Bosh sahifa » Arboblar » Sharofitdinov Xurshid Shamsiddinovich tarjimai holi

Sharofitdinov Xurshid Shamsiddinovich tarjimai holi

by administrator

Sharofitdinov Xurshid ShamsiddinovichSharofitdinov Xurshid Shamsiddinovich tarjimai holi haqida.

Tarjimai holi.

Xurshid o‘zbek dramaturgiyasiga poydevor qo‘ygan ijodkorlardan biri, shoir, yozuvchi, tarjimon va rejissyordir. Ana shu ko‘p qirrali va samarali ijodiy faoliyati uchun unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» degan yuksak unvon berilgan. Xurshid qator opera librettolarini ham yozgan, tarjimon sifatida ham samarali ijod etgan.

O‘zbek mumtoz adabiyoti bilan XX asr yangi adabiyotini bir-biriga bog‘lab turuvchi ko‘priklardan biri Shamsiddin Sharafiddin o‘g‘li Xurshiddir.

Xurshid 1892 yilning 10 mayida Toshkentda bog‘bon oilasida tavallud topgan. Madrasa va eski maktabda tahsil olgan. Mohir g‘azalnavis shoir, yetuk dramaturg va tarjimon Xurshidning ijodiy merosi ancha boy, serqirra va sermazmun bo‘lib, u hozir O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida avaylab saqlanmoqda.

Xurshid 1960 yilda vafot etgan.

She’riyat olami

Ijodi

U asrimiz boshlaridan, aniqrog‘i, 1905-1906 yillardan boshlab jadid adabiyotining navqiron namoyandalaridan biri sifatida qalam tebrata boshlagan. Shu ma’noda u ma’rifatparvarlik ruhida «Eskilik va yangilik» degan dastlabki pesasini, keyinroq «Orif ila Ma’ruf», «Qora xotun», «Kichik askar» kabi pesalarini, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Siyovush», «Oybonu» singari musiqiy drama librettolarini yaratgan. Uning, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan ikki dramasi o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan. Xurshid qator opera librettolarini ham yozgan.

Tarjimalari

Xurshid tarjimon sifatida ham samarali ijod etgan. Xususan, Shillerning «Qaroqchilar», V.Shekspirning «Qora arab» («Otello»), U.Hojibekovning «Arshin mololan» kabi mashhur asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Shuningdek, Sharqning buyuk shoirlaridan biri Hofiz Sheroziyning yuzga yaqin g‘azalini ona tiliga tarjima qilgan.

Bundan tashqari, u o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandalari Munis va Ogahiy kabi shoirlar devonlarini nashrga tayyorlagan. Xurshid yetuk g‘azalnavis shoirdir. Uning «Chorgoh», «Girya», «Bayot», «Ushshoq», «Segoh», «Dugoh», «Suvora» kabi kuylarga solingan ohangrabo she’rlari mashhur hofizlar tomonidan xamon ixlos bilan aytib kelinmoqda. Sharofitdinov Xurshid Shamsiddinovich sizga yoqqan bo’lsa boshqa arboblarni ham o’qib ko’ring.

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x