Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot
• Qora shokolad
• Аnor
• Qahva
• Baliq
• Koʼk choy
• Pomidor
• Sitrus mevalar va ularni poʼsti
Kiyim va quyosh kremi ultrabinafsha nurlarning teriga tushishiga birinchi va asosiy to‘siqdir. Oziqlanish faqat immunitetni oshiradi, organizmni antioksidantlar bilan to‘yintiradi, bu esa ichki a’zolarning zararli radiatsiya bilan kurashishga yordam beradi. Boshqa tomondan, bunday mahsulotlarni ratsionga kiritish orqali nafaqat xilma-xil foydali oziq-ovqatlar iste’mol qilinadi, balki ultrabinafsha nurlaridan kelib chiqadigan asoratlar, jumladan, qarish, kuyish, terining malign shikastlanishlari va allergiya xavfini kamaytiradi.
Qora shokolad
Ma’lumki, qora shokolad turli xil antioksidantlarga boy manba bo‘lib, ular terini erkin radikallardan, quyosh nurlarining zararli ta’siridan va atmosferadagi potentsial zararli moddalardan himoya qiladi. Asosiysi, kamida 70 foiz kakao miqdori bo‘lgan shokoladdan iste’mol qilish kerak.
Anor
Antioksidantlar miqdori bo‘yicha anor boshqa mevalardan o‘n baravar ustundir. Dunyodagi eng sog‘lom o‘simlik mahsulotlaridan biri hisoblangan anor o‘zining mo‘jizaviy xususiyatlari, shu jumladan, teriga zarar yetkazuvchi ultrabinafsha nurlari bilan kurashish qobiliyati bilan dietolog, shifokor va kosmetologlar tomonidan doimo tavsiya etiladi.
Qahva
Amerika Saraton tadqiqotlari instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi izlanishga ko‘ra, kuniga to‘rt yoki undan ortiq stakan qahva ichadigan odamlarda melanoma xavfi 20 foizga kamayadi. Bu teri hujayralarini zararli o‘zgarishlardan va ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiluvchi kofein va turli xil polifenollar tufaylidir.
Sitrus mevalari po‘sti
So‘nggi tadqiqotlar natijasida olimlar po‘stloqning foydalari haqidagi uzoq yillik taxminlarini tasdiqladi. Limon, apelsin, greypfruit va boshqa sitrus mevalarning po‘stini iste’mol qilish teri saratoni xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Salat, taom va shirinliklarga ularni qo‘shib, iste’mol qilish mumkin.
Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot
Tavsiya etamiz : Rak kasaligiga davo bo’ladigan mahsulot