koโ€˜katlarga nur toโ€˜kmoqdalar. Yumshoq yel sadalarning mayda barglarini tortqilab oโ€˜ynaydi, soโ€˜ng, ipak etaklarini sudrab, bogโ€˜chadagi gulzor ustidan oโ€˜tib ketadi-da, gโ€˜oyib boโ€˜ladiโ€ฆ

Boshqa hikoyalari

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x