Bosh sahifa » Arboblar » Ulomov Valentin Ivanovich biografiyasi

Ulomov Valentin Ivanovich biografiyasi

by administrator

Ulomov Valentin Ivanovich biografiyasi haqida.

Ulomov Valentin Ivanovich biografiyasi

Valentin Ivanovich Ulomov – sovet, rossiyalik seysmolog, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir-a’zosi.

1933 yil 7 yanvar kuni Toshkentda tug‘ilgan. 1955 yil O‘rta Osiyo politexnika institutining tog‘-kon fakultetini “Foydali qazilmalarni topishning geofizik uslublari” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 1959 yildan “Toshkent” seysmik stansiyasida kichik ilmiy xodim va mudir lavozimlarida ishlagan.

Barcha arboblar

1960 yildan O‘zbekiston FA geologiya va geofizika Institutida direktor o‘rinbosari, 1966-1985 yillarda esa O‘zFA seysmologiya Institutida direktor o‘rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan. Bir vaqtning o‘zida (1990 yilgacha) Toshkent seysmologik rasadxonasiga aylantirilgan seysmik bekatiga rahbarlik qilishda davom etadi.

1964 yil sobiq SSSR FA Yer fizikasi Instituti (Moskva)da fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot olib borib, 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1964 yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston seysmik holatini kuzatish Markazini tashkil etishda tashabbus ko‘rsatib, 15 yil davomida unga o‘zi rahbarlik qilgan. 1966 yildan O‘zbekiston FA Seysmologiya instituti nomiga o‘zgartirilgan. 1984 yildan O‘zbekiston FA muxbir-a’zosi.

1990 yilning dekabridan Yer fizikasi Instituti (Moskva)da hududiy seysmik laboratoriyasi mudiri vazifasida, 2004 yildan esa bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. 1995 yilning fevral oyida Nyu York FAning haqiqiy a’zosi etib qabul saylangan.

Ilmiy tadqiqot ko‘lami – fundamental va amaliy seysmologiya, litosferaning tuzilishi va dinamikasi, zilzila manbalari va ularni oldindan bashorat qilish, global va mintaqaviy seysmologiya, seysmik mintaqalashtirish va seysmik xavflarni tumanlashtirish.

Zilziladan oldin radon ishlab chiqarilishi hodisasi bashoratining ilmiy kashfiyoti muallifi. 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Zilzila xavfi bashorati va uni tumanlashtirish borasidagi ishlari uchun 1981 yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

2017 yil 6 iyun kuni Moskvada vafot etgan.

Barcha arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x