Sayid Sholikorboy masjidi tarixi va fotosuratlari
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Sayid Sholikorboy masjidi tarixi va fotosuratlari

Sayid Sholikorboy masjidi tarixi va fotosuratlari

Said sholikorboy majmuasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Savdogar Said Sholikorboy 1842- yilda qurdirgan.

Sayid Sholikorboy masjidi tarixi va fotosuratlari

 

Masjid haqida.

Majmua  33,0×32,0 m 2 hovli, masjid, Madrasa, ayvon va minoradan iborat. Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli.9 gumbazli, 4 ustunli markaziy gumbazi ravoqsimon bagallarga tayangan, diametri (4,8 m)ning kengligi bilan ajralib turadi. Masjidga ayvon orqali 3 boʻlmali 3 eshikdan kiriladi. Ayvondagi ustunlarda mahalliy yogʻoch uymakorligining eng yaxshi anʼanalari aks ettirilgan.

Ustunlardan birida 1797 y. sanasi saqlangan. Ayvon devorlariga ganchdan oʻymakori usulda namoyenlar ishlangan. Masjidga shimoldan hovli tutash boʻlib, hovlining yarmisini ayvon egallagan.

Madrasa (14,6×4,2 m) masjid sharqidagi kichik hovli atrofidagi tartibsiz joylashgan bir necha xonadan iborat. Sharqiy va shim. tomonidagi hujralar 2 qavatli. 1-qavati tokchali, 2-qavati derazali.

Madrasa va masjidga kiraverish oraligʻida minora (diametri — 4,5 m) qad koʻtargan. Tanasi bezaklarga boy. Tepasidagi sharafasining ostiga ravoqsimon mezana ishlangan.

Bosh tarzidagi peshtoq bezagida “bantak” uslubi qoʻllanilgan. 1983-yilda qayta taʼmirlangan. Hozirgi kunda majmuada Xiva jome masjidi joylashgan.

Masjid rasmlari.

 

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma

manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top