Turli xildagi topishmoqlar to’plami. Qiziq topishmoqlar javoblari bilan

Turli-xildagi-topishmoqlar-toplami

Turli xildagi topishmoqlar to’plami. Qiziq topishmoqlar javoblari bilan

Dunyoda to‘rt narsa yo‘q.
(Ko‘rpaning yengi,
Chumchuqnipg suti,
Hovuzning qopqog‘i,
Toshning tomiri yo‘q)

Tog‘da turar,
Bog‘da bo‘lar,
Suvda suzar,
Kulda kular.
(Kaklik, bulbul, baliq, bodroq)

Tog‘ni talaydi,
Elni elaydi,
Jarni jalaydi,
Suvni suvlaydi.
(Jala, shamol, kaltakesak, ilon)

Ikki boshli, to‘rt oyoqli,
Ikki oyoqli, to‘rt quloqli,
Orqasida bir dumi bor.
(Ot, otga mingan odam)

Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Yangi topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Hazil so’z o’yini haqida topishmoq >>

Chiroq tubi yiltiroq,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Qamish boshi qaltiroq,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Suv ichida birqilloq,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Qora yog‘och putoqsiz.
Uning ham oti bog‘lon qiz.
Bovlon qo‘zi suyaksiz,
Uning ham oti bog‘lon qiz.
(Yashin, nayza, qurbaqa, soch, ona siynasi)

Keragada kerkildak,
Ul nimadi, bog‘lonto‘z?
Bo‘sag‘ada bo‘rqillaq,
U nimadi, bog‘lonto‘z?
Chang‘aroqda charqilloq,
U nimadi, bog‘lonto‘z?
(Elak, it, chumchuq)

Ola laylak, bula laylak,
Qanoti beqora laylak,
Chiqadi gumbaz ustiga,
Uradi beqaqa laylak.
(Domlaning azon aytishi)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas,
Burunga kirmay qolmas.
(Is, hid)

Eski-eski choponim,
Esimdan chiqmas choponim,
Janda-janda choponim,
Yonimdan ketmas choponim.
(Soya)

Hamrohim bor befoyda,
Qo‘ymas yolg‘iz yer, soyda.
Quvalasam, ketmaydi,
Savalasam, o‘tmaydi.
(Soya)

Tavsiya etamiz : O’yin va o’yinchoqlar haqida >>

Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>

Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>

Barcha topishmoqlar shu yerda >>

Manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali
Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments
Texnikum Ruxsatnoma
Natijalari
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x