Tarjimai holi
Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tarjimai holi haqida. Ziyovuddinxon bolalik davrlaridanoq qiblagohlarining shogird- larga bergan darslarini koโrib ulgโaydilar. Keyinroq ยซTilla Shayxยป masjidining imom-xatibi Hakim qoridan qiroatdan dars olib, oโn ikki yoshlarida Qurโonni tamomila yod oldilar. 1920 yili Koโkaldosh madrasasiga oโqishga kirib, u yerda ustozlari Jamolxoโja domladan hadis ilmidan Xatib Tabriziyning ยซMishkotul masobihยป va Hasan Hazratdan ยซJalolaynยป tafsirini, asli suriyalik atoqli olim Muhammad ibn Said ibn Abdulvohid al-Asaliy ash-Shomiy at-Tarablusiydan Imom
Buxoriyning ยซJomeโus sahihยป kitobini dars olganlar. 1945 yili otalari Eshon Boboxon bilan birga haj safariga borganlar. 1947-1948 yillari Qohiradagi Al-Azhar universitetining shayxlaridan Abdulloh Fuqqoiy va Hofiz Tiyjoniylardan dars olib, soโngra Makka va Madina shaharlarida bilimlarini yanada chuqurlashtirib kelganlar.
1948 yili ikkinchi kurultoyda diniy nazorat raisiningoโrinbosari etib saylandilar. 1957 yilgi uchinchi qurultoydaOโrta Osiyo va Qozogโiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylandilar va bu zotga ยซBesh jumxuriyat muftiysiยป unvoni berildi.
Hazratning tashabbuslari bilan 1961 yili diniy boshqarma qoshida Xalqaro aloqalar boโlimi tashkil etildi va toโrt tilda ยซSovet Sharqi musulmonlariยป nomli jurnal chop etila boshlandi, 1971 yili Toshkentda Imom Buxoriy nomida Oliy maโhad (Islom instituti) ochildi. 1957, 1960,1968 yillari Sovet Ittifoqi hududida Qurโoni karimning chop etilishiga rahbarlik qilganlar.
Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning Islom olamida obroโ- eโtiborlari yuksak edi. Ular Jahon, Sovet Ittifoqi va Oโzbekiston Tinchlik kengashlari, Jahon Oliy Islom kengashi, Masjidlar boโyicha Jahon Oliy kengashi, Islom Oliy kongressi, Osiyo va Afrika xalqlari birdamligi kabi tashkilotlarga aโzo boโlganlar.
Islom dinining targiboti yoโlida koโrsatgan katta xizmatlari uchun muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon ikki marotaba birinchi darajali ยซIordaniya yulduziยป ordeni, ยซIordaniya yulduziยป koโkrak nishoni, birinchi darajali ยซLivan kedriยป ordeni, Marokashning oliy darajali ยซBuyuk mutafakkirยป ordeni, ยซLivan yulduziยป ordeni, Sovet Ittifoqi hukumatining ยซXalqlar doโstligiยป ordeni bilan taqdirlanganlar.
Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 1982 yili vafotlaridan keyin Oโzbekiston hukumatining ruxsati bilan Qaffol Shoshiy maqbarasi orqa tomoniga โ otalarining yonlariga dafn etilganlar.
Manba.