Shodmon Sulaymon koโproq Sheโrlari >>
1975 yilda tugโilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Buxoro Davlat universiteti oโzbek filologiyasi fakultetini tugatgan. โXosiyatli kunโ, โKuz xayoliโ, โTugโilgan kunโ kabi sheโriy va nasriy toโplamlari; โQaynoq qum kengliklaridaโ, โSheโriy sanโatlar sehriโ, โAdabiyot nazariyasiga oid tushunchalarโ, โAdabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lugโatiโ, โMutolaa shukuhiโ singari ilmiy risolalari nashr etilgan.
Shodmon Sulaymon koโproq Sheโrlari >>
Chin soโz
Zamin sirlaridan ochar ekan soโz,
Haqni anglab yetdi Beruniy bobom.
Ulkan xaritaga tashlar ekan koโz:
โYer aylanar, โ dedi, โ mangu, bardavomโ.
Soโngra, birlashtirdi xarita chetin,
Bir-biriga ulab ummon, koโllarni.
Ikki yoqqa ketgan, aslida, yaqin,
Goโyo bir-biridan olis yoโllarni.
โQutb โ ikki tomon, ikkita qirgโoq,
Biri yorugโ, โ dedi, โ birida zulmat.
Birida zimiston nafasi uygโoq,
Biri yorugโ nurga toโyar beminnat.
Kun, tun almashinar, fasllar โ mehmon,
Shu bois, rango-rang zaminning kuyi.
Kim quyoshga yaqin โ toโkin, farovon,
Kim quyoshdan uzoq โ mudrar yil boโyiโฆโ
Shu taxlit yaraldi moโโjiza โ koptok,
Magโrib shovqin soldi: โTopdim! Globus!โ
Nachora, turkiy el yoqqanda chiroq,
Oโshal olis yurtda yoโq edi fonus.
Haq โ gโolib, moyilmi yoki yoโq taโbi,
Harchand urinmasin yopmoqqa izin.
Ekvator chizigโi aylangan kabi
Tagโin Beruniyga ulagay soโzin.
Xullas, olisdami, yaqinmi yoโling,
Umr bogโin aylay desang charogโon.
Har tomon chalkashmay xayoling, oโying,
Bobong โkoptogiโga nazar sol shu on.
Yaltiroq toshga oโch kimsadek boโlmay,
Koโksingdan qidirgin doim Vatanni.
Saxiy quyosh kulgan, munavvar el bu,
Quyoshdek bagโringga bos bu chamanni.
ย Izhor
Jonim, dardlarimni toshlarga yordim,
Jonim, tuygโularim qilmadi shafqat.
Koโksimga urildi ayriliq gardi,
Jonim, koโzlarimni choโqidi fursat.
Jonim, shikoyatlar qilmayman endi,
Jonim, balki, jonim titrayotgandir.
Xazonrez bogโimga shabnamlar indi,
Jonim, aytding: โBular shunchaki yomgโirโ.
Jonim, ishq haqdagi ertakka ishon,
Jonim, qalbim aro, jonim arosan.
Biz bitta paykonmiz, payvasta nishon,
Men yolgโiz boraman, sen yolgโiz yurasan.
Jonim, chiqib keldim talotoโplardan,
Jonim, koโhna dunyo bunchalar qaysar.
Kuzgi yaproq misol titrab turibman,
Jonim, oโzing meni hayotga qaytar.
ย Katta tanaffus
Auditoriya. Yigirma uch qiz โ
Yigirma uch koโzlari munchoq.
Sheโrning oโtligโ toโfonlariga
Hayrat ila ochadi quchoq.
Auditoriya. Yigirma uch qiz โ
Yon-atrofga boqadi sergak.
Dalli shoir muallim darsi
Tuyuladi misoli ertak.
Auditoriya. Yigirma uch qiz โ
Tabiatning asira nasli.
Yuragiga naqshlab qoโymish
Yigirma uch botirning rasmin.
Auditoriya. Yigirma uch qiz โ
Sheโr tinglaydi xayolga tolib.
Oโtib ketar katta tanaffus โ
Sheโr har qanday havasdan gโolib.
Auditoriya. Yigirma uch qiz โ
Koโklam boโlib ungan tonglarim.
Gโazab, nafrat, ishqni oโrgatdim,
Rozi boโling, singiljonlarim.
Auditoriya. Yigirma uch qiz โ
Yigirma uch qismat domida.
Ashโor soโrab yoโqlarmikinsiz
Mangu tanaffuslar shomida?!.
ย Muvashshah
Koโzda yosh uygโondim har nahor,
Koโksimda muzlagan yaproqlar.
Qaylarda yuribsan, gulbahor,
Olismi sen ketgan qirgโoqlar?
Qay kunda kelganman tentirab,
Koโksimga sigโmadi bu olam.
Kimsasiz ummonda adashdim,
Koโnglingdan joy bergil, muharram!
Gโudrandim, tilimda kishanlar,
Toโzonlar yeb ketdi sasimni.
Koโksimni isitgil, munavvar,
Shivirla qadrdon ismingni!
Soโzlaring bunchalar yoqimli,
Nigohing bunchalar muloyim?
Boโronlar muzlatgan yodimni:
Uygโotgil, uygโotgil, guloyim!
Nihoyat, ochibdi gul chiroy,
Keldingmi beshafqat yil osha?
Men seni sevaman, hoynahoy,
Yigโlagim kelyapti, binafsha!
Koโzlaring chaqnadi sasimdan,
Horibsan, toliqdim oโzim ham.
Izn ber, zimiston mavsumda
Qalbingda jon saqlay, azizam!..