Bosh sahifa » Arboblar » Shokir Sulaymon hayoti va ijodi

Shokir Sulaymon hayoti va ijodi

by administrator

Shokir Sulaymon Shokir Sulaymon hayoti va ijodi.

Tarjimai holi.

Ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan shoir, nosir, publitsist, adabiy munaqqid Shokir Sulaymon XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatda faol qatnashgan siymolardan biridir.

Shokir Sulaymon 1900 yilda Navro‘zi olam arafasida Qo‘qonda tavallud topdi. XIX asrda qator mashhur shoirlarni yetkazib bergan Qo‘qon adabiy muhiti o‘zining adabiy-ma’naviy nufuzini hali ham yo‘qotmagan edi. Bu hol Shokir Sulaymon adabiy va ijtimoiy faoliyatining shakllanishiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.

Boshqa arboblar 

U shu yerda 1916 yilgacha yangi usuldagi maktabda ta’lim oldi. So‘ngra Orenburgga borib, mashhur Madrasai Husayniyada o‘qishni davom ettirdi. Bu uning arab, fors, turk, tatar, rus tillarini o‘rganishi hamda shu tillarda chop etilgan gazeta va jurnallarni o‘qishiga imkon yaratdi.

Shokir Sulaymon Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng O‘zbekistonga qaytgach, mahalliy matbuot sahifalarida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish yo‘lidan bordi.

1922-1926 yillarda avval Moskvadagi ishchilar fakultetida, so‘ng Krupskaya nomidagi pedagogika institutida o‘qidi.

Uning A.Sa’diy, O.Ibrohimov, Hodi Toqtosh, Hasan To‘fon, S.Ayniy, A.Lohutiy kabi qardosh xalqlar adabiyoti namoyandalari haqidagi chiqishlari qon-qardoshlikni mustahkamlash va adabiy-madaniy aloqalarni chuqurlashtirish ishiga xizmat qildi.

Ijodiy va ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati qizg‘in tus olgan urush yillarida qatag‘on davri nafasi Shokir Sulaymonga ham yetib keldi.

U 1941 yilning 25 avgustida qamoqqa olinib, 1942 yilning 8 avgustida 42 yoshida juvonmarg etildi.

Shunday qilib, Shokir Sulaymon 20-yillarning o‘rtalaridayoq publitsist, hikoyanavis, shoir va tarjimon, adabiyotshunos va munaqqid, shuningdek, darslik va ko‘plab qo‘lyozmalar muallifi sifatida maydonga chiqa boshladi.

U 60-yillarga kelibgina oqlandi va 1964 yilda uning «O‘ch» nomli hikoyalar to‘plami nashr etildi.Shokir Sulaymon hayoti va ijodi.

Boshqa arboblar 

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x